Mavzu: Banklarda ipoteka krediti hisobi Reja


Tijorat banklarining ipotekali kreditlash amaliyotini


Download 118.86 Kb.
bet6/9
Sana22.12.2021
Hajmi118.86 Kb.
#182361
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Plan

Tijorat banklarining ipotekali kreditlash amaliyotining xorij tajribasi

Ipoteka kreditlashning maqsadi uy-joyni kreditlash hajmini oshirish uchun, ipoteka kreditlarini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlashdan iboratdir. Rivojlangan ipoteka tizimi bir tomondan, aholining turli qatlamlariga qulay va maqbul hisoblansa, ikkinchi tomondan, o‘zaro munosabatlarga ega bo‘lgan barcha ishtirokchilar uchun foydali mexanizmdir. Bu jarayonda ikkilamchi bozorning shakllanishi va rivojlanishi o‘ta muhim rol o‘ynaydi.

Rivojlangan mamlakatlarining ipoteka amaliyotlari xususiyatlaridan kelib chikib, ipoteka munosabatlarini ikki quyidagi modellarga bulish mumkin:

  • bir pog‘onali model

  • ikki pog‘onali (klassik) model

Bir pog‘onali tizim kontinental Yevropa tizimi bo‘lib, u Yevropa bank moliya tizimini tadrijiy rivojlanishi asosida tashkil etilgan. Bir pog‘onali model zamirida bank kreditor garovga qo‘yilgan mulk asosida qimmatli qog‘ozlaarni emissiya qiladi va mablag‘larni jalb etadi.

Bir pog‘onali ipoteka kreditlash tizimining moxiyati shundaki ipoteka krediti bergan bank obligatsiya tipidagi qimmatli qog‘ozlar ya’ni varaqalari chikarish xisobiga ipoteka kreditlarini mustakil ravishda takror moliyalaydi. Garov varaqalarining chikarish va ularnining muomalada bo‘lishi maxsus qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi va bu obligatsiyalar chiqarilishini tartibga solishdan farq qiladi. “Garov varaqasi” deb ataluvchi qimmatli qog‘ozlarni qonun xujjatlarida belgilanganidan boshqa hech bir emitent chiqarishi mumkin emas.

Bunday model uzoq vaqtdan beri G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida amal qilmoqda. Yaqinda Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi bir qator davlatlar masalan Polsha, Chexiya, Slovakiya va Vengriya davlatlari bir pog‘onali ipotekali kreditlash tizimini tanladilar.

Ushbu modelning ikki pog‘onali modelga nisbatan afzalligi uning arzonligidadir. Bu qarz oluvchi uchun kreditning qiymatini ancha pasaytiradi. Bundan tashqari, bir pog‘onali tizimni qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish ancha qulaydir.

Garov varaqasi ildizlari grek ipotekasiga va italyan qarz majburiyatlariga borib taqaladigan Yevropa moliyaviy mahsulidir. Uning rivoj topishida Niderlandiya kolonial sertifikatlari va Sileziya landshaftining garov varaqalari asosiy boskichlar bo‘ldi.

1852 yilda Fransiyada tarixda birinchi marta garov varaqalarini chiqarish yo‘li bilan kapitalni to‘playdigan, olingan mablag‘larni esa ipoteka qarzlari shaklida joylashtiradigan Sredit Fonciere de France banki paydo buldi keyinchalik bu tizim Yevropaning barcha mamlakatlariga yoyildi.



Mazkur modelning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ipoteka operatsiyasi bevosita ipoteka bank va kredit oluvchi
    urtasida amalga oshiriladi;

  • ipoteka kreditlari berish uchun resurs manbai bulib, aholining
    banklardagi maqsadli depozitlari va davlat subsidiyalari xisoblanadi;

  • bir pog‘onali ipotekali kreditlash tizimini joriy qilish uchun birinchi navbatda uzok muddatli kreditlash va institutsional infratuzilma rivojlangan bo‘lishi, aholining bank tizimiga ishonchi mavjud bo‘lishi lozim;

  • ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari mamlakat kredit-moliya bozoriniig umumiy holatiga bog‘lik bo‘ladi;

  • ipoteka krediti berayotgan bank uchun yuqori kredit riski va garovga olingan qo‘zg‘almas mulkni bozor bahosini to‘g‘ri aniqlash xavfi mavjud bo‘ladi.

Aholining bank tizimiga ishonchi past bo‘lgan va uzoq muddatli kreditlash rivojlanmagan mamlakatlarda mazkur bir pog‘onali ipoteka kreditlash tizimini joriy etish davlatning rolini oshirishni taqozo qiladi.

Davlatning rolini oshirish deganda davlat tomonidan ipoteka kreditlari berish bilan shug‘ullanayotgan banklarni soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash, aholining banklardagi depozitlarini sug‘urtalash tushuniladi. Ammo bu o‘rinda shuni e’tirof etish lozimki, mazkur amaliyot resurslardan samarasiz foydalanishni yuzaga keltirishi mumkin.

Ipotekali kreditlashning ushbu bir pog‘onali modelida ipoteka kreditlari bilan bog‘lik, bo‘lgan asosiy parametrlar xar bir bank tomonidan mustaqil o‘rnatiladi va ular asosan ikki omildan kelib chiqqan xolda o‘rnatiladi.

Ikki pog‘onali ipotekali kreditlash modeli dastlab AQShda paydo bo‘ldi. Mazkur tizim AQSh hukumati tomonidan tashkil etilgan. Ushbu modelning bir pog‘onali modeldan farqi, unda quyidagi uchta sub’ektlar - xaridor, bank kreditor va davlat tomonidan tashkil etilgan maxsus agentlik ishtirok etadi.

Ikki pog‘onali modelning mohiyati shundan iboratki, birlamchi kreditorlardan tashqari ikkilamchi bozorlarda ish ko‘ruvchi maxsus agentliklar faoliyati bilan xarakterlanadi. Bu agentliklarning asosiy vazifasi ipoteka kreditlariga asos bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va shu asosda yangidan qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilishdan iborat. Agentlikning asosiy vazifasi kapital bozoridan birlamchi kreditorlar jalb qilishi mumkin bo‘lgan mablag‘lardan nisbatan arzon resurslarni topishdan iborat. Bu agentliklarning majburiyatlari davlat tomonidan kafolatlangan.

Mazkur tizim AQShda juda rivojlangan. Bank kreditor birlamchi ipoteka bozorida amalga oshirilgan ipoteka kreditlaridan voz kechib, ularni maxsus davlat tomonidan tashkil etilgan agentliklarga beradi. O‘z navbatida, agentliklar olingan ipoteka kreditlari bilan bog‘liq turli amaliyotlarni amalga oshirishlari mumkin. Bu esa banklarning likvidlik va mablag‘lar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardan xalos etadi.



Ushbu modelning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ipoteka operatsiyalari vositachilar agentliklar orqali amalga oshiriladi;

  • ipoteka kreditlari berish uchun zarur bo‘lgan resurslar ipoteka obligatsiyalarini fond birjasida sotish orqali jalb etiladi;

  • ipoteka obligatsiyalari davlat uy-joy agentliklari tomonidan kafolatlanadi;

  • ipoteka kreditlarining risk darajasi nisbatan past bo‘ladi, chunki davlat agentliklarining kafilligi mavjud bo‘ladi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ipoteka kreditlarining YaIM dagi salmog‘i nixoyatda yukori bo‘lib, bu holat mazkur mamlakatlarda ipoteka kreditlash amaliyotining rivojlanganligidan dalolat beradi.




Download 118.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling