Mavzu: bankda xizmat ko’rsatish xarajatlari auditi


Download 137.29 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi137.29 Kb.
#1619574
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bank hisobi


MAVZU:BANKDA XIZMAT KO’RSATISH XARAJATLARI AUDITI.

KIRISH

  1. BOB.BANKLARDA DAROMAD VA XARAJATLAR AUDITINI TASHKIL ETISHNI NAZARIY ASOSLARI.



    1. Banklarda daromad va xarajatlar auditini tashkil etishning huquqiy asoslari.

    2. Banklarda xizmat ko’rsatish daromad va xarajatlarning shaklanishi va ular auditini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari.

2-BOB. BANKDA XIZMAT KO’RSATISH XARAJATLARI AUDITINI QILISHNING JORIY HOLATI TAHLILI.

2.1. Banklarda xizmat ko’rsatish xarajatlar auditini tarkibi va tuzilmasi.



2.2. Banklarda xizmat ko’rsatish xarajatlar auditini dinamikasi.
Annotatsiya. Mazkur maqola O’zbekiston bank tizimida xarajatlar auditini tashkil etishning amaldagi holatiga bag’ishlangan bo’lib, unda O’zbekiston bank amaliyotida bank xarajatlari auditining tashkiliy jihatlari, bank daromad va xarajatlarining tasniflanishi, ularning shakllanishi, bank auditini rejalashtirish uslubiyatining qiyosiy tahlili, bank xarajatlari auditini rejalashtirish va o’tkazishning amaliy masalalari aks etgan.
Kalit so’zlar. Tijorat banklari, bank daromadlari, bank xarajatlari, bank auditi, moliyaviy natijalar, auditni rejalashtirish, auditorlik tekshiruvini o’tkazish, tekshiruv uslubiyati, bank daromad va xarajatlari tahlili, bank boshqaruvi, samaradorlik auditi
Abstract. This article is dedicated to the current situation of the organization of cost audit in the banking system of Uzbekistan, it reflects the organizational aspects of the audit of bank costs in the banking practice of Uzbekistan, the classification of bank income and expenses, their formation, a comparative analysis of the methodology of planning a bank audit, practical issues of planning and conducting a bank cost audit
Keywords. Commercial banks, bank income, bank expenses, bank audit, financial results, audit planning, auditing, audit methodology, bank income and expense analysis, bank management, performance audit
Kirish. 
O`zbekistonda bank tizimi shakllanish davridayoq bank auditini xalqaro talablarga javob beradigan darajada tashkil etishga alohida e`tibor berildi. Hozirgi paytda tijorat banklari, avvalambor, Markaziy bank tomonidan diqqat bilan nazorat qilib borish obyekti sanaladiki, bu O`zbekiston Respublikasi “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi qonunda ham o`z ifodasini topdi. Qonunning 50-moddasida aytiladiki, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta`minlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi.
Bank nazoratining asosini banklarning o`zlari tomonidan tayyorlangan moliyaviy hisobot shakli yoki auditorlik firmalari tasdiqlagan ish faoliyatining moliyaviy ahvoli va rentabelligi haqidagi axborotlar tashkil etadi. Ko`pgina xalqaro me`yoriy hujjatlarda bank aktivlari va passivlarini noto`g`ri baholash, ular faoliyatining moliyaviy natijalari haqqoniy baholanishi zarurligi ta`kidlanadi. Biroq eng mukammal xalqaro standartlar ham tijorat banklarining real moliyaviy ahvoli va moliyaviy hisobotlardagi ma`lumotlar bilan mos kelmasligi mumkin. 1996-yilga kelib mamlakatimiz bank auditini yangi pog`onaga olib chiqish ishlari amalga oshirildi. Bunga asosiy sabab, mamlakatimizga kirib kelayotgan chet el investitsiyalarining ko`payishi edi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti tarkibida “Auditni muvofiqlashtirish” bo`limi tashkil etildi. Banklarda daromadlar va xarajatlar auditining oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi:

  • Daromadlar va ularning tashkil topish manbalarini to`g`ri, aniq va asoslangan holda hisobda aks ettirish;

  • Foizlar bo`yicha daromadlar va xarajatlar tahlili, boshqa daromadlar va xarajatlar, olingan daromadlarning aniqligi va oqilonaligi tahlili, jumladan, hisobraqamlardagi mablag`larni xorijiy valyutaga konventirlash natijalari;

  • Xarajatlarni tegishli hisobvaraqlarda, vaqtida aks ettirish;

  • Daromadlar va xarajatlarni hisobga olishdagi kamchiliklarni oldini olish, kamchiliklar yuzaga kelganda qayerdan yuzaga kelganini izohlab berish.Bankning operatsion xarajatlari auditorning daqqat markazida bo`ladi.

Noparametrik yo’nalishda samaradorlikni o’lchash Farrell (1957) tomonidan birinchi marta fanga kiritilgan. Ammo uning empirik ishi bir dona mahsulot ishlab chiqarish bilan cheklangan bo’lib, ko’p turdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi korxonalar samaradorligi baholash uchun mos emas edi. Shuningdek, uning ushbu matematik dasturlash fikri Charnes, Cooper, & Rhodes (1978) ilmiy ishigacha e’tibordan chetda qoldi.
Charnes et al. (1978) o’z ilmiy ishida bir necha ishlab chiqarish omillaridan bir necha tovar va xizmatlar ishlab chiqaradigan qaror qabul qiluvchi bo’linmalar (QQQB) deb nomlanuvchi gomogen tuzilmalar to’plami faoliyatini baholaydigan matematik dasturlash algoritmini ishlab chiqishadi. Ushbu algoritm ma’lumotlarni qobiq tahlili (data envelopment analysis-DEA) deb nomlanadi va ba’zan samaradorlikni baholashning noparametrik usuli ham deb yuritiladi.
Metod algoritmiga ko’ra birinchi navbatda empirik ishlab chiqarish chegarasi qurilib chegaradan uzoqlashgan korxonalar samarasiz faoliyat yuritayotgan hisoblanadi. Korxona qanchalik koordinatalar o’qi asosiga yaqinlashsa u shunchalik samarasiz faoliyat yuritayotgan bo’ladi. Charnes et al. (1978) tomonidan fanga kiritilgan ma’lumotlarni qobiq tahlili (MQT) metodologiyasi bo’yicha ko’plab empirik ishlar amalga oshirilgan. Ushbu ilmiy ishlarning ko’lami ma’lumotlarni qobiq tahlili (MQT) metodini qanchalik kuchli ekanligini hamda iqtisodchi olimlar tomonidan keng e’tirof etilganini ifodalaydi.
Charnes, Sooper, Rhodes (1978) tomonidan ishlab chiqilgan bazaviy ma’lumotlarni qobiq tahlili (MQT) modeli ilmiy adabiyotlarda qisqacha qilib SSR deb yuritiladi. Ushbu model qaror qabul qiluvchi bo’linmalarning (QQQB) umumiy texnologik samaradorligini o’lchaydi. Ushbu olimlar har bir QQQB uchun samaradorlik ko’rsatkichini vaznlangan ishlab chiqarilgan mahsulotni vaznlangan ishlab chiqarish omillariga nisbati sifatida ifodalab, maksimum nisbatga ega korxona samaradorlik ko’rsatkichini barcha QQQBlar samaradorlik ko’rsatkichiga bo’lish orqali samaradorlik ko’rsatkichi hisoblashgan. Bunda QQQBlarning samaradorlik ko’rsatkichlari nol va bir raqamlari intervalida bo’ladi. QQQBning samaradorlik ko’rsatkichi nolga yaqinlashsa u samarasiz faoliyat ko’rsatayotgan bo’ladi. Aksincha, birga yaqin bo’lsa yuqori darajadagi samaradorlikka ega hisoblanadi. Ushbu modelning asosiy farazi QQQBlar o’zgarmas ko’lam qaytimi asosida faoliyat yuritadi.
Tijorat banklarining mulkchilik shakliga ta’sir o’tkazish ularni samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim instrumentlardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ahamiyatga ega hamda xususiy sektor uchun daromadli bo’lmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun hukumatlar davlat banklaridan foydalanishga harakat qilishadi. Davlat banklari strategik hamda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirishda muhim rol o’ynaydi degan fikr shakllangan bo’lsada, ularning faoliyati o’ta samarasiz bo’lganligi uchun ijtimoiy maqsadlar chetda qolib siyosiy manfaatlar asosiy o’ringa chiqib qoladi (Boycko & Shleifer, 1995; Boycko, Shleifer, & Vishny, 1995; Cornett, Guo, Khaksari, & Tehranian, 2010; Dewenter & Malatesta, 2001). Masalan, Dinç (2005) saylov yillarida davlat banklari boshqa banklarga qaraganda ko’proq kredit ajratishini ko’rsatib bergan. Shuningdek, bank tizimidagi korruptsiya va davlat aralashuvining oshishi boshqa turdagi mulkchilik shakliga ega banklar bilan davlat banklari samaradorligi orasidagi farqlarni yiriklashishiga olib keladi (Burki & Ahmad, 2010; Caprio & Cull, 2000; Fries & Taci, 2005; Lin & Zhang, 2009). Dunyo tajribasini kuzatadigan bo’lsak, bunday salbiy oqibatlarni oldini olish va bank tizimini sog’lomlashtirish negizida davlatning moliya bozoridagi roli hamda ulushini kamaytirish yotadi.

Download 137.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling