Mavzu: Beton xususiyatiga to‘ldiruvchilarning ta’siri
Beton xususiyatiga to’ldiruvchining donadorlik tarkibi ta’siri
Download 1.03 Mb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Beton xususiyatiga to’ldiruvchining mustahkamligi ta’siri To’ldiruvchining mustahkamligi
2. Beton xususiyatiga to’ldiruvchining donadorlik tarkibi ta’siri
Donadorlik tarkib to’ldiruvchidagi turli yiriklikdagi donalar miqdorini ko’rsatadi. Bu miqdorni to’ldiruvchidan olingan namunani teshiklari 0,14-70 mm va undan ham yirikroq standart elaklardan o’tkazib aniqlanadi. To’ldiruvchilar turli o’lchamdagi donalarga ega odatdagi va fraksiyalangan turlariga bo’linadi. Fraksiyalangan to’lidiruvchining donalari alohida fraksiyalarga ajralgan, o’lchamlari esa bir-birlariga yaqin, masalan 5-10 mm yoki 20-40 mm dan iborat. To’ldiruvchini eng kichik yiriklikdagi yoki eng katta yiriklikdagilari bo’yicha xarakterlaydilar. Bu holda to’ldiruvchi donalarining nisbatan eng kichik yoki eng katta o’lchamlariga qarab tushuniladi. To’ldiruvchida alohida yirik yoki mayda donalar uchrashi mumkin, biroq ularning miqdori 5 % dan oshmasligi kerak. Temir-beton zavodlari yoki qurilish ob’ektlarida to’ldiruvchining donadorlik tarkibini tanlashda zarur miqdorda aniqlangan qum va shag’aldan foydalaniladi va bunda qum va alohida olingan shag’al fraksiyalari orasidagi nisbat imkoniyat darajasida tanlanadi. Donador tarkibni yomonlashuvini qator texnologik usullar yordamida kompensatsiyalash mumkin. Bu usullar bilan betonning narxi tushiriladi va transport-tayyorlov harajatlari kamaytiriladi. Shuning uchun standartlar va texnik ko’rsatmalarda bir necha turli donadorlik tarkiblar tavsiyasi ko’rsatiladi va to’ldiruvchi qorishmasining xususiyatlarini ahamiyatli darajada yomonlashuvi kuzatilmaydigan, alohida fraksiyalar nisbatida ma’lum darajadagi o’zgarishlarga imkon beriladi. 3. Beton xususiyatiga to’ldiruvchining mustahkamligi ta’siri To’ldiruvchining mustahkamligi u olingan tog’ jinsining mustahkamligi bilan aniqlanadi. Mustahkam tog’ jinslaridan olingan to’ldiruvchilar (granit, diabaz va boshqalar) yuqori mustahkamlikka egalar (80 MPa va undan yuqori). Cho’kma tog’ jinslaridan olingan to’ldiruvchilar masalan, oxaktoshdan olingan to’diruvchilar 30 MPa va undan yuqori mustahkamlikka ega. Engil g’ovakli tabiiy va sun’iy to’ldiruvchilarning mustahkamligi, ularning zichligiga bog’liq bo’lib, mustahkamligi 2-20 MPa ni tashkil etadi Shag’al yoki chaqiq toshdan sinash uchun namunalar tayyorlash murakkabligini inobatga olib, to’ldiruvchining mustahkamligini bilvosita, 150 mm diametrli po’lat silindr bilan 200 kN bosim ostida maydalanishiga ko’ra aniqlaniladi. Bu holda namuna og’irligining yo’qotilishi mayda elakda elash bilan aniqlaniladi. To’ldiruvchining maydalanuvchanligiga materialning cho’zilishga mustahkamligi va zaif donalarning mavjudligi katta ta’sir ko’rsatadi. Betonga bosim bilan ta’sir etilganda to’ldiruvchi ham cho’zilish jarayonidan maydalanadi. Shuning uchun maydalanish ma’lum darajada yirik to’ldiruvchining beton mustahkamligiga ta’siri ehtimolini oldindan aniqlash imkonini beradi. Chaqiq toshning markasini maydalanuvchanlik ko’rsatkichiga bog’liq holda va boshlangich tog’ jinsining ko’rinishiga qarab aniqlanadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling