Press DEL to enter SETUP» ko‘rinishida bo‘ladi. Agar bu xabarni o‘qiy olmasangiz, bu haqidagi ma’lumot Motherboard(Материнская плата) qo‘llanmasida ham bo‘ladi, shu yerdan bilib olishingiz mumkin. - Notebook’larda, chiqarilgan firmaga qarab, BIOS’ga standartdan tashqari(delete, F1,F2)tugmalar orqali kiriladi, ya’ni firma o‘zi belgilaydi, qaysi tugma orqali BIOS’ga kirish mumkinligini. Quydagi jadvalda, qanday firma Notebook’larida, BIOS’ga kirish qanday tugmalar asosida amalga oshirilishi haqida axborot berilgan. Bu jadval «windxp» internet saytidan olingan.
- PHOENIX+AWARD nomli firmaning BIOS‘i asosida ko‘rsataman, bu firma oldin ikkita firma ko‘rinishida bo‘lib, hozir birgalikda BIOS chiqarish bilan shug‘ullanishmoqda, ko‘p kompyuterlarda aynan shu firma BIOS’i ishlatilmoqda.
- 1. Standard CMOS Features — menyuda, tizim tomonidan ko‘rsatiladigan vaqt, kun kabi axborotlar, undan tashqari disklarni sozlash va POST xatolar haqida ma’lumotlarni ko‘rish va ularni sozlash mumkin bo‘ladi.
- 2. Tiger Central Control Unit — menyuda, tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU)kabi kompyuter elementlarini ishlashini sozlash va ular haqida axborot olish mumkin bo‘ladi. Aynan shu menyu orqali kompyuter ishlashini tezlashtirish(разгон) imkoni mavjud.
- 3. Advanced BIOS Features — kompyuter yuklanishni qanday amalga oshirish kerakligi, protsessor sozlashlari va xotirani keshlash kabi sozlashlar amalga oshiriladi. Undan tashqari kompyuter yoqilishida qaysi diskdan yuklanishi kabi savollarga ham javob topiladi.
- 4. Advanced Chipset Features — bu menyu motherboar’dagi chipsetni sozlash va tezkor xotira ishlash parametrlarlarini belgilash uchun ishlatiladi..
- 5. Integrated Peripherals — motherboard’da mujassamlashgan elementlarni sozlash uchun(audio, video, kontrollerlar,…).
- 6. Power Management Setup — kompyuterning elektr ta’minotini boshqaradi, undan tashqari bu menyu orqali kompyuterni o‘chish va yoqilishini avtomatlashtirish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |