Mavzu: Bezash ishlari uchun qurilish qorishmalari Reja: Qurilish qorishmalari haqida


Download 1.27 Mb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1003616
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zirabatov ShB

Qurilish qorishmalari zavodlarda yoki qurilishning oʻzida qorgichlarda tayyorlanadi. Qurilish qorishmalari qurilishga tayyor holda va ishlatishdan oldin suv qoʻshiladigan quruq aralashma holida maxsus avtomashinalarda yoki quvurlar orqali nasoslar yordamida keltiriladi.

Qurilish qorishmalari zavodlarda yoki qurilishning oʻzida qorgichlarda tayyorlanadi. Qurilish qorishmalari qurilishga tayyor holda va ishlatishdan oldin suv qoʻshiladigan quruq aralashma holida maxsus avtomashinalarda yoki quvurlar orqali nasoslar yordamida keltiriladi.

Gips devor uchun quruq qurilish qorishmalari

SATIN GYPS

Tarkibi gips asosidagi va maxsus kimyoviy moddalar qo’shilgan ГОСТ 31387-2008 bo’yicha ishlab chiqarilgan quruq qurilish qorishmasi. Yuqori darajada yopishish xususiyatiga ega. Sement yoki gips suvog`i bilan ishlov berilgan yoki berilmagan beton hamda tekis yuzalarga so’nggi qatlam sifatida ishlatiladi. Qorishma bir qatlamda 1 mm qalinlikda surtiladi. Bo’yashdan yoki devor gulqogozi yopishtirishdan avval gruntlashga ehtiyoj bo’lmagan tekis va silliq yuza hosil qiladi. Qurigandan so’ng yoriq hosil qilmaydi. Havo o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lganligi tufayli namlik muvozanatini saqlab turadi. Juda yengil va issiqlik saqlash hususiyatiga ega. Yig’ilib qolmaydi va oqib tushmaydi. Yong’inga qarshi kechiktiruvchi xususiyati bor.

TEXNIK XUSUSIYATLARI

TEXNIK XUSUSIYATLARI

Suv qo’shish miqdori: 5-6 litr suvga 10 kg quruq qorishma.

Qorishmaning qotishini boshlanishi: 180-200 daqiqa.

Sarflanishi: 1 mm qalinlikdagi qatlamga 1 kg/m2.

Siqilishga mustahkamliligi: 2,0 МPа.

Yuzaga yopishish mustahkamligi: 0,3 MPa.

Ishlash joyidagi muhit harorati: +5°C/+35°C bo’lishi lozim.

QADOQ

3 qatlamli suvga chidamli kraft qoplarda: 20 kg yoki 30 kg li polipropilen qoplarda.

Quruq qurilish qorishmalari – bu ko`p komponentlardan tashkil topgan bo`lib, ularning tarkiblarida mineral bog`lovchi va to`ldirgichdan tashqari, mineral bog`lovchining qotishi va mustahkamligini boshqarish va qorishma qotgandan keyingi zarur fizik-mexanik xossalarga erishishini ta‘minlash maqsadida kimyoviy qo`shimchalar kompleksi mavjuddir.Hozirgi vaqtda qurilish ishlarini quruq qurilish qorishmalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi, chunki ular zavod sharoitida qorishmaning turi va foydalaniladigan joyiga qarab, barcha komponentlarning nisbati aniq o`lchab tayyorlanadi. Quruq qurilish qorishmalarining asosi sifatida ohak, yoki gips, yoki sementdan foydalaniladi. Qurilish qorishmalariga zarur xossalarni berish uchun qo`shimchalardan foydalaniladi. Polimer qo`shimchalar yopishish qobiliyatini oshiradi. Quruq qurilish qorishmalari yordamida yuqori ishlov berish mumkinligini ta‘kidlash zarur.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling