Mavzu: Bemorlarni amaliyotga tayyorlsh. Huqna va uning turlari


Download 0.79 Mb.
Sana19.12.2021
Hajmi0.79 Mb.
#181955
Bog'liq
bemorlarni amaliyotga tayyorlsh

  • Mavzu: Bemorlarni amaliyotga tayyorlsh.
  • Huqna va uning turlari.
  • Tayyorladi: Ro’ziyeva Dilrabo
  • Kechiktirib bo‘lmaydigan operatsiyalar bemor kasalxonaga yotqizilgan va diagnozi (o'tkir appenditsit, o'tkir xoletsistit, me’da yarasining teshilishi, churraning qisilib qolishi, ichak tutilishi) aniqlangandan so'ng darhol dastlabki ikki soat ichida qilinadi. Ayrim hollarda qon juda ko'p ketayotganda yoki hiqildoqqa yot jism tiqilib qolganda operatsiya (qon ketishini to'xtatish, traxeostomiya (hayotiy) muhim ko'rsatkichlar bo'yicha yaqin bir necha daqiqa ichida amalga oshiriladi.
  • BEMORLARNI AMALIYOTGA TAYYORLASH.
  • Xirurgik operatsiyalar faqat aniq malumotlar asosida amalga oshiriladi. Har qanday, hatto juda oddiy tuyulgan operatsiyalar ham mutlaqo xavf-xatarsiz bo’lmaydi. Operatsiya uchun ko‘rsatmalar absolyut, nisbiy va hayotiy muhim bo’ladi. Hayotiy muhim ko‘rsatmalar deyilganda bemorning hayoti uchun to‘g‘ridan-to'g‘ri xavf solinib turgan hollarda jarrohlik yo’li bilan davo qilish ko‘zda tutiladi. Absolyut ko‘rsatmalarda ushbu kasallikni faqat operatsiya qilish yo’li bilan davolash mumkinligi aniqlanadi. Garchi samaradorligi kam bo’lsa-da, terapiyaning boshqa usullarini qo’lash mumkin bo’lgan hollarda nisbiy ko‘rsatmalar belgilanadi. Shoshilinchligiga ko'ra aynan bir kasallikning operatsiya uchun ko‘rsatmalari ham hayotiy muhim, ham absolyut, ham nisbiy bo'lishi mumkin. Masalan, o‘n ikki barmoq ichak yarasi og‘irlashganda operatsiya qilish uchun ko'rsatmalar hayotiy (to‘xtatishning iloji bo’lmaydigan profuz qon ketishi) yoki absolyut (stenoz rivojlanayotganda) yoki nisbiy (yangi yaraga hali dori-darmonlar bilan davo qilishning barcha usullari qo'llanmagan hollarda) bo‘lishi mumkin.
  • TAYYORLASH. Operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish davri (operatsiyadan oldingi davr) bemor statsionarga kelgan yoki poliklinikaga murojaat qilgan paytidan boshlab, to operatsiya boshlanguncha o'tadigan vaqtni o'z ichiga oladi. Operatsiyaga tayyorgarlik davrini ikki bosqichga ajratish mumkin: diagnozni aniqlash va bemorni jarrohlik yo'li bilan davolashga tayyorlash. Birinchi bosqichda diagnoz aniqlanadi, turli organ va tizimlarning ahvoli tekshirib ko'riladi va operatsiya qilish uchun ma’lumotlar aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa bemor operatsiyaga tayyorlanadi. Operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish davrining qancha davom etishi kasallikning xususiyatiga, bemorning umumiy ahvoliga, operatsiyaning shoshilinchligi darajasiga va jarrohlik yoii bilan davolashning ko’lamiga bogliq ravishda o‘zgarib turadi.
  • Huqna, klizma — toʻgʻri ichakka a"usdan maxsus asbob yordamida suyuqlik (koʻpincha suv) yuborishdan ibo-rat tibbiy muolaja. Tozalovchi H. (ichakdagi narsalarni chiqarib tashlash uchun qoʻllanadi), dori H. va oziq H. farq qiladi. H. faqat vrach koʻrsatmasiga muvofiq qilinadi, chunki baʼzi hollarda (appenditsit, ichak buralib qolishi va h.k.) u ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. H. uchun maxsus noksimon rezina ballon (baʼzan maxsus qattiq uchlikli qisqichi yoki joʻm-ragi hamda uchligi bor rezina naychali voronka) qoʻllanadi, shuningdek, Esmarx krujkasidan foydalaniladi, unga suyuqlik bir meʼyorda borishi uchun joʻmrakcha, biriktirish naychasiga esa uchlik oʻrnatilgan.
  • Tozalovchi H. qabziyataa, oziqovqatdan zaharlanganda, meʼda-ichak yoʻlini va kichik chanoq aʼzolarini rentgenologik tekshirishdan, operatsiyadan, tugʻishdan, dori va oziq H.dan oldin qoʻllanadi. Baʼzi bir davo H.si ayni vaqtda tozalovchi H. funksiyasini ham oʻtaydi (mas, moychechak-li, gipertonik, yogʻli va boshqalar). H.ning taʼsiri suyuqlik miqdoriga, uning tezlik bilan bosim ostida yuborili-shiga bogʻliq.
  • Katta yoshdagilar uchun oʻrtacha 1 l ga yaqin toza iliq suv kerak boʻladi. Suv yuborib qilinadigan tozalovchi H. qabziyatda ichak shil-liq pardasini taʼsirlab, ichakning toʻlqinsimon harakati (peristalti-kasi)ni kuchaytiradi, natijada bemorning ichi keladi. Agar bemorning qimirlashi mumkin boʻlmasa uni chal-qancha yotqizib H. qilinadi, bemorning ostiga tuvak qoʻyiladi.
  • Qorip muskullari haddan tashqari tarang boʻlsa, H. qilinayotganda bemor tizza va tirsaklariga tayanib turishi kerak. H. qilishdan oldin uchlikka vazelin yoki glitserin surtiladi. bemorni kleyonka solingan oʻrin chetiga chap yonboshi bilan yotqiziladi. Chap qoʻlning birinchi va ikkinchi barmoqlari yordamida dumba kerilib. oʻng qoʻl yordamida uchlik aylanma harakat bilan toʻgʻri ichakka 10—12 sm kirgiziladi. H.dan soʻng mumkin qadar 5—10 min. hojatga chiqmay turgan maʼqul.
  • Yogʻli H. uchun oʻsimlik moyini 200 ml (bolalarga 30 — 50 ml) hajmida kechqurun yuboriladi. Bunda noksimon rezina ballon ishlatiladi.
  • Dori H. dori moddalarining ichak shilliq pardasiga taʼsir etishi va dorining organizmga ichak orqali soʻrilishi maqsadida qoʻllanadi. Dori moddalari 10 ml va undan oz miqdorda yuborilganda yaxshi soʻriladi. Dori H. qilishdan oldin albatta tozalovchi H. oʻtkazish kerak.
  • O z i q. H. — sunʼiy ovqatlantirishning bir turi. U organizmning suyuqlikka, osh tuziga va oz miqdorda boʻlsa-da, oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qoʻllanadi. Oziq H. uchun osh tuzining fiziologik (izotonik) eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi va aminokislo-talar eritmalaridan foydalaniladi. Bunday H. tozalovchi H.dan keyin qilinadi. Oziq H. faqat vrach koʻrsatmasiga binoan davolash muassasalarida qoʻllanadi.
  • Эътиборингиз учун раҳмат

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling