Mavzu: Benzinli dvigatellarnng o't oldirish tizimi


O’t oldirish tizimiga bo’lgan talablar


Download 128.06 Kb.
bet2/2
Sana08.02.2023
Hajmi128.06 Kb.
#1168891
1   2
Bog'liq
13. Benzinli dvigatellarnng o\'t oldirish tizimi

3.4. O’t oldirish tizimiga bo’lgan talablar.

IYoDlarining ishlash sharoitiga ko’ra, o’t oldirish tizimlari quydagi asosiy talablarga javob berishi kerak:


- dvigatelning hamma ish rejimlarida o’t oldirish svechalari elektrodlari orasidagi tirqishini teshib o’tishi uchun yetarli bo’lgan yuqori kuchlanishni avj oldirish;
- o’t oldirish svechalari elektrodlari orasida hosil bo’ladigan uchqun, dvigatelni ishga tushirish jarayonida va boshqa barcha ish rejimlarida yonilg’i aralashmasini ishonchli o’t oldirish uchun yetarli energiyaga ega bo’lishi;
- ishchi aralashma aniq, belgilangan vaqtda o’t oldirilib, dvigatelning ishlash sharoitiga mos tushishini ta’minlanishi;
- dvigatelni me’yoriy va tejamli ishlashini ta’minlashda alohida o’rin tutganligi sababli, o’t oldirish tizimining hamma qismlari yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo’lishi;
- o’t oldirish svechalari elektrodlarining yemirilish darajasi belgilangan chegarada bo’lishini ta’minlash kerak.
Yuqorida keltirilgan talablardan kelib chiqib o’t oldirish tizimi quydagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
- avj oldirilgan yuqori (ikkilamchi) kuchlanish, Umax ;
- yuqori kuchlanish bo’yicha jamg’arma koeffitsenti Kj ;
- uchqunli razryad ko’rsatkichlari;
- o’t oldirishni ilgarilatish burchagi;
- yuqori kuchlanishning o’sish tezligi.

3.5. Kontakt-tranzistorli o’t oldirish tizimi.
Keyingi vaqtda karbyuratorli yuk va boshqa avtomobillarga kontakt - tranzistorli o’t oldirish tizimi o’rnatiladigan bo’ldi. Bunga sabab odatdagi batareyadan o’t oldirish tizimi qator kamchiliklarga ega bo’lib, faqat yarim o’tkazgichli asboblar joriy etilgach, bu kamchiliklardan qutilish imkoni tug’ildi.
Kontakt-tranzistorli o’t oldirish tizimi odatdagi o’t oldirish tizimga nisbatan quyidagi afzaliklarga ega:

  1. Uzgich kontaktlari indkutsion g’altakning birlamchi chulg’amidan o’tuvchi past kuchlanishli tokdan holi, shuning uchun ularni avtomobil 100 - 150 ming km yurgach, tozalash kerak (oddiy batareyadan o’t oldirish tizimga ega bo’lgan avtomobillardagi uzgich kontaktlari tez - tez tozalab turiladi, 30 - 40 ming km yurgach, hatto kuchli eroziyaga duch kelgani uchun ularni almashtirish kerak).

  2. Induktsion g’altakning ikkilamchi chulg’amdagi kuchlanish 30000V gacha, ya’ni oddiy batareyadan o’t oldirish tizimi kuchlanishiga nisbatan kamida 25% ko’payadi. Bunga sabab g’altakning birlamchi chulg’amidagi tok 7 - 8A gacha oshishidir (odatdagi batareyadan o’t oldirish tizimi B -13 g’altagining birlamchi chulg’amidagi tok 2 - 2,5A ga teng).

  3. Induktsion g’altakning ikkilamchi chulg’amida kuchlanish oshishi natijasida svecha elektrodlari orasidagi zazorni 1 - 1,2 mm gacha kattalashtirish imkoni tug’ildi, bu o’z navbatida uchqunni uzaytirish va buning hisobiga ish aralashmasining dvigatel tsilindrlarida to’la yonishiga erishish imkonini berdi.

  4. Svecha elektrodlari orasida hosil bo’ladigan kuchli uchqun sababli dvigatelni ishga tushirish osonlashadi, undan foydalanish qulaylashadi va tejamliligi oshadi.

  5. Kontaktlarning kuyish va oksidlanishini yo’qotishyonilg’i sarfini 2% kamaytirish imkonini berdi, chunki dvigatelning kontakt - tranzistorli tizimi bilan ishlashida o’t oldirishni ilgarilatish burchagi o’zgarmaydi.

  6. Dvigatel tirsakli valining aylanish soni va uning siqish darajasini anchagina oshirish mumkin (odatdagi batareyadan o’t oldirish tizimi mavjudligida tirsakli valning aylanish sonini oshirish dvigatelning to’xtab - to’xtab ishlashiga sabab bo’ladi).

Kontakt - tranzistorli o’t oldirish tizimga qo’shimcha ikki sektsiyali rezistorlari induktsion g’altak, taqsimlagich va uzgich, tranzistor kommutatori, uchqundan o’t oldirish svechasi, simlar va o’t oldirish uchirgichi kiradi (3.4 - rasm).
Kontakt - tranzistorli o’t oldirish tizimda B - 114 induktsion g’altagi eng ko’p tarqalgan. U B - 1 g’altagidan, asosan ikkilamchi chulg’amda o’ramlar soni ko’pligi bilan (41500 o’ram) farq qiladi. U ikkita chiqish qismasiga ega: qisma K qo’shimcha rezistor qismasi K ga, nomsiz qisma tranzistor kommutatorining mos ravishdagi qismasiga ulanadi. Bundan tashqari, yuqori kuchlanishli tok uchqun ham chiqish bor.

3.4 - rasm. Kontakt-tranzistorli o’t oldirish sxemasi:
1 - tranzistor; 2 - impulsiy transformator; 3 - rezistor (2 Om); 4 -kondensator; 5 - rezistor (20 Om); 6 - diod; 7 - stabilitron; 8 - elektrolitik kondensator; 9 - induktsion g’altak; 10 - uchqundan o’t oldirish svechalari; 11- yuqori kuchlanishli tok taqsimlagichi; 12 - uzgich; 13 va 15 - rezistorlar (0,5 Om dan); 14 - startyor uchirgichi; 16 - tranzistor kommutatori; 17 - o’t oldirish uchirgichi; 18 - akkumulyatorlar batareyasi.
G’altak SE107 qo’shimcha ikki sektsiyali rezistor bilan ishlaydi. Rezistorlar konstantan simdan yasalgan (qarshiligi 0,5 Om dan), o’zaro ketam - ket ulangan. Dvigatelni ishga tushirishda uchirgich 14 rezistorlardan birini avtomatik uzadi, bu dvigatelni ishga tushirish vaqtida startyorni ta’minlaydigan tokning kamayishiga yo’l kuymaydi.
Yuk avtomobiliga o’rnatiladigan R4-D yoki R13-D uzgich - taqsimlagichi uzgich, sakkiz uchqunli taqsimlagich, markazdan qochirma va vakuum rostlagichlar hamda oktan-korrektordan iborat. Bu asboblarda kondensatorlar yo’q. Agar kontakt - tranzistorli o’t oldirish tizimga uzgich - taqsimlagich o’rnatilayotganda kondensator olinsa, R4-D uzgich - taqsimlagichi o’rniga R4-V yoki R4-V2 uzgich - taqsimlagichini qo’yish mumkin.
TK102 tranzistor kommutatori tranzistorli ishga tushirish va uni teshilishdan himoya qilishga xizmat qiladi. Asbob germaniyli TG701-A tranzistori, germaniyli D7J diodi, kremniyli D 817V stabillitroni, ikkita sopol rezistor (2 va 20 Om) sig’imi 1 mkF bo’lgan kondensator, sig’imi 50 mkF bo’lgan elektrolitik kondensator va impulьsiy transformatorlarni o’z ichiga oladi.
TG701-A tranzistorli emitter bilan kollektor orasidan 160V gacha kuchlanishni, kollektordagi tok kuchini esa 12A gacha o’tkaza oladi. Tranzistor 65S dan ortiq qizimasligi lozim. Diod, stabilitron, rezistorlar va kondensator tranzistorning himoya blokini tashkil qiladi.
Impulьsiy transformator ikkita: birlamchi (50 ta o’ram, qarshiligi 0,14 Om) va ikkilamchi (150 ta o’ram, qarshiligi 70 Om) chulg’amdan iborat. Kommutator quyidagi chiqish qismlariga ega: M - mashina massasiga ulangan, T (taqsimlagich) - uzgich-taqsimlagichga ulangan, (g’altak) - qisma K bilan induktsion g’altakka ulangan, nomsiz qisma-g’altakning mos ravishdagi qismasiga ulangan.
Dvigatelni startyor yordamida ishga tushirishda o’t oldirish uchirgichi bir vaqtda startyorni ulash relesini zanjirga ulaydi, natijada qo’shimcha rezistordan biri qisqaradi. Bu zanjirdagi tokning va induktsion g’altakning ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanishning oshishiga sabab bo’ladi, biroq startyorga keladigan tok kamaymaydi.
Uzgich kontaktlari aylanuvchi mushtchalar ta’sirida ajralgan zahoti tranzistorni boshqaruvchi tok bir oyda yo’qoladi. Bu tranzistor qarshiligini keskin kamaytiradi va u berkitiladi. Past kuchlanishli ish tokining zanjiri ham uziladi. SHu bilan bir vaqtda impulьsiy transformator ishga tushadi. Uzgich kontaktlari ajralganda impulsiy transformatorning ikkilamchi chulg’amida ta’siri past kuchlanishli ish tokining yo’nalishiga qarama-qarshi bo’lgan o’zaro induktsiya e.yu.k. paydo bo’ladi. Natijada tranzistorning berkilishi tezlashadi. O’zaro induktsiya e.yu.k. impulьsli ishlaydi, shu e.yu.k. hosil qilgan tok esa rezistorning qiziqishiga sarflanadi. Bir vaqtda induktsion g’altakning ikkilamchi chulg’amida yuqori kuchlanishli tok hosil bo’ladi (17-30 ming V). Bu tok taqsimlagich orqali uchqundan o’t oldirish svechalariga beriladi.
Bir vaqtda impulusliy transformatorda 100V gacha o’zinduktsiya e.yu.k. hosil bo’ladi. Uzgich kontaktlari tutashganda uning ta’sirida kondensator zaryadlanadi, ajralganda esa rezistorda zaryadsizlanadi. Rezistorning qizishi tranzistorni qizishdan saqlaydi.
Tranzistorni o’zinduktsiya toki teshilishidan oldini olish uchun induktsion g’altakning birlamchi chulg’amiga ketma-ket ulangan diodlar va to’g’ri o’tkazuvchanlikning qarama-qarshi yo’nalishiga ega bo’lgan stabilitron parallel ulanadi. Diod past kuchlanishli tokni g’altakning birlamchi chulg’amidan o’tmay stabilitron orqali o’tishiga to’sqinlik qiladi. Stabilitron esa o’zinduktsiya tokini (agar uning kuchlanishi 100V dan oshib ketsa) o’tkazadi. Natijada g’altakning birlamchi chulg’ami zanjiridagi umumiy kuchlanish uziladi. Tranzistor, shuningdek past kuchlanishli tok zanjiridagi impulьsiy kuchlanish oshganda zaryadlanadigan elektrolitik kondensatorni shikastlanishdan saqlaydi.
Kontakt-tranzistorli o’t oldirish tizimini ishlatishda quyidagilarga rioya qilish lozim:

  1. dvigatel to’xtagan zahoti o’t oldirishni o’chirish;

  2. tranzistor kommutatorini qismlarga ajratmaslik;

  3. kommutator yoki qarshiliklarga ulangan simlarni almashlab ulamaslik;

  4. qarshiliklarni qisqa tutashtirmaslik;

  5. uchqundan o’t oldirish svechasining elektrodlari orasidagi normal tirqishni muntazam tekshirib turish va o’rnatish;

  6. massaga batareyaning faqat manfiy qismasini ulash.

Download 128.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling