Mavzu: Bazisli, zanjirsimon va hududiy(territorial) indekslar. Reja: I kirish II asosiy qism


Miqdor ko‘rsatkichlari indekslari


Download 0.49 Mb.
bet3/8
Sana21.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1640196
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bazisli, zanjirsimon va hududiy(territorial) indekslar.

2. Miqdor ko‘rsatkichlari indekslari
Qancha miqdor ko‘rsatkichi bo‘lsa, shuncha miqdor indeksi mavjuddir. Ularning soni ko‘pligi sababli biz eng ko‘p ishlatiladiganlarini o‘rganamiz. Mahsulot fizik hajmi shunday miqdor ko‘rsatkichlardan biridir. Tekshiruvchi qo‘lida bir korxonada ishlab chiqarilgan turli o‘lchovlardagi va vaqtlardagi mahsulotlar haqida ma’lumot mavjud. Ularni o‘zaro taqqoslash zarur. Bu muammoni quyidagicha hal qilish mumkin. Bevosita qo‘shishga halaqit beradigan (naturada) mahsulotlarni qandaydir bir aniq o‘lchagichlar yordamida bitta bir xil o‘lchov birligiga keltirish orqali mahsulotning umumiy hajmini davrlar bo‘yicha aniqlab, ularni o‘zaro taqqoslash mumkin2.
Boshqa ko‘rsatkichlarga qaraganda, bu vazifani juda ko‘p hollarda mahsulot birligining bahosi bajaradi. Bahoni miqdorga ko‘paytirib, har bir mahsulot turining qiymatini aniqlaymiz va bu individual qiymatlarni qo‘shib mahsulotlarni barcha turlari va guruhlari bo‘yicha ularining umumiy hajmi aniqlanadi. Bahodan tashqari, mahsulot bir birligini tannarxi, mahsulot bir birligiga sarflangan mehnat xarajatlari kabilar ham bu vazifani, ya’ni taqqoslagich (vazn) rolini bajarishi mumkin.
Umumiy indekslar agregat va o‘rtacha shakllarda bo‘ladi. Agregat indekslar deb, maxsus taqqoslagichlar (vazn) yordamida joriy va o‘tgan davrlar uchun hisoblangan to‘plamlarni o‘zaro taqqoslashga aytiladi.
Statistikada, deyarli hamma hisoblar o‘z umumiy ifodasini matematik formulalarda topgani tufayli agregat shakldagi indeksni ham quyidagicha formula ko‘rinishida yozish mumkin.


Bu indeks mahsulot ( yoki tovar oboroti) hajmining umumiy indeksidir. Bu erda va joriy va bazis davrlardagi mahsulot qiymati.


Ko‘rinib turibdiki, bu indeks mahsulot fizik hajmini emas, uni qiymatining o‘zgarishini xarakterlamoqda, ya’ni baho o‘zgarsa, qiymat ham o‘zgaraveradi. SHuning uchun faqatgina mahsulot fizik hajmini o‘zgarishini aniqlash uchun indeks vaznlari ikki davr uchun ham bir xil olinishi kerak. Boshqacha aytganda, bizning maqsadimiz indekslashtirilayotgan belgi (q) o‘zgarishini o‘rganish bo‘lib, vaznlarning o‘zgarishi umumiy o‘zgarishga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi kerak. Demak, vaznlar bir davr uchun olinadi.
SHunday qilib, fizik hajmi indeksini tuzishda vazn sifatida o‘tgan davr baholari (ko‘p yil bo‘lsa baza qilib olingan bir yil bahosi) olinadi. Fizik hajmi indeksi formulasini quyidagicha yozish mumkin.

bu erda: q1p0 - joriy davrdagi mahsulotning qiymati (o‘tgan davr bahosida); q0p0 – bazis davridagi mahsulotning qiymati.
Har qanday agregat indeksni boshqa indekslardan farqi va o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning sur’ati va maxrajida ikki ko‘rsatkich ko‘paytmasining yig‘indisi keltiriladi, ulardan bittasi, ya’ni indekslashtirilayotgan belgi o‘zgaradi, ikkinchisi – indeks vazni o‘zgarmas bo‘ladi.
8.1-jadval

Agregat indekslarni hisoblash tartibi


Mah-sulot turi

O‘l-chov bir-ligi

O‘tgan davr

Joriy davr

Mahsulot qiymati

Mahsu-lot
Miq-dori (q0)

Bir-birli-gini
bahosi, so‘m (p0)

Mahsu-lot
miqdori (q1)

Bir-birliginibahosi, so‘m (r1)

O‘tgan davr
q0p0

Joriy davr
q1p1

Joriy davr o‘tgan davr baholarida
q1p0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

A

kg

600

250

750

300

150000

225000

187500

B

l

200

200

370

300

40000

111000

74000

V

m

1200

500

1500

450

600000

675000

750000

Jami










1500




790000

1011000

1011500

Mahsulotni fizik hajm umumiy indeksini hisoblash uchun, joriy va o‘tgan davrlar uchun mahsulot qiymatini o‘tgan davr baholarida aniqlaymiz. (9.1-jadvalning 9 va 7 ustunlariga qarang). Joriy davrdagi olingan natijani o‘tgan davrga bo‘lsak, fizik hajm umumiy indeksi kelib chiqadi.

Iq= = yoki 128,04%.


Demak, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan mahsulotlarning miqdori yoki fizik hajmi o‘rtacha 1,28 marta oshgan.


Umumiy indekslarni agregat shaklda hisoblash uchun indekslashtirilayotgan belgi va uning vaznlari haqida har bir mahsulot va davrlar bo‘yicha alohida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi shart. Lekin bu narsaga hamma vaqt ham erishib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham agregat shakldagi indekslarni hisoblash mumkin bo‘lmagan paytlarda o‘rtacha indekslardan foydalaniladi. Ulardan biri o‘rtacha arifmetik indeksdir. Bu indeksni hisoblash uchun har bir mahsulot bo‘yicha mahsulot miqdorini joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi, ya’ni individual indekslar iq=q1:q0 hamda o‘tgan davr uchun mahsulot qiymati q0P0 ma’lum bo‘lishi kerak. Mahsulot fizik hajmi umumiy indeksini sur’atida o‘tgan davr bahosida hisoblangan qiymat yig‘indisi keltiriladi, ya’ni q1p0. Bu qiymat noma’lum bo‘lsa, uni quyidagicha hisoblaymiz:

Endi o‘rniga yangi qiymatni keltirib qo‘ysak, quyidagi natijani olamiz:

Bu almashtirishlardan so‘ng mahsulot fizik hajmi umumiy indeksi quyidagi ko‘rinishni oladi.



Statistikada bu indeks o‘rtacha arifmetik indeks nomi bilan yuritiladi.


8.2-jadval

Oloy dehqon bozorida sotilgan mahsulotlar hajmi


Mahsulotlar

O‘tgan davrda sotilgan,
mln. so‘m

Joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan mahsulot miqdorining o‘zgarishi(%)

1

2

3

1. Olma

200,0

+5

2. Uzum

280,4

-11

3. Kartoshka

170,9

-18

8.2 – jadval ma’lumotlari asosida mahsulot fizik hajmi umumiy indeksini hisoblaymiz. Ikkinchi ustunda o‘tgan davrdagi q0p0 qiymatlar berilgan. Uchinchi ustunda miqdor individual indekslari (iq) keltirilgan3.


Mavjud ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, umumiy indeksni agregat shaklda hisoblab bo‘lmaydi. SHuning uchun, bu indeksni o‘rtacha arifmetik shaklda hisoblash zarur.



yoki 92,1%

Demak, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan sotilgan tovarlarning fizik hajmi Oloy bozorida o‘rtacha 7,9%ga kamaygan.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling