Mavzu: Benzen markalari va ularni qo’llanilishi
Download 33.64 Kb.
|
sarvar2kopi
to’yingan bug’lar bosimi deganda berilgan haroratda va suyuq hamda bug' fazalari hajmlarining ma’lum nisbatida,
suyuqlik bi lan muvozanat holatida bo'lgan bug' bosimi tushuniladi. Benzinda yengil fraksiyalar qanchalik ko'p bo'Isa, to'yingan bug'lar bosimi shuncha yuqori bo'ladi. Benzinning bug' tiqinlari hosil qilishga moyilligi, saqlashda,tashishda va avtomobilga quyishda mumkin bo'lgan yo'qotishlar, dvigatclni o't oldirish osonligi to'yingan bug'lar bosimiga bog'liq. Benzinda qaynash harorati past bo'lgan uglevodorodlar qancha ko'p bo'lsa, uning bug'lanishi, to'yingan bug'lar bosimi va bug' tiqinlari hosil bo'lishiga moyilligi shunchalik katta bo'ladi. Dvigatel ta’minlash tizimida benzin qiziganda yengil qaynovchi uglevodorodlarning qaynashi nafaqat ochiq sathdan, balki yonilg'I hajmining ichida ham sodir bo'ladi; bunda ko'p miqdorda bug' hosil bo'ladi. Bug'langunicha bo'lgan hajmdan, ya’ni suyuq holatdagiga nisbatan, bug'langan uglevodorodlarning hajmi 150...200 marta kattalashadi. Shunday qilib, benzinda bug' fazasining hajmi ko'p marta ortadi va suyuq faza hajmi kamayadi. Bunda dvigatel ta’minlash tizimiga suyuq benzin, uning bug'lari va ben/m qiziganda ajralib chiqqan ko'p bo'lmagan havo aralashmasi kiradi. Bu nasos uzatayotgan yonilg'i miqdorining kamayishiga, dvigatel isliida ora-sira to'xtashlar bo'lishiga, dvigatel quvvati kamayishiga va hattoki uning o'chib qolishiga olib keladi. Download 33.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling