O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI YANGIYER FILIALI NOORGANIK MODDALAR KIMYOVIY FAKULTETI OOT kafedrasi
S 602-21 Lapasov Murodillaning Biokimyo fanidan mustaqil ishi
Mavzu:Biokimyo faniga hissa qo’shgan o’zbek olimlari Reja: 1) Biokimyo fani va uning sohalari. 2) Biokimyo fanining rivojlanish tarixi. 3) Biokimyo fanida qo`lga kiritilgan yutuqlar - Biokimyo fani va uning sohalari. Biologik kimyo (biokimyo) tirik organizmlar tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tabiatini, sifat o‘zgarishlari va miqdoriy nisbatlarini, ularda boradigan hayotiy jarayonlarning asosini tashkil qiluvchi kimyoviy jarayonlarni o‘rganadi. Tirik organizmlar o‘zida to‘xtovsiz ravishda moddalar va energiya almashinuvi jarayonlari borishi bilan jonsiz tabiatdan farq qiladi. Ular o‘ziga xos ajoyib tuzilgan bo‘lib, organizmda boradigan moddalar almashinuvi protsesslarining avtonom boshqarilishi, o‘z-o‘zini qayta tiklay olish, tashqi muhit ta'sirlariga javob berish, ya'ni tabiatiga ko‘ra, holat va xususiyatlarini o‘zgartirishi kabi hayotning uzluksizligini ta'minlovchi protsesslar va hodisalarning mujassamlashuvi asosida tashkil topgan. Bu hayotiy protsesslarning amalga oshishida butun organizmdan tortib, to uning har bir alohida molekulasigacha ma'lum vazifa va funksiyani bajaradi.Biokimyo fani tirik organizmlarni tashkil qiluvchi va hayotni ta'minlovchi moddalarni, bu organizmlarda boradigan kimyoviy jarayonlarni o‘rganar ekan, o`rganadigan sohasiga ko‘ra u uch bo‘limga bo‘linadi:
- 1. Statik biokimyo — tirik organizmlarning kimyoviy tarkibini, ularni tashkil qiladigan moddalarning kimyoviy tabiati, xossalari va xususiyatlarini, miqdoriy nisbatlarini o‘rganadi.
- 2. Dinamik biokimyo — tirik mavjudotlarni tashkil qilgan moddalarning kimyoviy o‘zgarishini, yangilanishini hamda shu jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan energiya almashinuvini o‘rganadi.
- 3. Funksional biokimyo — bir tomondan, har xil kimyoviy moddalarning tuzilishi bilan o‘zgarishlari orasidagi bog‘lanishni, ikkinchi tomondan, o‘z tarkibida xuddi shu moddalarni tutgan to‘qima va organlarning funksiyasi bilan ularda boradigan moddalar almashinuvi jarayonlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |