Mavzu: birinchi sinfda musiqa faoliyatlarini amalga oshirish usullari mundarija: Kirish 3 I bob. Birinchi sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari 6


Download 0.7 Mb.
bet2/6
Sana01.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1419460
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YULDASHEVA SAODAT

Kurs ishining maqsadi: Musiqiy ta’lim jarayonida o’quvchilarni musiqa savodi haqida yetarlicha bilim va ko’nikma shakllantirish.
Kurs ishining vazifasi: O’quvchilarning musiqiy qobiliyatini o’stirish; elementar nota belgilarini bilishlari, ularni o’qib, oddiy kuy ohanglarini tasavvur qilishlari hamda musiqiy terminlarni gapirishlariga erishish;

I bob. Birinchi sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari
1.1 Birinchi sinfda musiqa o‘qitishning maqsadi va vazifaiari
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda maktabda o’qitiladigan barchaf anlar qatori musiqa madaniyati darslarining ahamiyati katta. Musiqa inson his –tuyg’ularini orzu -istaklarini o‘ziga xos badiy tilda ifoda etadi va hissiyotlarni faol ta’sir ko‘rsatadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar musiqa san’ati bilan bolalar bog‘chalarida oilada, radio va televideniyadan beriladigan ko‘rsatuvlar orqali tanish bo’ladilar.2
Musiqa madaniyati darslarida quvnoq kuy va qo‘shiqlarni tinglash, kuylash, raqs elementlarini bajarish, chapak chalish hamda bolalar cholg‘u asboblarida jo ‘r bo‘lish musiqaga ishtiyojlarini yanada tez oshirib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarda hali diqqat -e’tibor uncha to‘liq shakllanmagan bo’ladi, ular ko‘proq serharakat va o’yinga moyil bo‘ladilar.
Shuningdek birinchi sinf o‘quvchilari psixologik - fiziologik harakterga ko‘ra, ma’lum darajada xotirasi, nutqi diqqati - e’tibori, ovoz apparatlari to‘liq rivojlanmagan, ovoz pardalari nozik kuchsiz bo‘ladi. Shunga ko‘ra bolalami musiqaga tobora qiziqtirishda, butun dars davomida ulami kayfiyatini saqlashda, o‘qituvchi ochiq samimiy, shirin muomalasi va yoqimli xatti - harakatlari bilan erishishi lozim. Birinchi darsdan boshlab o‘quvchilami musiqaga qiziqtirish yo‘li bilan, ulami musiqaviy o’quvlari, qobiliyatlarini kuylash hamda ovoz sifatlarini sinchiklab o‘rganib olishi va yuqoridagi sifatlarga ko‘ra, ulami uch differetsional
guruhga bo‘lish lozim.
I- guruxga —iqtidorli musiqiy o‘quvi musiqiy qobilyati rivojlangan bolalar kiradi;
II - guruxga - musiqani aniq eshita oladigan, ammo so’zga o‘qituvchi ovoziga tayangan, holda tushadigan bolalar;
III - guruxga – so’zga umuman tusha olmaydigan musiqiy o‘quvi bo‘sh bolalar kiradi.
Наг qanday fan tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining ob'ektiv qonunlari to'g'risidagi bilimlaming yakunidan, jamlanishidan, ishonarli va umumlashgan bilimlar tizimidan iborat bo'ladi. Наг qanday fanning ajralib turishi va me'yoriy faoliyat ko'rsatishi uchun uning o'zida xususiy tushunishning mavjudligi muqarrar shart bo'lib hisoblanadi. Tarbiya, ta'lim va o'qitish fan sifatidagi pedagogikaning asosiy tushunchalaridir. Tarbiya ijtimoiy munosabatning shunday bir turiki, unda shaxsni yo'naltirilgan holda shakllantirish maqsadida bir xil toifadagi kishilar boshqa birovlarga ta'sir o'tkazadi. Ta'lim - tarbiyaning shunday bir jihatiki, u insoniyat to'plagan ilmiy va madaniy qadriyatlar tizimini o'z ichiga oladi. Ta'lim turli yo'llar orqali olinadi.
O'qitish insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi muayyan jihatlarining maxsus tayyorlangan shaxs rahbarligida (o'qituvchi, tarbiyachi, professor, instruktor rahbarligida) o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi jarayonl, ma'rifiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarini uzviy birlikda ado etuvchi jarayondir.
Musiqiy tarbiya metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kirib, unda alohida o'rin egallaydi. Musiqaviy tarbiya masalalari hozirgi zamon pedagogikasida tarbiyaning umumiy muammolari bilan bog'liq holda qaraladi. Musiqaviy-estetik tarbiya-musiqa tarbiyasiga qaraganda ancha keng tushunchadir. Bu jarayonda musiqa darsi muhim o'rin tutadi, lekin alohida o'rin tutmaydi. Musiqiy tarbiyada musiqani idrok qilish malakalarini faol rivojlantirish, san'at va atrof hayotdagi go'zal narsalarga muhabbat tuyg'usini hamda o'z his-tuyg'ularini musiqa tilida ijodiy namoyon qilish qobiliyatini shakllantirishda katta ro’l o’ynaydi .
Musiqiy idrokni va didni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlami rivojlantirish doimo aqliy va axloqiy tarbiya bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi. Musiqiy idrok etish go'zallikni fahmlashdan ko'proq doirani qamrab oladi, go'zallikni fahmlash esa, o'z navbatida musiqiy idrok etishning turlaridan biridir. Hamma go'zal narsalami musiqiy idrok etish mumkin, lekin hamma musiqiy idrok etilgan narsalar go'zal bo'lavermaydi.
Go'zallikda voqelikning ijobiy tomonlari o'z ifodasini topadi. Hayotiy voqea va hodisalami musiqiy idrok etishimizda turli ruhiy kayfiyatlarga tushsak, go'zallikni fahm etganimizda esa, faqat rohatlanamiz.
Shuningdek, haqiqiy musiqiy didga ega bo'lish mazkur shaxsning muhim fazilatlaridan biridir. Chunki didda u yoki bu kishining ruhiy olami namoyon bo'ladi. Demak, sog'lom did uchun kurashish shaxsning insoniy fazilati uchun qayg'urishi demakdir. Musiqiy didi barkamol bo'lgan o'quvchi faqat san'at durdonalarini tushinadigan bolagina emas, u hayot go'zalliklarini qaysi shakldatabiatdami, odobdami, mehnatdami yoki atrofdagi buyumlardami, nimalarda ko'rinmasin uni qadrlaydigan bo'ladi. U barcha g'oyaviy va axloqiy tubanlikka zarba berishga tayyor turadi. O'quvchilami estetik ruhda tarbiyalashda, ularning badiiy didini o'stirishda adabiyot va san'atning roli nihoyatda katta. Chunki bolalarda axloq me'yorlarini shakllantirishda, hayotga faol munosatatda bo'lish kabi xususiyatlami kuchaytirishda musiqa san'atining imkoniyatlari juda keng. San'at o'quvchilarda yuksak inosniylik tuyg'ularini ortirishi bilan birga, ulaming ma'naviy yuksalishga ham samarali ta’sir etadi. Musiqa madaniyati darslarida o‘qituvchi o‘quvc-hilami kuydagicha o‘tkazish lozim.
Birinchi guruh bolalami orqa qatorga, ikkinchi gurux bolalami oldiigi qatprga, uchinchi guruh bolalarni esa o‘rta qatorga o‘tkazish tavsiya etiladi. Natijada dars davomida musiqiy qobiliyati sust rivojlangan bolalarning musiqiy o‘quvi o‘sadi va shakllanadi. Darsda o‘quvchilarni qiziqishini o‘stirish uchun, ularni har bir yutug‘i uchun rag‘batlantirish hamda, ilg‘or bolalar bilan teng darajada musiqiy faolligini ko‘rsata olishga ishonch hosil qildirish lozim. Musiqiy o‘quvi sust bo‘lgan o’quvchilar bilan darsdan keyin yakka tartibda ishlash ham tavsiya etiladi. Musiqa darsdagi faoliyat turlari tez -tez almashib turishi, o‘quvchilari zerikmaslik, toliqmaslikni shu bilan birga musiqa darsiga qiziqishni oshiradi.
Birinchi sinfda musiqa o‘qitishni asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqaga qiziqish uyg‘otish va musiqiy taassurotni tarkib toyatirish, musiqani san’at sifatida ongli idrok etish. Natijada bolalarda musiqa haqida mushohada qilishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi;
1. o‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini, musiqiy o‘quvini rivojlantirish.
2. Musiqani (tinglash) idrok etish malakasini o‘stirish.
3. Kuylash malakalami ustirish.
4. Musiqiy badiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik tarbiyalash.3


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling