Mavzu: birjalarning iqtisodiy mohiyati reja: Kirish Vositachilik faoliyatining mazmuni va vositachilik faoliyatining asosiy turlari
Birja savdosidagi vositachilar va ularning vositachilik xizmatlari
Download 66.38 Kb.
|
birjalarning iqtisodiy funksiyalari Birja (Восстановлен)
2. Birja savdosidagi vositachilar va ularning vositachilik xizmatlari
Birja faoliyatini amalga oshiradigan asosiy faoliyat bu - birja va brokerlik idoralaridir. Bular odatda, keng doiradagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan iboratdir. Avvalo ular savdo bitimini tuzish, ulgurji savdoni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha juda ko’p xildagi vositachilik xizmatlarini bajarishdan iborat demakdir. Ular odatda, katta hajmda nashriyotchilik faoliyatini olib boradilar. Birgina byuletenlari, qo’llanmalar, korpativ xujjatlar va boshqalarni chiqaradi, yuqoridagilardan tashqari, ular turli xil tovarlar, baholar bozori, kelgusida iste’mol mollariga bo’ladigan talab va takliflarni bashorat qilish, uni o’zgarish xolatlari to’g’risidagi axborotlarni to’playdilar va o’rganib chiqadilar va shunga qarab o’z faoliyatlarini yurgaizshga xarakat qiladilar. Birjalar keng doirada konsultasiya, xar-xil kerakli maslaxatlar berish va shu kabi boshqa xizmat turlarini ham bajaradilar. Ular bilan yaxshi va doimiy munosabatlarni saqlab turish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham ko’pgina korxonalar birjalar bilan ma’lum xil yo’nalishidagi kerakli va xar bir korxonani birjani faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadigan shartnomalar tuzadilar yoki tuzishlari ham mumkin. Birjalar va brokerlik idoralarini faoliyati faqat shular bilan kanoatlanib qolmaydi. Ulardan tashqari ular ko’pgina mahsulot ishlab chiqarish, xar-xil to’qri keladigan ishlar va xizmatlarni bajarish soxasida juda ko’p turdagi faoliyat bilan shug’ullana oladilar, qo’shma korxonalar yaratdilar. Sug’urta, moliya-kredit va kommersiya operasiyalarini bajaradilar. Ko’p xollarda birja va brokerlik idoralari ko’p qirrali jamiyatni amalga oshiruvchi tashkilotdir. Shuningdek birjalar, o’zida sotiladigan tovarlar ro’yxatini aniqlanishi, Xususiy birja standartlarini o’xshash birja kontraktlarini ishlab chiqishi, birjadagi talashuv-tortishuv (kelishmovchiliklar) bo’yicha qarorlar qabul qilishi, vaqtincha savdoni to’xtatib qo’yishi, o’z xizmati uchun to’lovlar belgilashi, ustavni va savdo qoidasini, shunga o’xshashlarni buzganligi uchun seksiyalar yuklashi mumkin. Ammo xar bir birja shu va boshqa masalalarni o’zi xal etishi mumkin. Demak, turli xil birjalardagi qoida va talablar bir xil emas. Birja va ularda amal qilayotgan brokerlik idoralari mustaqil xuquqiy shaxs hisoblanadilar. Ular o’z faoliyatlarida uzviy bog’liqdir, lekin bir-birlarining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar. Brokerlar birjaning savdo zalida odatda savdo boshlanishidan yarim soat ilgari yig’iladilar. Ularning qo’llarida taklif sotilayotgan tovarlar ro’yxatining bahosi, miqdori, brokerlik idorasining tartibi: joylashgan yeri, hisoblash usullari va tovarni yetkazib berish muddatlari ko’rsatilgan ma’lumotlar varaqasi bo’ladi. Uch marta bong urilishi savdoni xar bir tovar seksiyasida boshlanganini xabar qiladi. Birja savdosi ochiq ovoz bilan takliflarga aniq to’g’ri deb javob berishi bilan bitimni xal bo’lganligi prinsipi, farvord bitimlari va shartli bitimlar qo’yilgan. Talablarga tomonlarning o’zaro roziligi prinsipida tashkil etiladi. Birja seksiyasida savdoni makler olib boradi. Dastlab u darhol sotish uchun taklif etilgan real tovarlar bo’yicha savdo olib boradi. So’ngra farvord bitimlari tuzish takliflarini muhokamaga qo’yadi. Xar bir seksiyada tovarlar savdoga quyidagi tartibda o’tadi. Farvord bitimlarini tuzish uchun takliflar muhokamasi bir muncha farq qiladi. Bunday holda makler yig’ilganlarga farvord bitimi tuzishini va shu tovarni tavsiya etgan brokerlik idorasi nomerini e’lon qiladi. Shundan so’ng sotuvchi broker seksiya markaziga chiqadi va bir necha daqiqa davomida yig’ilganlar bilan ularni qarshi takliflarini muhokama qiladi. Agar xaridor bilan sotuvchi bir-birlarini topgan bo’lmasalar, ya’ni bitim tuzuvchi tomonlar aniqlangan bo’lsa, unda maklerning vazifasi faqat og’zaki rozilikni belgilab qo’yishdan iborat bo’ladi, bitim tuzishdagi ishtirokchilari esa tovarni yetkazib berish shartnomasini tuzadi va bitimni birjaning ro’yxat bo’lishidan o’tkazadi. Agar brokerlarni qarshi takliflar qoniqtirmasa, unda maklerni bo’ to’g’rida xabardor qiladilar, makler bu taklif muhokamasini oxiriga yetkazadi. Lekin qarshi takliflar ko’p tushib, muhokama mobaynida tomonlar bitimi aniqlanmay qarshi holatlar ham bo’lishi mumkin. Unda broker tezlik bilan o’z talabiga mos keladigan foydaliroq variantlarni aniqlash lozim: ya’ni xaridor – brokerni, topish maklerni bu to’g’ida xabardor qilish kerak. Makler tomonlarini og’zaki roziligini qayd qiladi. Agar broker shoshilmaydgan, og’ir bo’lib bitim tuzuvchi tomonlarni aniq topa olmasa, barcha takliflar ish birja muhokamadan o’tib bo’lgandan so’ng, uning tovarlarini muhokamasi davom ettiriladi. Bir tomondan, bu brokerga barcha takliflarni ya’ni bir bor chamalab o’ylab ko’rish imkonini beradi, ikkinchi tomondan u eng foydali xaridorlardan ayrilib qolishi mumkin, chunki ularni ham yo’lab ko’rish va boshqa tovarnisotib olish uchun vaqtlari bo’ladi. Agar bitim tuzuvchi tomonlar yana aniqlanmasa, unda muhokama kelasi birja kuniga qoldiriladi. «Shartli» bitim tuzish takliflarini alohida seksiyalarda muhokama qilish xududi shu tarzda o’tkaziladi, «Shartli» bitim tuzishning xususiyat shundaki, bunda broker seksiyada savdo kuni sotilib ketgan bo’lsa uni savdodan tushirishi mumkin. Ammo tovarni boshqa seksiyada o’tkazish tshlari faqat savdo ishlari bitgandan keyingina amalga oshiriladi. Shunday qilib, sotuvchi va sotib olib oluvchi brokerlar birja ro’yxatdan o’tgan vaqtdan boshlab bitimga kelishadilar. Demak, broker-oldi-sotdi bitimlari tuzishida o’z mijozlarining topshirishiga binoan va ularning nomidan vositachilik xizmatini amalga oshiruvchi shaxsdir. Broker mijoz uchun ishlaydi. Brokerlik ishlarida muvoffaqiyatga erishmoqchi bo’lgan xar bir kishi bu quyidani yaxshi bilib olish kerak. Broker to’liq ravishda mijoz hisobidan, uning o’z nomidan ish olib berish, bilim tuzish mumkin. Amalda broker bilan mijozlarning o’zaro munosabatlari quyidagi xujjatlarni o’tkazishni taqazo etadi: 1. Buyurish shartnomasi: 2. Komissiya shartnomasi: 3. Ishonch qog’ozi: 4. Bankning kafolat qog’ozi yoki bank ma’lumotnomasi: 5. Brokerning mijozga hisoboti: 6. Bor bo’lgan tovar bilan oldi-sotdi bitim tuzilgan bo’lsa tovarni yetkazib berish shartnomasi: 7. Xabarnoma. Agar brokerlik xizmatlari o’zgarish ro’y bersa, mijoz bunda belgilangan muddatda xabardor qilinadi. 8. Aloqa bog’lash shartnomalarini kelishish protokoli. Protokol shartlari bo’yicha broker mijozga kod belgilaydi va barcha shartnomalarning tepa chap burchagida ko’rsatilgan bo’ladi. Bu kommersiya ishlarini sir saqlash va mijozni broker bilan aloqa bog’lab turish imkoniyatini beradi. Buyurish shartnomasi va komissiya shartnomasida nimalar ko’rsatiladi? Broker birjada bitim tuzishda uncha sotish yoki xarid qilish topshirilgan tovar to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun u mijoz bilan tovarning nomi, uni ishlab chiqargan korxona nomi, tovar miqdori va sifati, uni joylashtirilishi kabilarni kelishib olishi lozim. Agar tovar sotiladigan bo’lsa, broker va mijoz uchun tovarni saqlab turilgan joyi, unga xaq to’lash tartibi va shaklini yetkazib berish muddati kabilar shartnomada ko’rsatiladi. Agar broker birjada xarid qiluvchi sifatida chiqsa, unda shartnomada yoqtirgan tovar xillarini batafsil tafsilotini berish lozim. Bundan tashqari xaq to’lash shartlari ham ko’rsatiladi. Ish shartnomalarida mijoz broker uchun buyurish turlarini ham belgilaydi, yozadi. Masalan, u nimalarni buyurishi mumkin. Birinchidan, tovarni birja kunidagi bahoda sotish yoki olinishi kerakmi? Ikkinchidan, tovarni belgilangan narxdan yuqori bo’lmagan darajada sotish yoki olish kerakmi? Uchinchidan, yoki narx ma’lum darajada oshganda sotilishi kerakmi, shu kabilar ko’rsatiladi. Shartnomada ko’rsatiladigan yana bir muhim bandi shuki, u ham bo’lsa majburiyatni bajarish kafolati. Shartnomani tuzish broker va mijozlarning rekvizitlarini, nomlarini, yuk jo’natuvchilarning manzilgoxlari va rekvizitorlarini ko’rsatish bilan tugallanadi. Broker birjada mijozning nomidan chiqib xarakat qila olishi uchun buyurish shartnomasiga ishonch qog’ozi brokerlik xizmati shartnomasini barcha muddatiga berilishi mumkin. Mijoz ishonch qog’ozini brokerga o’zini birjada qiziqtirgan barcha ishlarini ishonib topshiradi. Demak, broker birjada o’z nomidan va mijoz nomidan xarakat qilsa, buyurish shartnomasi tuziladi, agarda broker o’z nomidan mijoz uchun savdo bitimini amalga oshirsa komissiya shartnomasi tuziladi. Komissiya shartnomasi broker uchun katta erkinlik beradi. Lekin bu erkinlikni aks tomoni ham bor. U ham bo’lsa – javobgarlik va tavakkalchilik. Buyurish shartnomasi va komissiya shartnomasi ko’pincha tovarlar va kimmatli qog’ozlarga tuziladi. Hozirgi vaqtdan bizning tovar birjalarimizda ma’lumki bitimning ikki turi bor bo’lgan tovar bilan va «shartli» bitim ko’proq tuziladi. Broker uchun mijozni pul to’lay olishga kafolat berish muhim ahamiyatga ega. Bunday kafolatni bildirish uchun mijozni hisob schyotida pul mablag’lari birinchi to’g’risidagi bank ma’lumotnomasi yoki bankning kafolat qog’ozi brokerlik xizmatlari shartnomasini tuzishda muhim ahamiyatga ega. Kafolat ma’lumotnomasini tuzishda muhim ahamiyatga ega. Kafolat ma’lumotnomasi berilgan kuch ishonch qog’ozi tuziladigan kundan ilgari turishi zarur. Shunday qilib, mijozda ma’qullangan va o’zida barcha zaruriy kafolatlarni aks ettirgan shartnomani broker olib birjada mijozni barcha topshiriqlarini bajarish uchun ish boshlashi lozim. Tovarni sotish yoki olish bo’yicha topshiriqlarni bajarib, broker kelishilgan muddatda mijozga hisobot berishi shart hisobotga amal oshirilgan bitim bo’yicha kontragentning taklif etilgan tovarni olishi yoki sotishi to’g’risidagi xujjatlar qo’shib beriladi. Birjada kontragent shartnomasi bir brokerlik bilan, ikkinchi idora o’rtasida tuziladi. Bunday shartnoma oldi-sotdi shartnomasi hisoblanib haqiqiy tovar asosida bitim tuzilganda amalga oshiriladi. Sotuvchi va oluvchi brokerlar o’rtasida tezda tuziladigan bitim asosida tovarni iste’molchiga yetkazib berish shartnomasi tuziladi. Mijoz brokerdan hisobotni olgandan so’ng shu muddatda brokerga: 1. Mukofot tuziladi: 2. Birjada bitimni ro’yxatdan o’tkazish qiymatini: 3. Bitimni yuklatilgan barcha majburiyatlarni bajarishi shart. Brokerlik xizmati shartnomalari amaliyotida ro’y beradigan xar qanda o’zgarishlarni inobatga olgan bo’ladi. Masalan, birja savdosi qoidalariga muvofiq tovar savdodan tushirilgan bo’lishi mumkin. Bunday hollarda broker mijozga kelishilgan vaqtda paydo bo’lgan muvaffiqiyatsizlikning sababini tushuntirish va qilingan xarajatlarni qoplash mumkinligini bildirib xabarnoma yuboradi. Shartnoma muddati tugamasdan avval, broker o’ziga bog’liq bo’lmagan sabablar tufayli topshiriqni bajara olmay qolishi mumkin. Bunday xolda broker mijozni xabardor qilishi lozim. Ko’rib turibsizki, bunda tavakkalchilik to’liq ravishda mijozning zimmasiga tushadi. Shuning uchun birja va brokerlik faoliyatini rivojlana borishi bilan shunga yarasha sug’urta qilish soxalari ham rivojlanish zarur. Brokerlik xizmatlariga tuziladigan shartnomada mijoz va brokerga yuklatiladigan o’zaro javobgarliklar qayd qilingan bo’lishi kerak. Ikki tomon ham birja faoliyatini tartibga soluvchi 1992 yilning 24 iyulida O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq bitim ishtirokchisi bo’lgan uchinchisi shaxs emas o’zlari javob beradilar. Broker o’z aybi bilan topshirishni bajarmasa mijozga jarima to’laydi. Shtraf shartnoma topshirishda miqdordan foiz hisobida to’lanadi va shartnoma avvaldan ko’rsatilgan bo’ladi. Amaliyotda ikki tomonning ham majburiyatni bajara olmay qolishning turlicha hollari sodir bo’ladi. Albatta, ularning sababi boshqa xususiyatlarini bilgan xoldagina oldi-sotdi masalalari aniqroq xal qilnadi. Agar mijoz tomonidan uch kun ichida to’lanmasa va birja xizmatlari bajarilmasa, bunday xolatda mijoz shtraf to’laydi. Diler - birja o’z nomi o’z hisobidan vositachilikni amalga oshiruvchi shaxsdir. Shunday qilib, bitimni tuzilishi, tomponlarini ya’ni oluvchi va sotuvchi brokerlarni og’zaki kelishuvi asosida maklerni bitimi asosiy parametrlarini birjadagi kartochkasini yozish bilan tugallangan hisoblanadi. Birja faoliyati to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunida ko’rsatilgan qoidalarga rioya qilishi zarur. Bu qoida birja a’zolarining umumiy yig’ilishi vakolat bergan birjaning boshqaruv idorasi tomonidan tasdiqlanadi. Birja savdo-sotig’i qoidalarida quyidagilar man etiladi: 1. Narx navoni o’zgarishiga ta’sir ko’rsatish maqsadida bir shaxs tomonidan bevosita yoki soxta shaxslar orqali tovarlarni oldi-sotdi qilish: 2. Birja savdo-sotig’i va qatnashchilari tomonidan kelishib turib, birjadagi kundalik narx-navoni o’zgartirishi yoki belgilab berish mumkin bo’lgan xar qanday xatti-xarakatlar: 3. Bozor kon’yukturasini sun’iyo ravishda o’zgartirishga olib kelishi mumkin bo’lgan soxta ma’lumotlar tarqatish man etiladi. Download 66.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling