Mavzu: Banklarda ochiladigan hisob varaqlarning turlari va ularning yuritilishi. Reja: Kirish. Asosiy qism


Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi


Download 34.65 Kb.
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi34.65 Kb.
#1013611
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Urinova Feruza

3. Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi
Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlardagi mablag‘lari bank uchun mablag‘larining manbalari hisoblanadi. Ulardagi mablag‘lar bank balansining passiv qismida hisobga olib boriladi. Mijozlarning depozitlari bo‘yicha hisobvaraqlari mazmunan passiv hisobvaraqdir. Shuning uchun hisobvaraqning saldosi (qoldig‘i) uning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi ham kreditda, mablag‘larning kamayishi hisobvaraqning debet tomonida aks ettiriladi. Mijozlarning depozit bo‘yicha hisobvaraqlaridan to‘lovlar shu hisobvaraq qoldig‘i chegarasida o‘tkazilishi lozim.

Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari orqali quyidagi operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin:


5-jadval.
Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i orqali o‘tkaziladigan operatsiyalar




Debet





Kredit


Tovarlar uchun to‘lovlar





Sotilgan mahsulot uchun tushum




Xizmatlar uchun to‘lovlar





Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushgan to‘lovlar




Soliqlarni to‘lash





Qurilish montaj ishlari uchun kelib tushgan to‘lovlar




Budjetdan tashqari turli


fondlarga to‘lovlar



Olingan kredit




Kreditlarning qaytarilishi





Undirilgan jarima va penyalar




Kreditlar uchun foizlar





Deponentlangan ish haqi




Ish haqi, nafaqa, stipendiya, gonorar





Beg‘araz yordam




Mukofotlar





Vaqtinchalik moliyaviy yordam




Xizmat safari xarajatlari





Boshqalar




Boshqalar





X

Bank amaliyotida hisobvaraqlardan turli operatsiyalarning o‘tkazilishi doimiy jarayon bo‘lib, to‘xtovsiz davom etib turadi. Mijozning hisobvarag‘ini yurituvchi mas’ul ijrochi doimo mijozning hisobvarag‘ida operatsiyalarning o‘tkazilishi uchun pul mablag‘larining yetarli miqdorda ekanligini nazorat qilib, mablag‘larning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lar chegarasida o‘tkazishi lozim.
Yuqorida mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochish, uni nomerlash va yuritish tartibi bilan tanishtirdik.
Korxonaning barcha asosiy operatsiyalari ushbu hisobvaraqlardan o‘tkaziladi. Lekin korxona va tashkilotlar o‘z hoxishlariga ko‘ra talab qilinguncha saqlanadigan depozitlardan tashqari jamg‘armali va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochishlari hamda ularda o‘zlarining ortiqcha pul mablag‘larini saqlashlari mumkin. Jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlari ochish uchun yuridik shaxslar tomonidan bankka alohida, jismoniy shaxslar tomonidan alohida belgilangan hujjatlar taqdim etiladi. Yuridik shaxslar jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarini taqdim etishlari lozim:


  • hisobvaraq ochish uchun ariza;

  • davlat ro‘xatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki litsenziya;

  • imzolar va muhr izi qo‘yilib, notarius tasdiqlagan varaqcha.

Agar yuridik shaxs shu bankda ilgari hisobvaraq ochgan bo‘lsa, u holda jamg‘arma yoki muddatli hisobvaraq ochish uchun faqat ariza taqdim etadilar. Ariza asosida mijoz bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va shartnomada ochilayotgan depozit turi bo‘yicha shartlar belgilab qo‘yiladi.

Jamg‘arma yoki muddatli depozit ochish uchun jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni rasmiylashtirib bankka topshiradilar:





  • hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;

  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, guvohnoma);

  • imzo namunasi qo‘yilgan varaqcha.







Ariza asosida jismoniy shaxs bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va unda depozit shartlari belgilab qo‘yiladi. Shartnomada depozitorlarning hisobvaraq ochilayotganda jamg‘arma yoki muddatli depozit shartlari bilan tanishtirilishi ko‘zda tutiladi hamda bu haqda depozitor belgilangan shakldagi dastlabki hujjatlarga tegishli yozuv kiritib imzo qo‘yadi.

Budjet tashkilotlari ham jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochishlari mumkin, lekin ularning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga budjetdan o‘tkazilgan mablag‘lari hisobidan jamg‘arma va muddatli depozit hisobvarag‘i ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Budjet tashkilotlari uchun jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlari faqat ularning budjetdan tashqari mablag‘lari uchun ochiladi. Buning uchun budjet tashkilotlari tomonidan bankka tegishli hisobvaraq ochish uchun ariza taqdim etiladi. Chet el valutasidagi depozit hisobvaraqlarni ochish tartibi.


Yuridik va jismoniy shaxslar hisobi milliy valyuta “so’m”da yuritiladigan depozit hisobvaraqlar bilan birgalikda chet el valyutasidagi depozit hisobvaraqlarini ochishlari mumkin. Chet el valyutasidagi depozit hisobvaraqlarini rezident va norezident yuridik shaxslar, rezident va norezident jismoniy shaxslar hamda chet el investitsiyasi bilan ishlovchi korxonalarga ochiladi. Chet el valyutasida depozit hisobvaraqlarning barcha turlarini, jumladan, talab qilib olinguncha, jamg’arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish mumkin.
Chet el valyutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan, muddatli, jamg’armali, ikkilamchi depozit hisobvaraqlarini ochish uchun tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo’lgan rezident yuridik shaxslar bank muassasasiga qo’yidagi xujjatlarni taqdim qilishlari lozim:


  • hisobvaraq ochish uchun ariza;

  • tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tadbirkorlar-yashash joyi bo’yicha davlat soliq xizmati idorasi tomonidan berilgan “Tijorat faoliyati bo’yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida” guvohnoma nusxasi;

  • davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;

  • imzolar va muxr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha;

  • ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan o’zgarishlar;

  • mijoz tomonidan pul-hisob kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi xujjati.

Chet el valyutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini norezident yuridik shaxslari ham ochishlari mumkin. Quyidagi norezident yuridik shaxslar talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishlari mumkin:  O’zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, chet davlatlarning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan, jumladan O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari ishtirokida ochilgan tashkilotlarga;



  • O’zbekiston Respublikasida joylashgan xorijiy diplomatik, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalarga, imunitet xamda diplomatik imtiyozlardan foydalanuvchi xalqaro tashkilotlarga;

  • O’zbekiston Respublikasida joylashgan boshqa xorijiy tashkilot va firmalarning xo’jalik va tijorat faoliyati bilan shug’ullanmaydigan vakolatxonalariga.

Yuqorida sanab o’tilgan yuridik shaxslar talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraq ochish uchun bankka hisobvaraq ochish so’ralgan ariza, soliq to’lovchining ro’yxatdan o’tib, identifikatsiya raqami olganligi to’g’risidagi guvoxnoma nusxasi, imzolar va muhr namunasi tushirilgan va tasdiqlangan varaqcha va norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi xujjati.
Umuman, mijozlarga bitta bankda ma’lum bir chet el valyutasida faqat bitta talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag’i ochish uchun ruxsat beriladi.

Download 34.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling