Mavzu: Bank mahsulotlari xizmatlari va innovatsiyalari Reja: Kirish


Banklarning mohiyati va asosiy funksiyalari


Download 50.2 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi50.2 Kb.
#1549059
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bank mahsulotlari xizmatlari va innovatsiyalari

1. Banklarning mohiyati va asosiy funksiyalari.
Bank tizimi - bu mamlakat hududida tarixan shakllangan va qonun yo’li bilan mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko’rsatish shaklidir.
Bank - bu pul mablag'larini jamlash va ularni o'z nomidan qaytarib berishlik, to'lovlilik va muddatlilik asosida tarqatish uchun yaratilgan tashkilotdir. O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - tijorat muassasasi bo'lib, jismoniy va huquqiy shaxslaming bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qilish va ularni o'z nomidan, to'lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Dunyoning ko'plab rivojlangan davlatlaridagi kabi, bizning davlatimizda ham ikki pog'onali bank tizimi shakllantirilgan va u faoliyat ko'rsatib kelmoqda, Respublikamizning bank tizimida faoliyat ko'rsatayotgan boshqa tijorat banklar faoliyatini tartibga solib turuvchi, hukumatning «bankchisi» vazifasini o'taydigan, mamlakatda pul muomalasini tartibga solib turuvchi va hukumatning qimmatli qog'ozlar bozoridagi rasmiy agenti hamda dileri hisoblangan, banklarning banki bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarib turadi (birinchi pog'ona). Tijorat banklari xo'jalik yurituvchi subyektlarga kredit, hisob-kitob yuritish xizmatIarini ko'rsatadi, ular passiv (o'z shaxsiy resurslarini shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan), aktiv (omonatlarni joylashtirish operatsiyalari) hamda vositachilik kredit bilan bog'liq bo'lmagan operatsiyalarni amalga oshiradi (ikkinchi pog'ona).
O'zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonunda tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari qayd qilingan:
1. Mijozlarning hisob varaqalarini olib borish;
2. Mijozlarga kassa xizmati ko'rsatish;
3. Mijozning topshirig'iga binoan naqd pulsiz hisob-kitoblarni bajarish;
4. Qisqa yoki uzoq muddatli kreditlar berish;
5. Shartnoma yoki pullik asosida buyurtmachining topshirig'iga binoan kapital qo'yilmalami mablag' bilan ta'minlash;
6. Bo'sh pul mablag'lari-depozitlarini muomalaga jalb qilish;
7. Aholidan omonatlarni qabul qilish;
8. Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish;
9. Lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
10. Tijorat banki davlatning hamda boshqalarning qimmatli qog'ozlarini xarid
qilish va sotish;
11. Xorijiy valuta va qimmatli metallarni xarid qilish va sotish;
12. O'z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar berish;
13. Budjetning kassa ijrasini bajarish;
14. Bank operatsiyalari bo'yicha maslahatlar berish va boshqa operatsiyalar.
Banklarning asosiy maqsadi pul mablag'larini kreditorlardan qarz oluvchilarga va sotuvchilardan xaridorlarga o'tkazishda vositachilik qilishdir. Tijorat banklarining belgilariga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aksiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo'linadi. Aksiyador banklar aksiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksiyador banklar bo'lishi mumkin.
Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yo'li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyalarini sotib olishi va aksiyadorlar bo'lishi mumkin. Aksiyador tijorat banklarining yuqori organi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hisoblanadi. Har yili aksiyadorlarning yig'ilishi ustavdagi va ustav kapitalidagi o'zgarishlarni, yillik faoliyat va uning natijaiarini bank daromadlarini tasdiqlash, Bank Kengashi tarkibini sovlash bankning sho'ba muassasalarini tashkil qilish va bekor qilish kabi masalalarni ko'rib chiqish.
Tijorat bankIari quyidagilarni bajaradi:
- vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larni yig'ish va ularni kapitalga ayIantirish;
- korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
- muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish;
- xalq xo'jaligida hisob-kitoblar va to'lovlarni amalga oshirish;
- moliya-valuta bozorida faoliyat ko'rsatish;
- iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko'rsatish.
Kredit moliya-tizimining barqarorligini ta'minlash, uning alohida bo'g'inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatining barqarorligini ta'minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlari (tizimi)ning faoliyatini tartibga solish va umumlashtirishdan iboratdir.

Download 50.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling