Mavzu: Bazisli, zanjirsimon va hududiy(territorial) indekslar. Reja: I kirish II asosiy qism
Bazisli, zanjirsimon va hududiy (territorial) indekslar
Download 0.49 Mb.
|
Bazisli, zanjirsimon va hududiy(territorial) indekslar.
4. Bazisli, zanjirsimon va hududiy (territorial) indekslar
Indekslar, yuqorida ta’kidlanganidek, taqqoslanish asosiga qarab bazisli va zanjirsimon indekslarga bo‘linadi. Agarda o‘rganilayotgan qatorning hadlari baza sifatida qabul qilingan bitta had bilan taqqoslansa, bunday indekslar bazisli indekslar deyiladi, agarda har bir had o‘zidan oldin keladigan had bilan taqqoslansa unday indekslar zanjirsimon indekslar deb yuritiladi5. Masalan, tovar miqdori bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Birinchi chorakni taqqoslash bazasi deb qabul qilsak, bazisli indekslar quyidagicha ko‘rinish oladi: Zanjirsimon indekslarni quyidagicha yozish mumkin: Bazisli va zanjirsimon indekslar o‘rtasida quyidagicha bog‘liqlik mavjud. Bundan foydalanib, ularni biridan ikkinchisiga o‘tish mumkin: = x x yoki : = Bu o‘zaro bog‘liqlikni doimo esda tutish kerak, chunki u individual indekslar uchun shartsiz bajariladigan ishdir. Ushbu bog‘liqlikni umumiy indekslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib bo‘lmaydi, chunki vaznlar turlicha. Agarda hamma indekslar bitta vaznda hisoblansa, u bog‘liqlikni umumiy indekslarga ham qo‘llash mumkin (hayotda juda kam uchraydigan voqea). YUqorida keltirilgan misolimizda tovar miqdori emas, balki qiymati berilgan deb faraz qilaylik:
Bunday sharoitda bazisli va zanjirsimon indekslarning vazn masalasi turlicha echiladi. Masalan, mahsulot fizik hajmining zanjirsimon indeksini hisoblashda vazn o‘zgarmas bo‘lishi mumkin, ya’ni quyidagicha: Bu indekslarning hammasi bitta vaznda hisoblanganligi uchun doimiy vaznli indekslar deb ataladi. Bu erda ham individual indekslarga o‘xshab zanjirli indekslardan bazisli indekslarga o‘tish mumkin. Zanjirsimon indekslar qatorini tuzishda boshqacha ish tutamiz. Har bir davr uchun fizik hajm indeksini hisoblashda o‘zidan oldingi davr bahosi vazn rolini bajaradi. Ularni quyidagicha yozamiz: Bu indekslarning har birida vazn o‘zgarganligi uchun ularni o‘zgaruvchan vaznli indekslar deb ataladi. Bunday indekslarni (doimiy va o‘zgaruvchan vaznli) boshqa ko‘rsatkichlar (baho, tannarx va h.k.) bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarning faqatgina zamonda o‘zgarishi emas, balki makonda o‘zgarishini o‘rganish ham juda katta ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu ish zaruriyatga aylanadi. Turli hudud(territoriya)larga taalluqli hodisalarni taqqoslash hududiy indekslar deyiladi. Ular ham individual va umumiy indekslarga bo‘linadi. Individual indekslar hodisani hududlar bo‘yicha bo‘lgan nisbatini tavsiflaydi. Bu indekslarni hisoblashda hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaymiz. CHunki bu erda vazn masalasi muammosi yo‘q. Lekin, umumiy hududiy indekslarni hisoblash jarayonida vazn masalasini aniqlashda ancha-muncha qiyinchiliklar mavjud. Bu erda, ayniqsa, taqqoslash bazasi va vazn qilib qaysi bir hududni olish to‘g‘riligini hal qilish murakkab ishdir. Bu muammo, birinchi navbatda kuzatish oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga qarab echiladi. Masalan, Jondor va Kogon tuman dehqon bozorlarida sotilgan mahsulotlarning bahosini taqqoslamoqchimiz. Bu erda qaysi bir tumanda sotilgan mahsulot miqdorlarini vazn sifatida olish to‘g‘ri bo‘ladi? degan savol tug‘iladi. Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Agarda Jondor tumanida Kogon tumaniga nisbatan baho o‘zgarishi o‘rganilsa, hududiy indeks quyidagicha yoziladi: Agarda Kogon tumanida Jondor tumaniga nisbatan baho o‘zgarishi o‘rganilsa, hududiy indeks quyidagicha yoziladi: . Demak, birinchi indeksda taqqoslash bazasi qilib, Kogon tumanidagi baho, vazn vazifasini bajarish uchun esa Jondor tumanidagi mahsulot hajmi qabul qilindi. Ikkinchi indeksda esa, aksincha. Hududiy indekslarni hisoblashda vazn vazifasini bajarish uchun umumiy hudud ko‘rsatkichlari ham olinadi. Masalan, ikkita tumanning dehqon bozorlarida sotilgan mahsulot miqdori qo‘shib olinishi mumkin. Unda hududiy indeks quyidagi ko‘rinishni oladi: . Miqdor ko‘rsatkichlari indekslashtirilayotganda vazn vazifasini o‘rtacha darajalar ham bajarishi mumkin. Masalan, mahsulot fizik hajmi hududiy indekslarni hisoblamoqchi bo‘lsak, vazn o‘rnida o‘rtacha bahoni ishlatish mumkin, ya’ni . Oxirgi xulosa va taklif shuki, umumiy hududiy indekslar hisoblanayotganda vaznni tanlash eng qiyin va muhim masalalardan biri va u tekshiruvchining oldiga qo‘ygan maqsad va vazifaga bog‘liqdir. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling