Biogegrafiyaning amaliy ahamiyati. - Biogegrafiyaning amaliy ahamiyati.
- Biogegrafiya fanining ahamiyati ko‘p xillidir. Biogeografiyani bilmasdan turib, tabiiy o‘simlik va hayvonlardan ratsional foydalanish mumkin emas. Inson uchun foydali bo‘lgan o‘simlik va hayvonlar er sharida bir-xil tarqalgan emas. O`simlik va hayvonot mahsulotlaridan foydalanish, ulardan foydalanishni eng qulay davrini borligi bilan xarakterlanadi. Bunday qulay davr turli geografik regionlarda turli vaqtda bo‘ladi. O`simlik va hayvonot dunyosidan foydalanishda, ulardan mahsulot olish normasini bilmaslik yoki normadan oshirib mahsulot olish, mahsulot bazasini uzilib qolishiga va hatto yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun, biz foydali o‘simlik va hayvonlarni geografik tarqalish qonuniyatlarini, ularni yildan yilga miqdorini o‘zgarishini va organizmlarni hayoti va mahsuloti uchun qulay yoki noqulay bo‘lgan sharoitlarni bilishimiz lozim.
Asosiy biogeografik tushunchalar: Flora, fauna, biota, o‘simlik qoplami, hayvonot dunyosi, biom. - Asosiy biogeografik tushunchalar: Flora, fauna, biota, o‘simlik qoplami, hayvonot dunyosi, biom.
- Geografik rayonlar bir-biridan ularda yashaydigan mikroorganizmlarni, o‘simliklarni, zamburug`larni va hayvonlarni tarkibi bilan farq qiladi.
- Tarixiy tarkib topgan va er sharoitining ma’lum uchastkalarida o‘sgan yoki o‘sayotgan o‘simlik turlarining yig`indisi shu uchastkani hozirgi yoki qazilma florasi deb ataladi. Masalan MDH evropa qismining o‘rta polosasi uchun daraxt o‘simliklaridan: evropa eli, oddiy qarag`ay, dumchali dub, zarang (klyon ostrolistnûy), o‘tloqlardan: landûsh, dorivor medunitsa, emaklovchi bug`doyiq (pirey), chimli qiyoq, zamburug`lardan: qayinosti zamburug`i, tog`terakosti zamburug`i, oq zamburug`, dala shampinoni, muxamor va boshqalar xarakterlidir. Ana shu rayonda o‘sadigan o‘simlik, mikroorganizmlar va zamburug`larni yig`indisi shu joyni florasi deyiladi.
BIOM deb ataladigan termin, chet ellarda juda keng qo‘llanilib, keyingi yillarda bizning adabiyotimizga kirib bormoqda. Bu termin, u yoki bu zona yoki podzona organizmlari jamoasining yig`indisidan iborat. - BIOM deb ataladigan termin, chet ellarda juda keng qo‘llanilib, keyingi yillarda bizning adabiyotimizga kirib bormoqda. Bu termin, u yoki bu zona yoki podzona organizmlari jamoasining yig`indisidan iborat.
- SHunday qilib, fauna va floraning yig`indisi (to‘plami) biotani hosil qiladi. O`simlik qoplami va hayvonot dunyosining yig`indisi esa jamoalarni va biomlarni hosil qiladi.
- Turli xil kontinentlarni, landshaft jihatdan o‘xshash bo‘lgan regionlar, turli xil biotaga ega. Masalan, evropaning keng bargli o‘rmonlari uchun, daraxtlardan dumchali dub, mayda bargli lipa, oddiy shumtol (yasen), ingichka bargli zarang, buttalardan: oddiy leùina, o‘tloqlardan oddiy snût, ovsyanitsa, ko‘p yillik prolesnik va boshqalar, hayvonlardan esa o‘rmon soni, oddiy olmaxon, sariqtomoqli sichqon, oddiy soyka, ko‘krangli qizilishton va oddiy qurboqalar (kvaksha) xarakterlidir
Do'stlaringiz bilan baham: |