Mavzu: birinchi sinfda musiqa faoliyatlarini amalga oshirish usullari mundarija: Kirish 3 I bob. Birinchi sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari 6


II bob. Birinchi sinfda bolalar cholg‘u asboblariga jo ‘r bo’lish


Download 0.7 Mb.
bet4/6
Sana01.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1419460
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YULDASHEVA SAODAT

II bob. Birinchi sinfda bolalar cholg‘u asboblariga jo ‘r bo’lish
2.1 Birinchi sinfda musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish
Musiqa fanining vazifasi-bolalami go'zallikka faol munosabatda bo'lishga, musiqaga ijodiy yondoshishga o'rgatishdan iboratdir. Bunga biron-bir asami o'zlashtirib va tushunib olish asosidagina emas, balki uning yaratilish tarixini, musiqa nazariyasining asoslarini, uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish asosida erishish mumkin. Biroq darsda o'quvchi faoliyatining barcha turlariga musiqani idrok qilish asos bo'ladi. Musiqani tushinish atrofdagi hayotni to'la to'kis idrok qilish uchun zarurdir, chunki pirovardida san'at asari va hayotdagi estetik narsaning mohiyatiga chuqur kirib borish qobiliyati maktab o'quvchisi shaxsining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. 6
1-sinfda o’quvchilarning butun musiqa ta’limiga negiz solinadi, shuning uchun bu sinfda o’qituvchi o’qitish metodikasini ayniqsa yaxshi bilishi, maktab yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va vokal-qo’shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilish zarur. 1-sinf o’quvchilari psixologik-fiziologik xapakteriga ko’ra ma’lum darajada xotirasi to’liq rivojlanmagan, diqqat-e’tibori, ovoz apparatlari to’la shakilanmaganligi sababli, ovoz pardalari nozik, ovoz diapazonlari cheklangan bo’ladi. Uzoq vaqt surunkasiga qo’shiq kuylash bolalar ovoz apparatlarining shakillanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dars strukturasini buzib, musiqa savodi va musiqa tinglash faoliyatlari o’rnida ham qo’shiq kuylatish xollariga yo’l qo’yish tavsiya qilinmaydi. O’quvchilarning ovoz apparatlariga putur yetkazmaslik ovozni saqlashning muhim sharti birinchi sinfdan boshlaboq o’quvchilarning ovoz diapazonini aniqlash, ishchi diapazonlaridagi notalardan tashqariga chiqmaslik va uni kengaytirib borishga alohida e’tibor berish lozim. Kichiq maktab yoshidagi o’quvchilar o’zlariga xos juda mayin va yoqimli tembrga ega bo’ladilar. 1-sinfdan boshlab o’quvchilarning vokal va xor malakalari takomillashtirib boriladi. O’tirib va turib kuylaganda gavdani to’g’ri tutish, nafasni rejaga sola bilish, kuylaganda unli va undoshlarni, melodik, garmonik intervallarni to’g’ri talaffuz qilish, dinamik tuslarga rioya qilgan xolda (mayin ovozda, yoqimli) kuylash ustida muntazam ravishda ish olib boriladi. Bolalar ovozini parvarish qilish, vokal va xor malakalarini oshirishda ashula o’rganishdan oldin maxsus vokal mashqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bundan avval o’quvchilarni ishchi diapazonining prima (o’rta) tovushlaridan boshlab pastga tomon yo’naluvchi tetraxordlardan foydalaniladi. Nafas esa me’yorida, shovqinsiz, yelkani ko’tarmay, o’z vaqtida olish va mayin atakada kuylashga alohida e’tibor beriladi. «Qattiq ataka» boshlang’ich sinflarda juda kam ishlatiladi. Chunki, qattiq atakada kuylash xali juda ham nafis bo’lgan ovoz apparatlarining zo’riqishiga olib keladi. Buni amalga oshirish uchun dasturdagi qo’shiqlarda o’qituvchining o’zi o’quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlarni hisobga olgan xolda tanlab oladi.
Repertuarga kiritilgan musiqaviy asarlar ana shu xususiyatlarini nazarga olgan xolda, mazmuni va mavzusi jihatdan xilma-xil bo’lmog’i kerak. Ushbu asarlar ularni xis-tuyg’ularini ifodalash bilan birga kundalik turmushni va tabiatni aks yettirishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarni hayotiy tajribalariga asoslangan xolda har bir musiqa zamirida ma’lum xis-tuyg’u va fikrlar aks yettirilishi haqida tushuntirishi kerak. Birinchi darslardanoq musiqa asarlarini o’zidan paydo bo’lmasligi, uni kimdir katta ijodiy mehnat qilib yaratishi haqida suhbat o’tkazadi. Buning uchun «Musiqani kim yaratadi?», «Kim ijro etadi?», «Kim tinglaydi?», - degan savolni o’rtaga tashlaydi. O’rganiladigan asarlarning xarakterlarini obrazli qilib ifodalansa, bolalar uni tushunib mazmunini aniq qilib ochib beradilar.
Dasturda o’quvchilarga musiqa savodi bo’yicha ma’lum xajmda bilim berish, nota bilan kuylash malakalarini hosil qilishga ham alohida e’tibor berilgan. Darsning bu turida tovush qator bosqichlarining baland-pastligi, nota chiziqlariga joylashuvi, pauzalarning uzun-qisqaligi, o’lchov, major va minor ladlari, dinamik tuslar kabi musiqaning nazariy elementlari bilan tanishadilar.
1-sinfda musiqa savodini o’rganish yuzasidan o’quv yilining oxiriga kelib bolalar musiqa haqida quyidagi bilim va malakalariga ega bo’ladilar:

  1. birinchi oktavadagi notalarni yaxshi bilish;

  2. chorak va yarimtalik notalarni eshitib farq qila bilish va yoza olish;

v) bolalar tanish kuylar va mashqlarni eshitib olib va notalarning nomlarini
aytish bilan bir vaqtda, ularni nota yozuvidan kuzatib borganlari xolda,
birinchi oktava doirasida kuylash;
Musiqa tinglash darsning boshidan oxirigacha amalga oshadi. Agar 1-sinf bolalari sinfga musiqa sadolari ostida kirsalar, demak, ular musiqani idrok etib kiradilar.Ashula aytsalar, uni avval eshitib, idrok etib, so’ng organib kuylaydilar.
Raqsga tushganda ham musiqani tinglab borib uning badiiy ifodasini raqs harakatlari bilan tasvirlaydilar. Faqatgina musiqa tinglashgina o’quvchilarni chin ma’nodagi keng musiqa olamiga olib kirishi mumkin, chunki ashula aytganda ular taqat o’z ovozlari imkoniyatlariga ko’ra bolalar qo’shiqlarini kuylaydilar. 1 -sinf o’quvchilar turli xarakter va janrlardagi musiqa asarlarini eshitish bilan birga, xilma-xil cholg’u asboblari, ularning sadolari va tovush tembrlari bilan ham tanishadilar. O’quvchilar asarni qayta-qayta eshitganlaridagina uni yaxshi o’zlashtirib, puxta esda saqlashlari va sevishlari mumkin. Asar bilan tanishish jarayonida uning haqida oq’ituvchining qisqa, omma qiziqarli va obrazli kirish so’zlari, asarning janri, tuzilishi, mazmuni, ifoda vositalari va badiiy obrazlari haqidagi qiziqarli suhbatlar muhim ro’l o’ynaydi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling