Mavzu: Biokimyo faniga hissa qo’shgan o’zbek olimlari Reja: 1 Biokimyo fani va uning sohalari


Biokimyo fanining rivojlanishiga xissa qo`shgan olimlar


Download 472.35 Kb.
bet3/4
Sana25.04.2023
Hajmi472.35 Kb.
#1396892
1   2   3   4
Bog'liq
Lapasov Murodilla

Biokimyo fanining rivojlanishiga xissa qo`shgan olimlar.
1- rasm A. M.Butle­rov (1828—1886)
2-rasmVyoler (1800—1882)
3-rasm Lui Paster
(1822—1895)
4-rasm Emil Fisher
(1852—1919)
5-rasm Libix (1803—1873)
6-rasm, Kossel (1853—1927)
7-rasm Byuxner (1860—1917)
8-rasm K. Timiryazev (1843— 1920)
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida fizik kimyoning asosiy tushunchalari — elektrolitik dissotsiatsiya, vodorod ionlari konsentratsiyasi — pH, oqsillarning kolloid tabiati, oksidlanish-qaytarilish potensiali va ularning biologik hodisalarga tadbiqi haqida asosiy ma'lumotlar olindi. Shu yillarda viruslar va ularning nukleoproteid tabiati, ichki sekretsiya bezlari hamda ularning moddalar almashinuvini boshqarishda asosiy rol o`ynaydigan gormon nomli biologik faol kimyoviy mahsulotlar aniqlana boshlandi. Varburg (1883—1970), Viland (1877—1957), A. N. Bax (1857—1946), V. N. Palladii (1859—1922), Keylin (1887—1963) va Teorell ishlari asosida hujayraning oksidlanish jarayonlari haqidagi dastlabki nazariyalar maydonga keldi. Shu davrda birinchi biokimyo kafedralari tashkil etildi, darsliklar va jurnallar nashr qilina boshlandi. Keyingi yillarda biokimyoning tez sur'atlar bilan taraqqiy etishiga shu davrdagi tadqiqot ishlarini olib borish uchun bir qator apparat (asbob)lar va yangi usullarning kashf etilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bular qatorida to‘qimalarning nafas olishini tekshirish uchun Barkfort — Vargburgning qimmatli manometrlik apparati, Svedbergning ultratsentrifugasi, Tizeliusning elektroforez apparati va keyinroq izotoplar u suli hamda 1908 yilda rus olimi Svet kashf etgan xromatografiya usulining modifikatsiyasi — qog‘oz xromatografiyasining biologik va kimyoviy tekshirishlar uchun tadbiq qilinishi muhim o‘rinni egalladi. Hozirgi zamon biokimyosi Meyergof va Xillning qisqaruvchi muskullarda sut (laktat) kislota hosil bo‘lishi bilan kislorod yutilishi va issiqlik ajralishi orasidagi korrelyasiya (kelishilgan bog‘lanish)ni aniqlashdan boshlangan deb hisoblanadi. Bu kashfiyot kimyoviy reaksiyaning ayrim fiziologik funksiyasi bilan bog‘lanishi yo`lidagi dastlabki qadam edi. Substrat (ma'lum bir jarayonning borishi uchun zarur bo‘lgan modda yoki struktura) va uning fermentlarini muskul ekstraktidan ajratib olinishi glikogen (yoki glyukoza) bilan sut kislota orasidagi birin-ketin kimyoviy reaksiyalarni oraliq bosqich sifatida qayta tiklash (rekonstruksiya qilish) imkoniyatini tug‘dirdi. Bu jarayon (glikoliz) hayvon organizmining boshqa to‘qimalarida, shuningdek, achitqilar va bakteriyalarda (achish) ham tasdiqlangandan so‘ng uning fundamental ahamiyati yaqqol ko‘rindi. Glikoliz hamda achish jarayonlari uglevodlarning muskullar va mikroorganizmlarda o‘tadigan anaerob (kislorodsiz) sharoitda parchalanishidan iborat bir xil jarayonning o‘zi ekanligini va ularning oraliq bosqichlarini aniqlanishi hujayra metabolizmi (moddalar almashinuvi)ni tushunishda yangi sahifa bo‘ldi

Download 472.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling