Mavzu: Bemorlarni parvarish qilishning ahamiyati. Tibbiyot hamshirasining vazifalari
Download 21.13 Kb.
|
Mavzu
Kasb etikasi va deontologiya . "Etika" so'zi yunoncha "etos" - degan so'zdan kelib chiqqan bo'lib u yurish turish ahloq degan ma'nolarni bildiradi. Ahloq deganda, kishilarning bir-biriga munosabatini shuningdek jamiyatga. muayyan sinfga , davlatga, vatanga, oilaga va hokazolarga bo’lgan munosabatini tartibga solib turadigan va shaxsiy e'tiqodi, an'analari, tarbiyasi, butun jamiyat yoki sinfning kuchi bilan qo'llab quvvatlanadigan qoidalar va hulq-atvor normalari majmuini tushunish qabul qilingan. Kishilarning eng umumiy va muhim hulq-atvor normalari ahloqiy qoidalariga kiritiladi, ancha qisqaroq qo'lib aytganda ahloq hulq-atvor normalarining yig’indisidir. Tibbiy ahloq qadimgi Yunonistonda katta taraqqiyotga erishdi va Buqrot qasamyodida namoyon bo’ldi. Buqrot qasamyodi umuman tibbiy ahloqning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Keyinchalik tibbiyot o'quv yurtlarini bitirib chiqqan o'quvchilar ham qasamyodi qabul qila boshladilar, unga Buqrotning ahloqiy nasihatlari asos qo'lib olingan.
O'zbekistonda inson uning hayoti va sixat-salomatligi eng katta boylik hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va sog’liqni saqlash bo'yicha chiqarilgan qonunlarda belgilab berilgan O'zbekiston soq’liqni saqlash tizimida tez tibbiy yordam ko’rsatish muhim o'rin tutadi. Oshig’ich malakali tibbiy yordami kasallik diagnostikasini davolashni, shuningdek, tibbiyot xodimlari mehnatini osonlashtiradigan zarur asboblar apparatlar bilan jixozlangan maxsus davolash muassasalari tizimi tomonidan amalga oshiriladi O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash sosial ta'minot kurortlar, sanatoriyalar qurish jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun juda katta mablag’ ajratadi.Tibbiyot muassasasi tarmog'i yo’l sayin toxtovsiz o’smoqda vrachlar va o'rta tibbiyot xodimlari soni ko'paymoqda. Bu aholiga malakali tibbiy yordam ко’rsatishni maksimal darajada yaqinlashtirish va davolash natijalarini keskin yaxhilash imkonini beradi.Birinchi tez yordam xizmati, hatto eng yuksak darajada tashkil qilingan bo'lsada to’satdan kasallanish va baxtsiz hodisalarda yaqin joydagi kishilar yordam ko'rsata olmasalar, inson hayoti xavf ostida qolishi mumkin. Mamlakatimizning hamma aholisini birinchi tibbiy yordam ko'rsatish qoidalarini o'rgatishga intilishining sababi ham ana shunda. Birinchi tibbiy yordami maktabda, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, milisiya xodimlari, transport haydovchilarining dasturiga kiritilgan.Kasallik organizm va eng muhim ichki organlar normal funksiyasining tuzilishidir. Kasallik ichki va tashqi muhitning zo’r taassurotlari tufayli organizm faoliyatining buzilishi bo'lib organizm himoya kuchlarini safarbar etishga qaramasdan moslanuvchanlikning uzayib ketishi bilan harakterlanadi. Etiologiya deyo’lganda kasallik yoki patologik holatni paydo qilish sababi tushuniladi. Kasallikni keltirib chiqaradigan tashqi va ichki sabablar bor. Tashqi sabablar jumlasiga infeksion, mexanik, fizik va ximiyaviy omillar kiradi. Patogenez bu kasallikning rivojlanib, avj olib borish mexanizmidir har bir kasallik ma'lum belgilar va alomatlar bilan kechadi, bu belgilar va alomatlar simptomlar deyiladi.
Download 21.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling