4.4
(10)
Me’da-ichak yo‘li a’zolari – qizilo‘ngach, me’da va o‘n ikki barmoq va yo‘g‘on
ichaklarni maxsus yoritish tizimi optik asbob yordamida
tekshirish usuli bugungi
kunda keng qo‘llanilmoqda. Endoskopiya yordamida nafaqat kasalliklarni
tashxislash balki, kichik davo muolajalarini ham o‘tkazish mumkin.
Shifokor konsultatsiyasi
Terapevt konsultatsiyasi
Analizlar
Qondagi shakar miqdorini tekshirish
Tola optikasiga asoslangan fibroendoskop va tugal qismiga
kichik hajmdagi chip
o‘rnatilgan zamonaviy tolasiz videoendoskoplar yordamida tekshiruvlar qisqa
fursatda va samarali o‘tkazilmoqda. Aholi orasida «zond», «shlang», «yapon
zondi» nomlari bilan mashhur bo‘lgan endoskopning
tugal qismi aylanasi hajmi
9,8 va 7 hatto 5 mm bo‘lib, bu muolajaning kam noqulayliklar bilan o‘tishini
ta’minlaydi. Endoskopik tekshiruvda asosan shilliq va shilliqosti pardadagi
quyidagi o‘zgarishlar ko‘p aniqlanadi:
yara va uning asoratlari, eroziyalar,
chandiqlar, qizilo‘ngach va me’da
venalarining kengayishi, safroning quyilishi,
xavfsiz-xavfli o‘smalar
va ularning darajalari, yot jismlar,
ayrim ozuqa chiqitlari
(soch, qora saqich, xurmo po‘sti, dafna bargi singarilar) to‘planib qolishi – bezoar,
yallig‘lanish belgilari, ichki churra va bo‘rtma-divertikul, a’zo bo‘shlig‘i torayishi
yoki kengayishi va hokazo.
Me’da-ichak yo‘li yuqori qism a’zolarini endoskopiya qildirishga boradigan
kishilar quyidagilarni bilishi lozim:
– muolajadan 1 kun oldin kechki ovqat yengilroq bo‘lishi lozim.
Ovqati yaxshi
hazm bo‘lmaydigan va qayt qiladigan kishilar, yaxshisi, 1 kun oldin kuyuq ovqat
umuman yemaganlari ma’qul;
– muolajadan bir kun oldin yaxshi dam oling: vaqtida uxlang, asabiylashmaslikka
harakat qiling;
– muolaja kuni nonushta qilmang (shu bois ertalab o‘tkaziladi);
– o‘zingiz bilan toza sochiq olib boring;
– muolaja davomida bo‘yinni siqib turadigan bo‘yinbog‘, sharf, ro‘mol shuningdek
belbog‘, tasmani bo‘shating. Agar tish protezi bo‘lsa, olib qo‘ying;
– mabodo ayrim dorilarga allergik reaksiyangiz bo‘lsa, shifokorni ogohlantiring;
– muolaja davomida shifokor ko‘rsatmalariga qat’iy amal qiling. Shunda tekshiruv
ham qisqa fursatda, ham kam noxushliklar bilan o‘tadi;
Do'stlaringiz bilan baham: