Mavzu: Bank mahsulotlari xizmatlari va innovatsiyalari Reja: Kirish


Omonatlar — Milliy va horijiy valyutada turli xil omonatlar mavjud. Mobil banking


Download 50.2 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi50.2 Kb.
#1549059
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bank mahsulotlari xizmatlari va innovatsiyalari

Omonatlar — Milliy va horijiy valyutada turli xil omonatlar mavjud.
Mobil banking — ‘Xalq Mobile“ ilovasi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish, kreditni so‘ndirish, ‘Zolotoya Korona“ pul o‘tkazmasi orqali yuborilgan pul mablag‘ini kartaga onlayn kirim qilish, kartadagi mablag‘larni boshqa kartalarga o‘tkazish va onlayn kredit olish, onlayn omonat ochish va onlayn konversiya funktsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Pul o‘tkazmalari — Xalq banki ‘Western Union“, ‘MoneyGram“, ‘Zolotoya Korona“, ‘Contact“, ‘UniStream“, ‘AsiaExpress“ va ‘UPT“ kabi xalqaro pul o‘tkazmalar tizimlari bilan ishlamoqda. Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy va horijiy valyutalarda pul o‘tkazish tizimi ‘UzPay“ ishga tushirilgan.

Jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari


Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Jumladan:
1. AQShning ‘Cargill Financial Services International, Inc.“ moliya muassasasidan 94 mln. AQSh dollar;
2. ‘Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSh dollar;
3. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki 2 mln. AQSh dollar;
4. Rossiyaning ‘Roseksimbanki“dan 10 mln Yevro ekvivalentida (11 mln. AQSh dollarga teng);
5. ‘Transkapitalbank“dan 18 mln. AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari;
6. Yaponiyaning ‘Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi (JICA)“ dan 30 mln. AQSh dollar;
7. Qozog‘istonning ‘First Heartland Jýsan Bank“ bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 5 mln AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari jalb qilindi;
8. ‘ICBC Standard Bank Plc“dan 25 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi;
9. ‘Deutsche Bank“dan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi.
Joriy yilda bank tomonidan quyidagi xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan; — ‘Raiffeisen Bank International AG“ (Avstriya) banki bilan 1 aprelda loyihalarni moliyalashtirish doirasida qiymati 50 mln Yevro miqdoridagi Bosh kelishuv imzolandi. (60 mln AQSh doll. ekv.)
Mazkur mablag‘lar hisobidan jami 11 mln. AQSh dollar miqdoridagi nooziq-ovqat sanoat sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi. - PJSC ‘Sovcombank“ (Rossiya) banki bilan 6 aprelda milliy valyutada 419 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ olish bo‘yicha 4 yillik kredit shartnomasi imzolandi. (40 mln AQSh doll. ekv.) Jalb qilingan mablag‘ filiallar tomonidan savdo va chakana kreditlar uchun ajratilmoqda.
Xalq banki moliyaviy holatini yaxshilash va faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar Xalq banki yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
aholi, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’at subyektlariga chakana bank xizmatlari ko‘rsatish turlari ro‘yxatini kengaytirish va hajmini oshirish, tomorqa yerlaridan, ayniqsa, qishloq joylarida samarali foydalanishni rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish;
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning moliyaviy barqarorligi va jozibadorligini ta’minlash nuqtai nazaridan filiallar va bo‘linmalarning faoliyatini, xarajatlar tarkibi va bank xizmatlariga tarif siyosatini optimallashtirish;
bank xizmatlarining zamonaviy innovatsion va mijozlarga mo‘ljallangan turlarini joriy etish;
zamonaviy talablarga muvofiq banklarni faollashtirish va tizimli rivojlantirish maqsadida bank bo‘linmalarini aholiga bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash sohasida dolzarb vazifalarni samarali hal etishga qodir malakali, tashabbuskor rahbarlar va mutaxassislar bilan yanada to‘ldirish, shuningdek, rahbar va mutaxassislarni ularning faoliyatini baholashdan kelib chiqqan xolda rag‘batlantirish.
2. Xalq banki va Mikrokreditbank kuzatuv kengashlariga va ijro etuvchi organlari rahbarlariga quyidagilar tavsiya etilsin:
bir oy muddatda banklarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha, jumladan ularning filial tarmoqlari xarajatlarini va shtatlar sonini optimallashtirishni nazarda tutgan holda kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish va ularning turlarini ko‘paytirish, chakana bank xizmatlari, jumladan mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
innovatsion rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va manfaatlariga rioya etilishini hisobga olgan holda respublikaning barcha hududlarida moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining samaradorligini va zarar ko‘rmaslik darajasini oshirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kreditlarni tezkorlik bilan taqdim qilishning yangi mexanizmlarini faol joriy etish, mijozlar bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning zamonaviy yondashuvlarini qo‘llashni hisobga olgan holda kredit uchun arizalarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligini ta’minlash;
sun’iy to‘siqlar yaratish va ortiqcha byurokratiya yuzaga kelishi imkoniyatlariga barham berish maqsadida tizimli kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi qishloq joylarda oilaviy va kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik va quyon yetishtirishni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik berish sohasida Xalq banki va Mikrokreditbank bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rilishini ta’minlasin.
4. Xalq banki va Mikrokreditbank boshqaruv organlari, shuningdek, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining:
2018-2019-yillarda Xalq banki ustav kapitalini 1,245 trillion so‘mga, shundan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 645 milliard so‘m hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ekvivalenti 75 million AQSh dollari, jumladan 2018-yilda tegishincha 250 milliard so‘m va ekvivalenti 30 million AQSh dollari miqdorida oshirish;
2018-2019-yillarda Mikrokreditbank ustav kapitalini respublika budjet mablag‘lari hisobidan 450 milliard so‘mga, shundan 2018-yilda — 100 milliard so‘mga oshirish.



Download 50.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling