Mavzu: birinchi sinfda musiqa faoliyatlarini amalga oshirish usullari mundarija: Kirish 3 I bob. Birinchi sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari 6
Birinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi
Download 0.7 Mb.
|
YULDASHEVA SAODAT
Birinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi
1-sinfda olingan bilim va hosil qilingan malakalar 1-sinfda chuqurlashtiriladi va takomillashtiriladi. Yangi materialni o’rganishga kirishuvdan oldin avvalgi sinfda o’rganilgan materialni takrorlash va mustahkamlash zarur. Birinchi sinf o’quvchilari o’zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga kо’ra 1 -sinf o’quvchilariga o’xshash bo’ladi. Ularning diqqat-e’tiborini turg’unligi ham yaxshi shakllanmagan bo’ladi. Chunki, ular o’yin bilan bog’liq bo’lgan narsalarga ko’proq qiziqadilar. 1-sinfda vokal-xor ishiga e’tibor kuchayadi va 1-sinfda egallagan malakalarni takomillashtiradi. Masalan, kuylaganda o’zini erkin tutish, ovoz apparatlarida va musqullarda zo’rikish bo’lmasligiga erishish, chuqur nafas olish malakalarini o’stirish; tez sur’atli asarlarni qo’yilganda jumlalar oralig’ida nafas tez va yetarli ola bilish; uzunroq frazalarni kuylaganda nafasni me’yorida olish va bir maromda sarflay bilish; unlilarni to’g’ri talaffuz etish; undosh tovushlarni burro va aniq talaffuz qilish; unisonda (bir ovozlikda) dinamik tuslarga to’la rioya qilgan xolda; sof va tiniq intonatsiyada ta’sirli qilib kuylash; 3/4 va 2/4 o’lchovlarida dirijyorlik harakatlarini tushunish; o’qituvchi asarga dirijyorlik qilganda uning qo’liga qarab ko’pchilik bilan birgalikda nafas olish, ijroni boshlash, dirijorlik ishorasiga amal qilgan xolda ijroni to’xtatish.Musiqa tinglash musiqa faoliyatlarining yetakchisi hisoblanadi. Zero, darsda qo’llanadigan barcha musiqa materiallari asosan eshitib o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi. 1-sinfda o’quvchilarning tovush tembrlari haqidagi tasavvurlarning tovush tembrlari haqidagi fasavvurlari yanada boyib boradi. Ular hayot voqeligining rang-barang musiqiy bo’yoqlar badiiy obrazlar orqali tasvirlanishi haqida kengroq tushunchaga ega bo’ladilar. 1-sinfda o’quvchilar musiqa savodi faoliyatida quyidagi musiqiy bilimlar va malakalarni egallaydilar. a) tonika uchtovushligini eshitish va kuylash; b) chorak, nimchorak, yarim o’lchovdagi notalar va pauzalar haqidagi tushunchaga ega bo’lish; v) kuchli va kuchsiz xissa, takt va takt chizigi, ikki va uch choraqli o’lchovlar haqida ma’lumotga ega bo’lish; g) ikki va uch qismli asarlar haqida tushunchaga ega bo’lish. Ko’plet shaklidagi qo’shiqlarning boshlanish qismi va naqoratini farq qilish; e)mazmuni va xarakteri jihatidan turlicha bo’lgan asarlani bir-biridan ajrata olish;7 Shunday qilib, 1-sinf o’quvchilari musiqani tuzilishi va nota savodiga doir mazkur boshlang’ich bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar, xor bo’lib kuylashda o’zini tutish, qo’shiq mazmuniga mos emotsional kechinmalarni xis etish, tinglagan asarlari yuzasidan suhbatlarda katnashish, hikoya tuzish, musiqa ohangiga mos harakatlar bajarish, musiqa ritmiga cholg’u asboblarida jo’r kabi ko’nikma va malakalarga ega buladilar. Shunday qilib, Birinchi sinfda yil mavzusi:«Miisiqa nimani ifodalaydi tasvirlaydi» 1-chorak mavzusi: «Yakkanavozlik va jo’rnavoziik» 2-chorak mavzusi: «Yakkanavozlik va yakkaxonlik cholg’u va honandalar dasturlari» 3- chorak mavzusi «Kuy nima? Kuyda nima ifodalanadi» 4- chorak mavzusi: «Musiqani iloda vositalari» O’qituvchi dars rejasini ushbu mavzular asosida to’zib, ularni bir biri bilan uzviy bog’lab olib borishi kerak. Xulosa Xulosa qilib aytsak, maktab o’quvchilarida musiqa savodxonligini amalga oshirishning ahamiyati katta. Bola birinchi sinfda harflarni o’rganib, ular orqali oddiy so’zlardan boshlab kitobga qarab o’qishni o’rganishi qanchalik zarur bo’lsa, musiqadan bahramand bo’lish uchun notalarni o’rganishi ham shunchalik zarur. Ammo, ayrim maktablarda o’quvchilar 4-sinfni tugatib ham notalarni ularning shaklini bilmaydilar. Buning sababi ko’p. Asosiy sabablardan biri – boshlang’ich sinflar musiqa madaniyati darslarining mutaxassis o’qituvchiga bermasdan sinf o’qituvchilarining o’zlariga berishdadir. Maxsus musiqiy ma’lumotga ega bo’lmagan boshlang’ich sinf o’qituvchilari asosan qo’shiqlarning matnini yozdirib, yodlatib, to’g’ri kelgan ohang bilan ayttirib yuradilar. Darsliklarda berilgan mavzularni yozdirib, takrorlatib, so’rab darsni o’tkazadilar. Ayrimlari magnitafondan foydalanib to’g’ri, noto’g’ri musiqa tinglashni ham tashkil etishlari mumkin. Ammo o’quvchilarga qo’shiqni aniq yozilgan ohangi bilan o’rgatish, o’z ijrolarida kuy va qo’shiq tinglatishni bir foiz o’qituvchilar amalga oshirishi mumkin. Musiqa savodi ya’ni nota belgilarini o’rgatishning ahvoli bundan ham yomon bo’lishi mumkin. Chunki, aksariyat boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’zlari nota yozuvini bilishmaydi. Bu masala mutaxassis musiqa o’qituvchilari darslarida ancha yaxshi bo’lishi mumkin. Lekin hamma mutaxassis musiqa o’qituvchilari ham nota savodini yaxshi biladi, xususan boshlang’ich sinf o’quvchilariga notalarni o’rgatish metodikasiga amal qiladi deb bo’lmaydi. Biz ishimizda asosan hozirgi sharoitlarni hisobga olib, ulardan kelib chiqib, o’quv DTSlari, dasturlar va darsliklarni imkon darajasida tahlil qildik. Ayrim darsliklarda berilgan musiqa savodi materiallari to’g’ri tasniflangan. Ammo ularni o’rgatish masalalarida bir muncha qiyinchiliklar bor. Masalan, birinchi sinfda notalarni o’rganishdan oldin bu ishga etarli tayyorgarlik ko’rilishi kerak. O’quvchilar tovushlarning baland, o’rta va past bo’lishini rasmlar vositasida bilishlari kerak. Masalan ayiq katta, u karnay yoki kontrabas kabi o’ziga xos asbob chalayapti, qushcha kichik u surnay yoki skripka chalayapti kabi tushunchalar hosil qilish orqali past va baland, har bir tovushdan keyin zinapoyalar kabi keyingi undan balandroq pog’onaga chiqish singari notalarning balandga chiqishi va pastga tushishini o’rgatish mumkin. Bolalar o’qishni bilganidan keyin, ularga she’rlar o’qish orqali notalarni qiziqib bilib olishlari, keyinchalik rebuslar orqali bo’g’in va nota chiziqlarida joylashgan nota nomini qo’shib so’z tashkil etish, hatto rebus orqali oddiy ertak o’qish ham mumkin. Hozirgi kunda testlardan keng foydalanish orqali musiqa yozuvini ( notalarni) aniqlab olish ham nazarda tutilgan. Agar aytilgan barcha vositalardan foydalanib, bolalaoni qiziqtiruvchi o’yinlarga asoslangan metodikadan foydalanilsa, notalarning vazifalarini ochib beruvchi she’rlar va rasmlarni o’rinli qo’llasa o’quvchilar musiqa savodini tez o’rganadilar. Maktab o’quvchilarida musiqiy savodxonlikni shakllantirish faqat nota belgilarini quruq o’rganib olish emas balki ularni ijro jarayoni bilan bog’lab o’rganishdadir. Ularni puxta o’rganishning yana bir omili oddiydan – murakkabga tamoyili asosida o’rganib borishdir. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling