Mavzu: bankda xizmat ko’rsatish xarajatlari auditi


OX=IXX +IX +XSX+MX+RXX +EX+SSX +ZZ+DSBX


Download 137.29 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi137.29 Kb.
#1619574
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bank hisobi

OX=IXX +IX +XSX+MX+RXX +EX+SSX +ZZ+DSBX


Bu yerda:IXX-bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar;
IX-ijara va ta’minot xarajatlari;
XSX-xizmat safari va transport xarajatlari; MX - ma’muriy xarajatlar;
RXX-reprezentatsiya va hayriya; EX - eskirish xarajatlari;
SSX-sug’urta,soliq va boshqa xarajatlar;
ZZ - ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash; DSBX-daromad solig’ini baholash kabi xarajatlar kiradi.
Banklarning aktivlariini va xususiy kapitalini ko’paytirish, ularning faoliyatini yaxshilash, xizmat madaniyatini oshirishda, ular tomonidanolinayotgan oladigan daromadlar va qilinayotgan xarajatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Banklarning daromadlarini oshirish va xarajatlarini kamaytirishga nafaqat yuqori darajadagi foizlar orqali, balki foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bunday iichki imkoniyatlarni aniqlashda iqtisodiyauditning o’rni kattadir.
Banklarning daromadlar va xarajatlarini audit qilish orqali foydalanilmayotgan ichki zahiralar aniqlanib, bu zahiralarni amaliyotga tadbiqetish orqali daromadlarni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga erishish mumkin.

2.1. Banklarda xizmat ko’rsatish xarajatlar auditini tarkibi va tuzilmasi.


2—rasm. Bank xarajatlari tarkibi [3]
Foizli xarajatlar-barcha majburiyatlar bo`yicha to`plangan foiz summasi demakdir. Bizga ma`lumki tijorat banklari kredit resurslari tashkil etishda talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hamda muddatli depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar ma`lum belgilangan foizlarda pul to`laydilar. Tijorat banklari bank qarz majburiyatlari bo`yicha foizlar to`laydilar, shu jumladan, qimmatli qog`ozlarining sotuv narxi bilan nominal qiymati orasidagi salbiy tafovut bo`lganida, ba`zi bir keltirilgan, lekin to`lanmagan foizlarni to`lashda banklarda foizli xarajatlar yuzaga keladi.
Banklar foizli xarajatlarining yana biri kredit va unga bog`liq operatsiyalardir. Banklar, eng avvalo, Markaziy bankdan, boshqa tijorat banklaridan, byudjetdan tashqari fondlardan, bank bo`lmagan moliyaviy muassasalardan kreditlar olishi mumkin. Olingan kreditlar uchun to`lanadigan qarz- foizli xarajatlarga kiradi. Bank avvalgi yillar (hisobot yiliga nisbatan) hisobiga to`lagan foizlar va vositachilik yig`imlari, hamda o`tgan yillarda bank mijozlardan ortiqcha undirgan foizlar, hamda vositachilik yig`imlarini qaytarishi bilan foizli xarajatlar qiladi. Foizli xarajatlar hisobvaraqlar rejasining 50100-54904 hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Bu xarajat turi asosan 5 katta qismga ajratiladi. Ular foiz ko`rinishida to`lanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismini depozit operasiyalari bo`yicha xarajatlar tashkil qiladi.
Banklarning operatsion xarajatlarining tarkibi bankning tashkiliy shaklidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Odatda xususiy banklarda operatsion xarajatlar salmog`i yuqori bo`ladi, sababi xususiy banklar ish haqi fondini yuqoriroq qilishga o`z e`tiborini qaratadilar. Banklarning resurs yig`ish bilan bog`liq operatsiyalarining asosiy qismini depozit operatsiyalari tashkil qiladi. Foizli xarajatlar tarkibida ham depozitlarga to`lanadigan foizli xarajatlar yuqori salmoqqa ega. Auditorlik tekshiruvlari moliyaviy hisobotlar bilan bog`liq ekan, demak banklarning moliyaviy hisobotlariga to`xtalib o`tishimiz zarur.
Mamlakatimizda audit atamasi 1988 yillarga kelib kirib keldi. Auditning asosiy zaruriyati bu aksionerlar tomonidan boshqaruvning to`g`ri ishlayotganini tekshirishdir. Banklar boshqaruvida ichki audit xizmatining o`rnini quyidagi chizma yaqqol tasvirlaydi(3-rasm).

4—rasm. Bank boshqaruvi tarkibi [4]
Har bir tijorat bankida bank Kengashigagina bo`ysunuvchi alohida bank ichki audit xizmati joriy qilinadi. Bankning xizmat ko`rsatish ko`lami kengligiga qarab, bu tuzilma, ya’ni ichki audit qo`mita shaklida yoki maxsus xizmat shaklida joriy qilinishi mumkin. Audit xulosalari natijasiga bog`liq holda mijozlar yoki bo`lajak investorlar bankni tanlashi mumkin. Banklarni tashqi audit qilish, banklarning moliyaviy hisobotlarini tekshirish, birinchi navbatda bank aksiyanerlarini qiziqtiradi. Banklarda o`tkaziladigan tashqi audit tekshiruvlari va ichki audit tekshiruvlari o`rtasida bir qancha farqlar mavjud.
Tijorat banklari daromadlari va xarajatlarini audit qilishda har bir balans moddalari shaxsiy hisobvaraq aylanmalari bilan solishtirib chiqishdan boshlanadi. Auditor bankka kelgach dastlab bank bosh buxgalteridan bankning kunlik balansni so`raydi. Undagi qoldiqlarni birma-bir tekshirib chiqadi. Balans va uning moddalari shaxsiy hisobvaraqlar qoldiqlariga tengligi tekshirilgach, auditor dasturlar tengligini tekshirishni boshlaydi. Foizli daromadlar tekshirib bo`lingach auditor foizli xarajatlarni tekshirishni boshlaydi. Tekshiruv oldidan auditor xarajatlar auditining maxsus dasturini ishlab chiqadi va shu dastur asosida ishini olib boradi. Bu dastur taxminan quyidagicha ko`rinishga ega bo`ladi (2-jadval). Dastlab yuqoridagi kabi auditor balans hisobvaraqlari va shaxsiy hisobvaraqlar qoldig`ini tekshirib chiqadi. Ulardagi summalar mos kelgach, auditor Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot bilan shaxsiy hisobvaraqlar qoldiqlari mosligini tekshirib chiqadi. Bu tekshiruv foyda va zararlar to`g`risidagi hisobotning quyidagi satrlari asosida olib boriladi. Bank moliyaviy natijalarini tahlil qilishda ularni tashkil qiluvchilar, ya’ni daromad va xarajatlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Daromadlar, xarajatlar, foydani hisobga olish sifati va hisobotda to’liqligicha aks ettirilishi qarab bank moliyaviy natijalarini tahlil qilishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu erda eng katta muammo sifatida ma’lumotlarning to’liq ko’rsatilmaganligini ko’rsatib o’tish mumkin. Bank faoliyatining barcha jabhalari to’g’risidagi ma’lumotlar faqatgina ichki foydalanuvchilarda, ya’ni ma’muriyatda bo’ladi.

Download 137.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling