Mavzu: Beton xususiyatiga to‘ldiruvchilarning ta’siri
Beton xususiyatiga to’ldiruvchining tozaligi ta’siri
Download 1.03 Mb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro’yxati
4. Beton xususiyatiga to’ldiruvchining tozaligi ta’siri
Beton uchun ishlatiladigan to’ldiruvchilar Betonning mustahkamligi va tejamliligiga to’ldiruvchining tozaligi katta ta’sir ko’rsatadi. Changsimon va xususan loysimon aralashmalar donalar yuzasida sement toshi bilan bog’lanishiga mone’lik qiluvchi qobiq hosil qiladi. Natijada betonning mustahkamligi sezilarli darajada pasayib ketadi (ba’zan 30-40 % ga). Shu sababli to’ldiruvchilar xususidagi me’yoriy xujjatlarda ularda ifloslantiruvchi qo’shimchalarning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorlari ko’rsatilgan. Otqindi tog’ jinslaridan olingan chaqiq toshdagi aralashmalar suv bilan tozalash usulida aniqlanadi va M300 markali beton uchun bu miqdar 1%ni, yanada pastroq markali (mustahkamligi past) betonlar uchun esa 2% miqdorida bo’lishiga ruxsat etiladi. Cho’kindi jinslardan olingan chaqiq toshlarda aralashmalarning umumiy miqdori 2 va 3% oshmasligi kerak. Shag’alda ifloslantiruvchi aralashmalarning miqdori 1% dan ko’p bo’lmasligi, tabiiy qumda esa 3 % dan oshmasligi kerak. Qumda shuningdek organik zararli moddalarning miqdori ham chegaralanadi va ular maxsus sinovlar o’tkazish bilan nazorat qilinadi (kolorimetrik tekshiruv). Iflos va sifatsiz to’ldiruvchining betonga ta’sirini sement sarfini oshirish bilan nazorat qilish mumkin emas. Adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-4335 sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori. 2019 yil 23 may. 2. Akramov X.A., Raximov Sh.T., Nuritdinov X.N., Turopov M.T. “Beton to’ldiruvchilari texnologiyasi”, o’quv qo’llanma, Toshkent. Ekstremum press, 2010-167 bet. 3. Keoki Sears,Glenn A. Sears, Richard H. Clough.Construction Project Management: A Practical Guide to Field Construction Management// USA, 2010. 4. Alan Griffith.Integrated Management Systems for Construction: Quality, Environment and Safety// London, 2013. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling