Mavzu: Biogen elementlar kimyosi. Organizmning biogen elementlari va zaharli elementlar. Ajratilgan vaqt 3s. Texnologik xarita


Download 138 Kb.
bet9/11
Sana01.11.2023
Hajmi138 Kb.
#1736524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Biogen elementlar kimyosi. Organizmning biogen elementlar

Kichik guruxlar


A’zolar va ekspertlar soni


Guruxlar tomonidan yechiladigan muammolar

1 − gurux


4 (1 ekspert)


Noorganogen elementlar, ular-ning tasnifi, tabiatda tar-kalishi, inson va biomuxit tushinchalari va ta’rifla-rini yoritish


2 − gurux


4 (1 ekspert)


Zaxarli va zaxarli bulmagan elementlar, biogeokimyo, noorganogen elementlarni davriy jadvalda joylashish konu-niyatlari va inson organiz-midagi axamiyatini yoritish


3− gurux


4 (1 ekspert)


Fermentlarni faollashti-ruvchi mikroelementlar, si-nergizm va antogonizmni yoritish


4 − gurux


4 (1 ekspert)


Biogeokimyoviy xududlar, ekosistemalar, organizmda noorganogen elementlarni topografiyasi




Ilova № 2

Blits – surov savollari


Ta’lim beruvchi


Ta’lim oluvchi

1. Biogen elementlar deb qanday elementlarga aytiladi?


2. Biogen makroelementlar
3. Oligo-, mikrobiogen elementlar
4. Essensial elementlar
5. Noorganogen elementlar
6. Biogen elementlarni organizmda yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Mikroelementozalar.
7. s- Elementlarning tibbiyotdagi ahamiyati
8. p- Elementlarning tibbiyotdagi ahamiyati
9. d- Elementlarning tibbiyotdagi ahamiyati

Savollarga tez va qisqa javob beradi





1- Savol.


Biogen element xaqida tushuncha.


Biologik aktiv elementlar yoki biogen elementlar – bu hayotiy jarayonida ishtirok etib, yetishmovchiligi organizmda xar xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.


2- Savol.


Biogen elemnetlarni sinflash.


Biogen elementlarini sinflash ularni elektron tuzilishiga qarab belgilanadi.


1. Elektron tuzulishiga qarab biogen elementlar sinflanadi s,p,d - elementlariga.
2. Organizmdagi miqdoriga qarab biogen elementlar sinflanadi
-makrobiogen elementlar, ularning organizmdagi miqdori 10-2% katta, ularga-O2, S, N22, Sa, R, kiradi.
-mikrobiogen elementlar, ularning organizmdagi miqdori 10-3-10-5% ularga Zn, Cu, Br, I va boshqalar kiradi.
-ul’tramikrobiogen elementlar, ularning organizmdagi miqdori 10-5%dan kam. Ularga Au, Se, Bi, va boshaqlar kiradi.
3. Biologik sistemadagi roliga qarab 3 guruhga bo‘linadi: - hayotiy zarur bo‘lgan elementlar ularga: barcha makro va mikro-biogen elementlar kiradi.
-hayotiy ahamiyaga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan elementlar. Masalan Cr, Ni, Cd. -biologik ahamiyati oxirigacha aniqlanmagan elementlar.


3 – Savol.


Sifatiy analiz haqida tushuncha.


Sifatiy analizning negizida modda tarkibini sifatiy aniqlash yotadi. Amaliyotda esa u kation va anionni aniqlashdan iborat. Sifatiy analizda analitik reaksiyalardan foydalaniladi, ular sezilarli darajada taqshi o‘zgarish bilan boradi, natijada birikmadagi aniqlanayotgan kation yoki anion topiladi.


4- Savol. Biogen s-elementlarning organizmda tarqalishi.


Litiy doimo qonda, inson va hayvonlarni to‘qima va organlarida uchraydi. Aniqlanishicha, u jigar to‘qimasida jigarni yuvuvchi suyuqlik tarkibiga nisbatan 3 marotaba kam, lekin muskul, to‘qimalarida to‘qimalar aro suyuqligiga qaraganda. 2,5 barobar ko‘p, Litiy azot almashishuvini kuchaytirib, glikolizni o‘zgartiradi, to‘qimani nafas olishini o‘zgartiradi. Ammiakni mushakdagi miqdorini kamaytirib, biologik ta’sir etish xususiyatiga ega. Natriy, kaliy, kalsiy, magniy, xlor birgalikda nerv impulslari o‘tkazuvganligida, hamda osmotik bosimni saqlashda ishtirok etadi. Natriy va kaliy xlorid karbonat va fosfat kislotaning nordon tuzlari holida bufer sistemalarda ishtirok etadi.


5 – Savol.


Biogen p-elementlarning organizmda tarqalishi.


Xlor makroelement bo‘lib normal hayot uchun zarur, organizmda 0,08% miqdorida organizmning massasiga nisbatan uchraydi. Organizmda asosan ion holida-anion holida uchraydi. Uning ionlari kaliy va natriy bilan birga osmotik bosimni boshqaruvida ishtirok yetadi. U to‘qima va to‘qimalararo suyuqligida bo‘ladi. Xlor tanqisligi suv almashinuuvini buzadi. Inson xlorga doimo ehtiyoj sezadi, osh tuzini iste’mol qilish bilan organizm ehtiyoji qoplanadi. Brom almashtirib bo‘lmaydigan mikroelementdir, uni ko‘pchilik organlarda uchratish mumkin, uning faolligi gipofizda kuzatiladi. Yod esa hayotiy jarayonni kechishida muhimroq hisoblanadi. Unga bir kunlik extiyoj 0,1 mg. U har xil to‘qimalarda, insonda va hayvonlarni gormonlarida, tetrayod, tirozin va trioglobulin tarkibida bo‘ladi.


6- Savol.


d-biogen elementlarning organizmda tarqalishi bo‘yicha misollar keltiring.


Mis. Bir sutka davomida 2-3 mg ozuqa mahsuloti bilan organizmga tushadigan misning 30% o‘zlashtiriladi. Umumiy miqdori 100mg. Ikki valentli ioni xelat kompleks hosil bo‘lishida ishtiroketadi, u tirik to‘qimalarda hosil bilan bog‘langan holda uchraydi.


Temir. Uning fiziologik faolligi kislorod, azot oltingugrt selen saqlovchi ligandlar va molekulyar kislorod, azot, oltingugrt bilan komplekslashuvidadir. Uning kompleks birikmalari tirik to‘qimaning hayotiy jarayoni uchun ahamiyatli. Uning ximiyaviy strukturasiga qarab organizmda ikki xil kategoriyaga bo‘lish mumkin: gemli (gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar; peroksidaza, katalaza va boshqalar), gemli bo‘lmagan (ferritin, siderofillin, ba’zi bir fermentlar va boshqalar). U molekulyar kislorodni biriktirib biokompleks hosil qiladi, hamda molekulyar kislorodni yig‘ish, saqlash, tashish jarayonida ishtirok etib, oqsil, yog‘, uglevod oksidlanishida va boshqa moddalar sintezida ishtirok yetadi


7 – Savol.


Biogen elementlarning antagonistik va sinergistik ta’siri.


Biogen elementlarning sinergistik ta’siri deb, biror bir element boshqa elementning faolligini oshirishiga aytiladi. Bunday elementlar sinergistlar deyiladi. Antagonistik ta’sir esa biror bir element boshqa elementning biologik aktivligini kamaytirishiga aytiladi. Bunday elementlar antagonistlar deyiladi. Masalan, organizmda ruh ionlarining ortishi, Ca2+, Mp2+, K ionlarini kamaytiradi.





Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling