Mavzu: bilish nazariyasi


Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar


Download 96 Kb.
bet3/16
Sana13.05.2023
Hajmi96 Kb.
#1457068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
8 mavzu. Bilish nazariyasi

Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar.
Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta’kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur.
Bilish usuli sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga etish sari tashlangan qadamdir. Shubha eskirgan, qotib qolgan aqidalardan voz kechadi, ularga putur etkazadi. U – rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – shubhalanadi.
Biroq bu uch yo‘nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‘r-ko‘rona, hech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‘rsatayotgan ko‘pgina savollarga chindan ham hali javob topilmagan.
Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki, narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi a’zolarimizda aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a’zolarimizda aks etish natijasida qanday ko‘rinish kasb etgan bo‘lsa, biz ular haqida shunday ma’lumotga ega bo‘lamiz. Narsalar va hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin ham emas. Qarshimizda bosh-adog‘i yo‘q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‘z formulalarimiz, modellarimiz va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‘z tasavvurlarimiz bilan ilg‘ab olishga harakat qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar «tugunlari»ni qay darajada qattiq qilib tugmaylik, dunyoni tushunib etishga shu yo‘sinda da’vogar bo‘lishimiz to‘g‘rimi? Bundan chiqdi, biz o‘z bilish usullarimiz bilan chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir emasmiz.
Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda rad etadi. Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini aniqlashga qodir emas, deb ta’kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh tarkibi aniqlandi. XIX asr fanining ba’zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular faqat tafakkur mahsuli, deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini isbotlab berdi, oradan yarim asr o‘tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.
Ong nima? inson azal-azaldan o‘zigagina xos bo‘lgan ongning nima ekanligi to‘g‘risida o‘ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jihati, ong tabiat mahsulimi yoki inson ongi ilohiy yaratilganmi? degan masaladan iborat. Ikkinchi jihati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya’ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki hamon o‘sha-o‘shami? degan muammo bilan bog‘liq.
«O‘zingni bilsang, olamni bilasan», – degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u o‘zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo‘l ochishi mumkin, degan g‘oya yotibdi. Shu ma’noda, inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo‘‘jiza va tadqiqot mavzui sifatida o‘rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o‘ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling