Mavzu: Bemorlarni parvarish qilishning ahamiyati. Tibbiyot hamshirasining vazifalari


Download 21.13 Kb.
bet2/9
Sana09.01.2022
Hajmi21.13 Kb.
#265435
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu

"Hamshiralik ishi" fani tibbiyot hamshirasiga bemorlarni davolash va parvarish qilishning nazariy va amaliy yo'l yo’riqlari tibbiy ahloq -odob qoidalarini kasalliklarning oldini olish va sog’lom odamlar salomatligini saqlash muammolarini o'rgatadi. Ushbu fanning nazariy qismi bo'lajak hamshiralarga axloq, odob, burch, xuquq va ma'suliyat sanalogiya asoslarini bayon etsa amaliy qismi - bevosita bemor oldida o'zini tutish,tibbiy muolajalarni bajarish og'ir holatlarda bemorlarga yordam berishdan iborat. Shu o'rinda "hamshiralik ishi" boshqa klinik fanlar orasida muhim o'rinni egallab, ushbu fanlar uchun poydevor hisoblanadi.Bemorlarni parvarish qilish davolash jarayoninig ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va bemor ahvolini yengillashtirishga imkon beradigan, hamda davoninig muvafaqiyatli chiqishini ta'minlaydigan tadbirlar kompleksini o’z ichiga oladi. Bemorlarni asosan tibbiyot hamshirasi parvarish qiladi u kichik tibbiyot xodimiga ba'zi bir muolajalarni bajarishni topshirishi mumkin. Parvarishga bemorga tayinlangan barcha tibbiy muolajalarini, dori-darmonlar berishga doir ko'rsatmalarning puxta va o'z vaqtida bajarilishi va asosiy hayotiy fiziologik jarayonlar (yeyish, ichish, harakat ,ichakning bo'shashi va boshqalarni qondirishga yordam berish kiradi Bemorlarni parvarish qilish bemor ruhiyatini batamom avaylab va ehtiyotlab turadigan muhofaza tartibi deb ataladigan yo’nalish asosida ko'riladi. Bunda tuili-tuman ta'sirlar, salbiy ta’sirlarni bartaraf qilish, tinchlik, osoyishtalik bilan ta'minlashi. shinam fayzli sharoit yaratish va hushmuomala , mehribon bo'lish kiradi.Bemorlarga qarash faqat davo ko'rsatmalarini bajarish bilan chegaralanib qolmaydi. Parvarishni to'liq tashkil etish, bemor uchun gigienik sharoit yaratishni, vrachning hamma ko'rsatmalarini ado etish va davo muolajalarini o'tkazishni. bemorga xizmat qilish,. ya'ni uni tor ma'noda parvarishlash, bemorning holatiga barcha o'zgarishlarni kuzatib borishni ko'zda tutadi.Bemorlarga qarash ko'pincha ayni vaqtda prafilaktik tadbir ham hisoblanadi. Chunonchi, zaiflashgan bemorda og iz bo'shlig'ini panarish qiiish stomatit (og'iz bo'shligi shilliq pardasining yallig'lanishi)yoki parotit (quloq oldidagi so'lak bezlarining yallig lanishi) avj olishdan saqlaydi, tcri parvarish qilish esa yotoq yaralar pavdo qilishining oldini oladi. Kasalxonada. poliklinikada va uyda bemorlarni parvarish qilish ishini asosan tibbiyot hamshiralari bajaradilar.Tibbiyot hamshirasining bemorlar parvarishi bo’yicha vazifalari:-vrach ko'rsatmalarini aniq bajarish, barcha organlarning fynksiyalari ustidan kuzatib borish; -zaiflashgan organizmni yuz berish ehtimoli bo'lgan asoratlardan himoya qilish, bemorlarga sezgir va mehribon bo’lish-bemorlarni parvarish qilish deganda, biz mana shularni tushunamiz: -bemorlarni parvarish qilish davo tadbiri hisoblanadi va "davo" hamda "parvarish qilish" degan ikki tushunchani bir-biridan ajratishi mumkin emas, chunki ular o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib bir-birini to'ldiradi va yagona maqsadga-bemorning sogayishiga qaratilgan. Tibbiyot hamshirasi bemorni mustaqil davolamay, faqat vrach ko'rsatmalarini bajarsada, ularning kuzatuvlari katta ahamiyatga ega, chunki u bemorning yonida bo'lib, uning holatiga, ro'y berayotgan hamma o'zgarishlarni payqab, unga o'z vaqtida yordam berishi va ularning iztiroblarini yengillashtirish mumkin.Tibbiyot hamshirasining ishi benihoyat mas'uliyatlidir, o'z kasbini sevadigan, bemorlarga sabr-toqat va mehr bilan qaraydigan kishigina yaxshi tibbiyot hamshirasi bo'la oladi.Mashhur polyak vrachi Beganskiy: "Insoniy muhtojlikka befarq qaraydigan, yumshoq muomala qilishni bilmaydigan, hamma joyda va hamma vaqt o'zini tuta bilishi uchun iroda kuchi yetishmaydigan kishi, yaxshisi, boshqa kasbni tanlagani ma'qul, chunki u hech qachon yaxshi tibbiyot xodimi bo'la olmaydi", deb yozgan edi.Biroq o'z ishini sevishi va bemorga gamxo’r bo'lishidan tashqari tibbiyot hamshirasi bemorlarga qarash qoidalarini va davo muolajalarini (banka qo’yish, vanna tayyorlash) to'g’ri bajarishnigina emas, balki bemor organizmiga dori yoki muolajaning qanday ta'sir qilishini ham bilishi kerak.Bemorni parvarish qilish umumiy va mahsus parvarish turiga bo’linadi.Umumiy parvarish kasallik xususiyatiga aloqador bo'lmagan holda o'tkaziladigan tadbirlarni o'z ichiga oladi.Maxsus parvarish faqat muayyan kasalliklar;xirurgik, ginekologik,. stomotologik,urologik va boshqalarda o'tkaziladigan qo'shimcha tadbirlar kiradi.Bemorlarni parvarish qilish bo'yicha tadbirlar kompleksi quyidagilardan iborat:

I. Vrach ko'rsatmalarini bajarish;dori darmonlar tarqatish, in'ekstiyalar o'tkazish, bankalar, gorchichniklar qo'yish, zuluklar qo’yish va boshqalar.

2. Shaxsiy gigiena tadbirlarini o'tkazish bemorlarni yuvintirish, yotoq yaralarini profilaktika qilish. kiyimlarni almaslitirish va boshqalar.

3. Palatada sanitariya-gigienik sharoitni vujudga keltirish va uni saqlab turish.

4. Tibbiyot hujjatlarini to'ldirib borish;

5. Bemorlar orasida sanitariya - maorif ishlarini olib borishda qatnashish:

6. Bemorlarga qulay o'rin solib berish va uni ozoda saqlash:yuvinish, ovqat eyish va fiziologik aktlar vaqtida og'ir yotgan bemorlarga yordam ko'rsatish.


Download 21.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling