Mavzu: Biologik resurslar va alohida muhofaza qilinadigan hududlar Reja


Download 100 Kb.
bet2/2
Sana10.02.2023
Hajmi100 Kb.
#1188156
1   2
Bog'liq
Biologik resurslar va alohida muhofaza qilinadigan

Xulosa

Atmosfera havosiga yiliga 100 tonnadan ortiq hajmda chiqitlarni chiqaruvchi korxonalar - tog`-kon boyitish kombinatlari, ko`mir boyitish fabrikalari, koks zavodlari, qo`ng`ir ko`mir ishlab chiqaruvchi zavodlar, neft mahsulotlarini saqlash va tashish (hajmi 47,7 mln. litrdan ko`p bo`lsa), ximiya, metallurgiya, mis va alyumin zavodlari, qo`rg`oshi, sink va qog`oz-selluloza kombinatlari; ikkinchiga, ko`proq suvlarni ifloslantiruvchi korxonalar - yog`ochni qayta ishlash; qog`oz va selluloza kombinatlari, tekstil, teri oshlash va neorganik (buyoq, siyox, mineral o`g`it) va organik ximiya mahsulotlari (plastmass, sun'iy materiallar, yog`-sovun, pestitsid, gerbitsid) ishlab chiqaruvchi korxonalar, farmatsevtika, rezina, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, mashinasozlik va metallurgiya sanoati tarmoqlari.


Shaharlarda atrof muhit holatiga sezirarli ravishda ta'sir qiluvchi omillardan biri maishiy kommunal xizmati xo`jaligi. Uning atrof muhitga ekologik ta'siri shaharlarning kanalizatsiya va suv ta'minoti, isitishning markazlashganlik darajasiga to`g`ri proporsional bog`liqlikka ega. Markazlashgan kommunal xizmat tarmoqlarining yo`qligi tabiiy obyektlarni ifloslanishiga va oqibatda sanitar -epidemologik holatning kuchayishiga sabab bo`ladi. Maishiy kommunal xizmatining yana bir ekologik jihati qattiq turdagi axlatlarni yig`ish va ularni utillashtirish masalasini yechilganligidadir. O`zbekiston bo`yicha yiliga 30 mln.mmaishiy chiqitlar chiqadi va ular shahar atrofidagi rezervuarlarga tashlanadi. Lekin bu chiqitlarning 1H10 qismi shaharlarda qolib ketmoqda. Axlat tashlaydigan rezervuarlarning sanitar holati yaxshi deb bo`lmaydi1. Maishiy chiqitlarni ajratish, navlash, qayta ishlash va ularni huquqiy tartibga solish hanuzgacha yo`lga qo`yilmagan muammolardan biridir. Bu masalani ijobiy xal qilishda Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimligi tomonidan olib borilayotgan maishiy ahlatlarni yig`ish shohobchalarini tashkil qilish va ularni sortlashtrish bo`yicha chora-tadbirlar maqtovga sazovordir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1 Atlas “Ekonomicheskaya i sosialnaya geografiya mira” M. 2006 “Drafa”
2. Atlas “Ekonomicheskaya i sosialnaya geografiya mira” M. 2005 “Ast- Press shkola”
3. Atlas “Ekonomicheskaya i sosialnaya geografiya mira” M. 2000“Ast- Press”
4. “Atlas mira” Stranы mira v kartax i sifrax. M. “Ast-Press” 2000 g.
5. Ahmedov B. Lotin Amerikasi. T.O`z dav nashr. 1963

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling