Tiriklik alomatlari quyidagilar:
1. Yurak urishi borligi. Yurak urishini ko'krak qafasining chap ko'krak uchi sohasida qo'l bilan yoki eshitib ko’rib aniqlanadi.
2. Arteriyalarda puls borligi.Pulsni bo'yin (uyqu arteriyasi), bilak-kaft usti bo’g'imi sohasi (bilak arteriyasi)da aniqlanadi.
3. Nafas borligi. Nafasni ko'krak harakati va qorinning harakati bo'yicha shikasttlangan kishining burniga yoki og’ziga qo’yo’lgan ko'zguning namlanishi bo'yicha, burun teshiklariga yaqinlashtirilgan paxta yoki bint bo’lakchalarining qimirlashi bo'yicha aniqlanadi.
4.Qorachiqlarning yorug'likka reaksiyasi borligi.
Yurak urishi, puls, nafas olish to’xtaganligi, qorachiqlarning yorug’likni sezmasligi shikasttlangan kishining o'lganligidan dalolat bermasligini yodda tutish lozim. Bunday belgilar kompleksi klinik о’limda ham kuzatilishi mumkin. Bu holda shikasttlangan kishiga to'liq hajmdagi yordam ko’rsatilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |