Zaharli modda nima? Zaharlanish sinflari (klassifikatsiyasi) Havoni changdan tozalash


Download 83.5 Kb.
Sana26.04.2020
Hajmi83.5 Kb.
#101585
Bog'liq
HFX.8-mavzu


8-mavzu: O’tkir zaharlanishlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

Reja:

  1. Zaharli modda nima? Zaharlanish

  2. Zaharlanish sinflari (klassifikatsiyasi)

  3. Havoni changdan tozalash

  4. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tasnifi.

Zaharli modda nima? Zaharlanish

Zahar-kimyoviy birikma bo‘lib, kam miqdorda tirik organizmga kirishi bilan hayot faoliyatlarini buzish natijasida o‘limga olib kelishi mumkin.
Zaharlanish-bu biror zaharli modda ta'sirida organizm faoliyatlarini buzilishi va to‘qimalarni halokatiga olib keluvchi yoki zaharlanish organizmning zaharli modda bilan kurashishi natijasida sodir bo‘ladigan kasallikdir. Qabul qilingan terminologiyaga binoan, zaharlanish deb organizmni tashqi "ekzogen" zaharli birikmalar bilan ta'sirlanishi tushuntiriladi. Zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalarni kimyo - toksikologik ahamiyatini o‘rganishda moddaning zaharli ta'sir etishi (toksikometriya) haqida qisqa ma'lumotga ega bo‘lish zarur.
Toksikometriyaning asosiy parametrlari quyidagicha:

Lim ac - zaharli birikmalarning bir marotaba qo‘llanganda organizm hayotiy funksiyalarini buza oladigan va kuchli zaharlanish sodir etadigan eng kam miqdori.
LD50 - o‘rtacha o‘lim dozasi, ya'ni ikki hafta davomida tajriba hayvonlarida olib borilgan sinovdan  50%  o‘limga olib keluvchi zahar miqdori.
Zaharli modda qaysi usulda (oshqozon, teriga, nafas yo‘liga ta'siri) qo‘llanishiga qarab  1kg og‘irlikka mg hisobida bo‘ladi.

LD100 - tajriba hayvonlarda  100% o‘lim sodir etadigan miqdor
SL50   (CL100) - nafas yo‘li bilan yuborilganda  50% (100%) tajriba hayvonlarini nobud qiladigan zahar miqdori,  mg/m3  bilan belgilanadi.

RES  -  havoda ruxsat etilgan zahar miqdori mg/m3.
CHMM  - (Chegaraviy me’yoriy miqdor) havodagi taxminiy zararsiz zahar miqdori, mg/m3. Kimyoviy moddalarning xavflilik darajasi ularni kuchli ta'sir etuvchi miqdori bilan ham belgilanadi. U quyidagicha aniqlanadi:

Bu nisbat qancha katta bo‘lsa zaharli birikma shunchalik xavfsiz hisoblanadi.
Modda zaharli effekti, modda ta'siridan organizm a'zolari funksiyasi va faoliyatini o‘zgartirishi bilan belgilanadi. Bu jihatdan zaharlanish kimyoviy ta'sir sifatida belgilanadi.
Odamlar uchun moddalarni o‘limga olib keluvchi va zaharlovchi dozalari aniqlanmagan. Bu miqdor tajriba hayvonlarida(sichqon, kalamush, quyon) bergan ma'lumotlarga qarab taxminiy belgilanadi.

Zaharli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali kirganda, teridan soʻrilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda roʻy beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Zaharlanishning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yoʻl bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang va h.k.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga bogʻliq, Odamlarda zaharlanishning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir tasodifiy va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli taʼsiri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan chiqishi bilan kechadi. Surunkali zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt ozozdan taʼsir etishi oqibatida roʻy beradi; dorilardan boʻladigan, shuningdek, kasbkorga aloqador zaharlanishlar kuzatiladi. Turmushda kundalik hayotda uchrab turadi. Pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda is yoki yoritish gazidan aynigan ovqat isteʼmol qilinganda alkogoldan dezinseksiya, deratizatsiya va b. maqsadlar uchun ishlatiladigan ximikatlardan. Dorilardan ular dozalanganda, yanglish ishlatilganda, notoʻgʻri tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechogʻli qattiq zaharlanishi shu doriga organizmning qanchalik sezgirligiga ham bogʻliq. Kasbga aloqador baʼzi korxonalarda xavfsizlik texnikasi kridalari buzilib, qoʻrgʻoshin, simob, mis, mishyak birikmalaridan zaharlanganda roʻy berishi mumkin. Tasodifiy va qasddan (mas, oʻzini yoki birovni oʻldirish maqsadida) zaharlanish ham ajratiladi. Kuchli taʼsir etadigan moddalar va dorilar notoʻgʻri saklanganda koʻpincha bolalar zaharlanib qoladi. Shuning uchun zaharli dorilar bolalar boʻyi yetmaydigan joyda sakdanish kerak. Kislota va ishqorlardan Zaharlanishda badanda qatgiq ogʻriq seziladi, lab va ogʻiz shilliq pardasi kuyadi. Suv yutganda, toʻsh orqasi va osti ogʻriydi; odam qon aralash qusadi. Ovqatdan zaharlangan kishi qornida ogʻriq sezadi, qusadi, ichi ketadi, boshi ogʻriydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi, qattiq zaharlangan boʻlsa, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Alkogoldan Zaharlanishda mastlik, avval qoʻzgʻalish, yuz kizarishi, alkogol hidi anqib turishi, soʻngra alahlash, yuzning boʻzarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik vauxlatuvchi dorilar (morfin, barbital, fenobarbital va h.k.)dan Zaharlanishda mudrash, bosh aylanishi, quloq shangʻillashi, qusish, tomir urishining sust va zaif boʻlishi, tirishish kuzatiladi. Is gazi [uglerod (P)oksid] va yoritish gazidan zaharlanish shu gazlarning nafas yoʻllari orqali kirishidan boʻladi. Belgilari; bosh ogʻriydi, quloq shangʻillaydi, bosh aylanadi, bemorning darmoni quriydi, halloslaydi; pulsi susayadi, koʻngli ayniydi va qusadi; qattiq zaharlanganda tipirchilaydi, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. 3. alomatlari xilmaxil boʻlib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik nerv sistemasining qay daraja zararlanganiga bogʻliq. Davo zaharlanishga sabab boʻlgan zaharli moddani iloji boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini koʻrish, zaharli moddaning zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan aʼzolar faoliyatini tiklashdan iborat. Birinchi yordam: zaharlanishga gumon tugʻilganda darhol vrach chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. Kislotalar (sirka essensiyasi, xlorid kislota va h.k.)dan zaharlanganda kuydirilgan magneziya bilan suv yoki suvning oʻzini koʻp ichirib, qustiriladi. Bemor behush yoki kollaps holatida boʻlsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti)dan zaharlanganda 3% sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qoʻshilgan limonli suv ichirib qustiriladi. Soʻngra bir boʻlak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy qoshiqlab ichiriladi, xom tuxum, bir boʻlak sariyogʻ yuttiriladi; toʻsh ostiga muzli xalta, qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Ovqatdan zaharlanganda meʼda yuvilgandan keyin qorin va qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Koʻplab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi. Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi, meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3—5 tomchi qoʻshib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qoʻyiladi. Koʻp choy yoki quyuq kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda meʼdani yuvgach, bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib, keyin issiq suvga tushirish, badanini issiq tutish, ishqalash, nafas toʻxtab qolganda sunʼiy nafas oldirish kerak. Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib chiqib, novshadil spirti hidlatish, sunʼiy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq choy, quyuq kofe ichirish kerak. Hayvonlar zaharli oʻt, buzilgan yemxashak yeganda, ogʻziga zaharli moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda zaharlanadi. Zaharlangan hayvon boʻshashadi, soʻlagi oqadi, ichi ketadi, nerv sistemasining faoliyati buziladi. Birinchi yordam: meʼdasi yuviladi, goʻshtxoʻr hayvon va choʻchqalarga qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yoʻlida zaharning soʻrilishini sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar beriladi.

Ipakchilik sanoati korxonalarining sexlaridan ishlatilgan havo bilan birga chiqib ketuvchi zararli ajralmalarni ikki asosiy turga: zararli gazlar va changga ajratish mumkin. Zararli gazlar bilan ifloslangan havo pilla tortish sexlari uchun xosdir. U tozalanmagan holda umumiy va mahalliy so‘rish tizimlari vositasida so‘rish quvurlari orqali tashqariga chiqaribyuboriladi. Pillalarga quruqlayin ishlov berish sexining havosida chang konsentrasiyasi ruxsat etilgan chekli konsentrasiyadan 8-10 baravar ko‘p bo'lishi mumkin.Bunga texnologik uskunalaming tozalash tizimi qoniqarsiz ishlashi sabab bo'ladi. Sex havosiga aralashgan chang qurilish konstruksiyalari va uskunalarga o ‘tiradi. Yulish-yulish mashinasi changning katta manbaidir. Undan chiqadigan

mayda chang sex havosiga qo'shiladi, yirik chang va unga yopishgan mayda chang esa mashina ostidagi bo'shliqda to'planadi.

Zaharlanish sinflari (klassifikatsiyasi)

Zaharlanish bir necha usullarda sinflarga taqsimlanadi: zaharlanish kelib chiqish asosida, klinikasi asosida va nozologik (kasallik to‘g‘risidagi ta'limot) asosida. Turli sabablar oqibatida zaharlanish turlari:



Tasodifiy zaharlanish - o‘zi bilmagan holda o‘zini-o‘zi davolash uchun dori moddalarni keragidan ortiq iste'mol qilish, ko‘p spirtli ichimliklar iste'mol qilish, dori moddalardan foydalanish (masalan: surtma dorilarni ichib yuborish) va shu kabi baxtsiz xodisalar.

Ko‘zda tutilgan vaziyatda sodir bo‘ladigan zaharlanish - o‘z-o‘zini o‘ldirish (suitsid) yoki qasddan o‘ldirish (kriminal) maqsadlar nazarda tutiladi. O‘zgalar mol-mulkini o‘g‘irlash va nomusga tegish kabi nojo‘yaliklar maqsadida sodir etiladigan zaharlanishlar ko‘zda tutiladi. Hozirgi vaqtda dunyoda har 100000  aholi hisobiga o‘rtacha 120 o‘limga olib kelmagan va 13  ta o‘limga olib keluvchi zaharlanish to‘g‘ri keladi.

Zaharlanish qay tarzda yuzaga kelganiga qarab:



Ishlab chiqarishga oid zaharlanish  - Korxonada avariya yoki texnika xavfsizligi buzilishi oqibatida yuzaga keladigan zaharlanishlar.
Turmushda sodir bo‘ladigan zaharlanish  - bu tur zaharlanish kishilarning kundalik hayotda ishlatiladigan kimyoviy va boshqa moddalarni noto‘g‘ri qo‘llanishi, dori moddalar va ximikatlarni noto‘g‘ri saqlash kabi ehtiyotsizliklar oqibatida sodir bo‘ladigan zaharlanishlar nazarda tutiladi.

Tibbiy zaharlanish - davolash muassasalarida shifokor yoki hamshira xatosi oqibatida dori moddalar dozasini oshirilishi va kasal organizmga noto‘g‘ri yuborilishi oqibatida sodir bo‘ladigan zaharlanishlar.

Peroral - ya'ni og‘iz bo‘shlig‘i orqali zaharlanish, bu guruhga ovqat mahsulotlaridan zaharlanish ham kiradi.

Ingalyasion - nafas yo‘li orqali zaharlanish, ko‘proq sanoatda turmushda havo yo‘li orqali organizmga zaharli gaz, chang holidagi moddalarni kirishi tushuniladi.

Perkutan - zahar moddalarni yo‘g‘on ichak orqali organizmga kirishi tushuniladi.

In'eksion - ya'ni parenteral, ukol, ilon yoki boshqa zaharli xashoratlar (chayon, qora qurt kabi) chaqishidan zaharlanish turlari kiradi.

Bo‘shliqlar orqali - to‘g‘ri ichak, qin yoki quloq bo‘shliqlari orqali zaharlanish turlari kiradi.

Dori turlari zaharlanishda o‘sha dori modda turi qo‘shib atalganidek (masalan, barbituratlar bilan alkaloidlar bilan) zaharlanish sanoat tarmoqlarida sodir etilsa, sanoat zaharlanishi, ayrim shaxsiy holatlarga tegishli bo‘lsa o‘sha holatga monand: masalan ichkilik is'temoli orqali zaharlanishni - alkagolizm, dori turlariga qarab - morfinizm va boshqa nomlarda ataladi.



Zaharlanishning klinik xususiyatlariga asoslanib  sinflanishi
Bunda asosan zaharlanishning klinik xususiyatlari e'tiborga olinadi.
Kuchli zaharlanish  - zaharli moddani inson yoki hayvon organizmiga bir yo‘la yuqori miqdorda kirishi va zaharlanish belgilarining tezda paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Xronik zaharlanish - zahar kam miqdorda asta-sekin, lekin uzoq vaqt bo‘linib-bo‘linib organizmga kirishi tushuniladi.

Nozologik sinflanishi - kimyoviy birikma nomi bilan bog‘lab ataladi. Uyqu keltiruvchilar bilan, MNS qo‘zg‘atuvchilar bilan, is gazi, zaharli ximikatlar bilan va boshqalar.
Shunday qilib zaharli moddalar organizmga oshqozon-ichak sistemasi orqali, nafas yo‘li yoki teri orqali, qon tomiriga yoki teri ostiga yuborilishi orqali kirishi mumkin va kirish yo‘li asosida organizmga ta'sir etishi ham turlicha bo‘ladi.
Zahar og‘iz bo‘shlig‘i orqali tushganda og‘iz bo‘shlig‘ida shilliq qavatdayoq surila boshlaydi. Qolgani esa oshqozon-ichak sistemasi shilliq qavatlarida so‘riladi. Ma'lumki, oshqozon-ichak sistemasi o‘ziga xos kimyoviy laborotoriyadir va oziq moddalarning qonga shimiluvchan holatga o‘tishida muhim ahamiyatga ega. So‘lak fermentlari, oshqozon suyuqligidagi pepsin va xlorid kislotasi, o‘t suyuqligi, oshqozon osti bezi va ichak devorlarida ajraluvchi ko‘pdan-ko‘p fermentlar, oshqozon-ichak sistemasidagi moddalarning o‘zgarishlarida asosiy ahamiyatga ega. Mana shunday kuchli biologik birikmalar organizmga tushgach yot, zaharli birikmalarni ham parchalab, aktivligini pasaytiradi. Zaharli moddalarni organizmga shimilishi moddaning suv yoki yog‘da eruvchanligi, oshqozon ovqat bilan to‘liqligi, iste'mol qilingan oziqni xarakteri va oshqozon shirasining moddaga ta'sir ko‘rsatish darajasiga bog‘liq.

Oshqozonda suv va yog‘da eruvchi modda shimiladi. Suvda yaxshi eriydigan moddalar esa butun organizm bo‘ylab to‘qima suyuqliklarida erib tarqalishi ham mumkin. Oqsilga boy oziq moddalarda metall zaharlar yaxshi shimilsa, alkaloidlar oshlovchi moddalarda yomon shimiladi va xokazo. Ichak va oshqozon atoniyasi (qisqarish) zaharli modda shimilishini kamaytiradi.

Moddalarni so‘rilishida oshqozon suyuqligining kislotalik xossasi bilan zaharli moddani elektrolitik aktivligi orasida uzviy bog‘liklik bo‘lib, ionlanish aktivligi kuchli birikmalar oshqozon suyuqligi  rN- sharoiti past bo‘lsa ham yaxshi shimilsa, organik birikmalar, aksincha yomon shimiladi.

Oshqozonda organizmga so‘rilgan zaharli modda qon orqali jigarga o‘tadi va u yerda zararsizlantiriladi. Lekin og‘iz bo‘shlig‘idan shimilgan zahar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta qon aylanish sistemasiga o‘tadi, masalan sianidlar. Bunda zaharli modda  4 xil membranalarda ushlanishi va zararsizlanishi mumkin.


Birinchi tipdagi membranalar-neytrall molekulalarni o‘tkazib, ionli birikmalarni tutib qoladi. Ikkinchi tip membranalarda tashuvchi to‘qima bilan zaharli modda birikadi va xujayralarga o‘tib u yerda parchalanib tashuvchi to‘qima sof holda ajraladi. Uchinchi tip membranalarda tushuvchi to‘qima bilan zaharli modda kompleks birikmalar hosil qiladi. To‘rtinchi tip membranalarda ultramikroskopik bo‘shliqlar bo‘lib, bu bo‘shliqlarda musbat zaryadlangan ionlar zaharli moddalarni o‘ziga biriktiradi. Elektrolit bo‘lmagan birikmalar uchun 3-100nm kattalikdagi o‘ziga xos bo‘shliqlar bo‘lib, bu bo‘shliqlarda molekulyar massasi 70000 dan kichik birikmalar tutiladi.

Moddalarning organizmda saqlanish va ta'sir etish vaqti ko‘p faktorlarga bog‘liq. Bularga moddalarning qonga o‘tish tezligi, hujayralarga yetib borishi, modda strukturasining biokimyoviy o‘zgarishlari kirad.

Organizmda zaharli birikmani tashuvchi bo‘lib qon hisoblanadi. Qondagi albumin, oqsil plazmalari va zardob asosiy tashuvchi (transport) vositadir. Zaharli ekzogen birikma va transport vositalari orasidagi munosiblik, ularning farmakologik aktivligi va to‘qimalarda to‘planishi bilan o‘zaro uzviy bog‘liq.

Qonda spetsifik va nospetsifik tashuvchilar mavjud. Zardobdagi globulin spetsifik tashuvchi bo‘lib, u farmakologik aktiv moddalarni (tiroksin, kortikosteron, temir va mis birikmalari kabi) biriktiradi.

Zardob albumini esa nospetsifik tashuvchi bo‘lib, u universallikka ega, ya'ni barcha endogen va ekzogen kichik molekulyar agentlarni biriktiradi. Organizmning fiziologik xususiyati shunday tuzilganki, barcha modda ham qonga o‘tavermaydi. Ammo qonga shimilgan taqdirda ham modda ayrim to‘qimalarga, masalan, markaziy nerv sistemasiga, homilaga, jigar to‘qimalarga o‘taolmaydi. Bu o‘ziga xos, ushlab qoluvchi kuchli to‘qimalar, ya'ni to‘siqlar borligidandir. Bular bir necha:jigar to‘siqlari, gematoensefoletik (miyaga o‘tishga to‘siqlik qiluvchi), platsentar (homilani asrovchi bachadon to‘qimasi) va boshqalar. Bular giosogematik. bar'erlar deb nomlanadi.

Shunday qilib, zaharli modda ba'zi organlarda ko‘plab to‘plansa, boshqa a'zolarda umuman to‘siqqa uchraydi. Masalan, qon gemoglobini o‘ziga is gazi va vodorod sulfidni yaxshi biriktiradi, shu sababli is gazi eritrotsitlarda to‘planadi.


Keratin to‘qimalari (soch, teri, tirnoq) margimush va uni birikmalarini yaxshi biriktiradi. Organizmdagi yog‘ to‘qimalari esa yog‘da eruvchi moddalarni yaxshi biriktiradi va xokazo.
Havoni changdan tozalash

Havoni changdan tozalashdan maqsad xonaning ish mintaqasida, kiritiladigan toza havoda, atmosferaga chiqarib yuboriladigan havoda chang konsentrasiyasi ruxsat etilgan chekli (RECHK) konsentrasiyasidan oshib ketmasligini ta’minlashdir. Xonadan olinib, qayta foydalaniladigan havo tozalangandan so'ng changning RECHK ish mintaqasi RECHK ning ko'pi bilan 30 % ni tashkil etishi lozim. Changni tutib qoladigan dastgohlar (changtutgichlar) ishining samaradorligi quyidagi ko'rsatkichlar: havoni tozalash darajasi, solishtirma yuklanishi, chang

sig'imi, aerodinamik qarashligi va solishtirma energiya sarfi bilan belgilanadi. Havoni tozalash darajasi - tutib qolingan chang og'irligining kelgan chang og'irligiga nisbatan, %: bu yerda:

r)=100(Gxo-GTK) / Gto= 100(Gto' GtkV Gjo >

bu yerda; GT0, Gtx - mos ravishda havo tozalanmasidan oldin va tozalanganidan keyin undagi chang miqdori, kg/soat; GTo, G-n< - mos ravishda havo tozalanmasidan oldin va tozalanganidan keyin undagi chang konsentrasiyasi, mg/m3. Havo ikki bosqichda tozalanganda havoni tozalash darajasi ushbu formuladan aniqlanadi: bu yerda: t)e - changtutkichlaming umumiy samaradorligi, %. -birinchi va ikkinchi changtutkichlaming tozalash darajasi, %. Solishtirma yuklanish (yoki havo bilan yuklanish, yoxud o'tkazish imkoniyati) changyutgich orqali 1 soatdan o'tadigan va uning 1 m2 filtrlovchi sirtiga bo'lingan havo miqdori bilan aniqlanadi. Chang sig'imi – changdan tozalaydigan dastgoh tutib qoladigan changning og'irligi [g/m2]. Chang sig'imi qancha katta bo'lsa, filtmi shuncha kam tozalash talab etiladi. Havo filtrdan va changtutkichdan o'tayotganda bo'ladigan aerodinamik qarshilik, yoki bosim isrofi (H/m2, Pa) tajriba yo'li bilan aniqlanadi va bildirgich adabiyotlar (spravochniklar) da keltiriladi. Aerodinamik qarshilik ushbu formuladan aniqlanadi: f = c v 1 p bu yerda: C, - filtr yoki changtutkichning mahalliy qarshiligi koeffisienti;

V-changli havoning tezligi, m/s; p changli havoning zichligi, kg/m3. 1000 m3 changli havoni tozalashga ketadigan energiyaning solishtirma sarfi filtr yoki changtutkich ishining tejamkorligini ko'rsatadi. Hozirgi vaqtda sanitariya texnikasi havoni tozalaydigan turli-tuman qurilmalarga ega. Qanday qurilmalardan foydalanilishi changning tavsifiy guruhiga bog'liq:

I - juda yirik dispersli chang;

II -yirik dispersli chang (jinlinter sexidan keyin paxta changi);

III -o'rtacha dispersli chang (quritish-tozalash sexidan keyin paxta changi).

Odam organizmiga changning ta ’sir qilishi natijasida sodir bo’ladigan kasb kasalliklariga surunkali kasbiy o’pka fibrozi, pnevmokonioz va changlardan uzoq vaqt nafas olish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar kiradi.



Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tasnifi

GOST 12.0.003-74 ga asosan xavfli va zararli omillar o’z ta’siriga qarab quyidagilarga bo’linadi: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixo-fiziologik. Fizikaviy om illa rg a mashina va mexanizmlaming harakatlanayotgan, aylanayotgan yoki siljiyotgan qismlarini, mexanizm bilan k o ’tarilayotgan yukni, qattiq shovqin va titrashlami, havoning harorati va namligining yuqori yoki pastligini, ish joyining ortiqcha yoki kam yoritilganligini v a boshqalami kiritish

mumkin. Kimyoviy om illa rg a pestasidlar, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar, asetilen ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa gazlarning ta’siri kiradi. Biologik omillarga mikroorganizmlar - hayvonlar, yuqumli kasallik viruslari, bakteriyalar va ularning ajratgan mahsulotlari, shuningdek zaharli o ’simliklar kiradi. Psixo-fiziologik omilga - jismoniy zo’riqishlami (jismoniy kuch sarflab bajariladigan ishlar) va asabiy-psixik zo’riqishlami - mehnatning bir xilligidan zerikarliligi, aqliy zo ’riqish va boshqalarni kiritish mumkin.

GOST 12.1.007.76 ga asosan zararli moddalarning organizmga ta ’sir qilish darajasiga qarab 4 ta xavfli sinfga b o ’linadi:

1) o ’ta xavfli moddalar;

2) yuqori xavfli modsalar;

3) o ’rtacha xavfli moddalar

4) kam xavfli moddalar.

Es1atma: Moddaning xalok qiladigan o ’rtacha miqdori - bu oshhozonga bir marta kiritilganda tajriba hayvonlarining (kalamush, sichqonlariing) 50%ini o ’ldiradigan konsentrasiyasi, 2-4 soat ingalyatsiya ta ’sir qilganda tajriba o ’tkazilayotgan hayvonlarning 50% i o'lgan.
Foydalangan adabiyotlar

1. G`.E.G`oipov Mehnat muhofazasi. T., "Mehnat" 2000y

2. O.Qudratov, T.G'aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi T., "Mehnat" 2004

3. Yu.Dodoboev, M.Hamidov. qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishda



mehnat muhofazasi.T., "Mehnat" 2000y

4. G.I Belyakov Oxrana truda .M., "Agropromizdat" 1990 .
Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling