Mavzu: birlamchi va ikkilamchi axborot manbalarini tanqidiy tahlil qilish


Download 21.58 Kb.
bet3/4
Sana15.11.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1774728
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu birlamchi va ikkilamchi axborot manbalarini tanqidiy tahl-fayllar.org

Yangilik

  • O’z obro’sini qadrlaydigan har bir manba haqiqatni va yangi ma’lumotlarni taqdim etishga intiladi. Shuning uchun tahlilchi ma’lumotning yangi yoki yo’qligini, shuningdek ishning qanchalik chuqurligini tekshirishi va tadqiqot mavzusini ochib berishi kerak.


  • Materialning qaerdan kelib chiqqanligini va uning birlamchi yoki ikkinchi darajali ekanligini o’rganish kerak. Birinchi holda, ma’lumot birinchi qo’ldan yoki hukumat hujjatlaridan olinadi. Ikkilamchi ma’lumot bo’lsa, u jurnallar, kitoblar yoki ensiklopediyalar maqolalari asosida taqdim etiladi.


Yozish uslubi va funktsionalligi

  • Analitik bilan tanishgan asarni o’qish oson bo’lishi kerak va barcha fikrlar mantiqiy ravishda taqdim etilishi kerak. Shuningdek, material bosma yoki elektron shaklda bo’lishidan qat’i nazar, xatolar mavjudligiga e’tibor qaratish lozim. Ushbu materialda harakatlanish qanchalik osonligini ko’rib chiqish mumkin.


Umuman axborot tushunchasi mahsulotlar yig’indisi bo’lib to’plash, saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish obyekti sifatida xizmat qiladi. Iqtisodiy axborotlar asosini esa istemolchilar talabi to’g’risida ma’lumotlar tashkil etadi. Ular xaridorlar talabi hajmi, rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini, talabning o’zgarishisabablari, hamma tovar assortimentlari hamda region bo’yicha shakllanish xususiyatlarini tasvirlaydi.


Iqtisodiy axborotlar birlamchi va ikkilamchi bo’ladi.
Birlamchi axborotlar aniq masalani yechish maqsadida yangidan to’planadi. Ikkilamchi axborotlar esa mazkur muammoni yechishga to’g’ridan -to’g’ri bog’liq bo’lmagan va oldindan yigilgan axborotlardir.
Ammo marketing axborot tizimida biror aniq bozorga kirish muammosi belgilanmaguncha ikkilamchi axborotlar o’rganilmaydi. Shu bilan birga ikkilamchi axborotlar to’la o’rganilmaguncha birlamchi axborotlar o’rganilmaydi. Undan tashqari birlamchi axborotlarni yig’ish ikkilamchi ma’lumotlar yetishmay qolganligi uchun zarur bo’ladi. Nima uchun axborotlarni to’plash kerak? Chunki korxona faqat axborot to’plash orqali bozorda quyidagilarga erishadi:
- Aniq ustivorlikka erishadi;
- Moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydi va mavqyeyi tushib ketishini oldini oladi;
- Iste’molchilar munosabatini belgilaydi
- Strategiyani boshqaradi;
- Faoliyatni baholaydi;
- Reklamaga ishonchni oshiradi;
- Qarorlarni asoslaydi;
- Kelajakka ishonch hosil qiladi;
- Samaradorlikni yaxshilaydi.
Marketing tadqiqotlarini muvaffaqiyatli olib borish uchun birlamchi va ikkilamchi marketing axborotlarining optimal mosligi talab qilinadi. Marketolog tadqiqotchi X.Meffert axborot manbalarini tanlash matritsasini taklif etdi. Bu matritsada ichki va tashqi axborotlarni tadqiqot obyektiga qarab qo‘llanish chastotasi berilgan va ular ikki turga bo‘linadi:
- birlamchi axborotlar; - ikkilamchi axborotlar.
Iqtisodiy amaliyotda qo‘llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin:
Ikkilamchi axborot – bu tadqiq etilayotgan muammo bilan bog‘liq bo‘lmagan, avval boshqa maqsadlarda to‘plangan ma’lumotlar.Uni kabinet tadqiqotlari, deb nomlangan ichki va tashqi manbalardan olinadi. Ikkilamchi axborotlar ichki manbalar, ya’ni mavjud axborotlar bo‘lib, ular firma faoliyatiga tegishli statistik ma’lumotlar, tovar aylanmasi, sotuv hajmi, import, eksport hajmi, reklamaga xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi, moddiy-texnika bazasi quvvati, asosiy fondlar, budjet hisobotlari, tashkilotning savdo xodimlari yuborgan ma’lumotlar, iste’molchilar reklamalari sharxi, ishlab chiqarish rejalari va boshqalardan iborat bo‘ladi. Bu axborotlar ichki ikkilamchi axborotlarga kiradi.
Tashqi ikkilamchi axborotlar esa quyidagi tashqi manbalardan olinadi:
– xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, rasmiy statistika, maxsus adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, ilmiy tadqiqotlar, davriy matbuot, milliy va xalqaro rasmiy nashr manbalari (jurnallar, statistik to‘plamlar, bulletenlar, Davlat organlari nashrlari, vazirliklar yillik hisobotlari, hokimiyat va boshqa ma’muriy organlarning rasmiy ma’lumotlari, savdo-sanoat palatasi nashrlari va statistik ma’lumotlari, yillik statistik to‘plamlar, tarmoq firmalari va qo‘shma korxonalar axborotlari, maxsus kitoblar, jurnal va gazeta ma’lumotlari, ilmiy-tadqiqot inistitutlari, loyiha institutlari xalqaro simpoziumlar materiallari asosidagi nashrlar, narxlar ro‘yxati (price list), kataloglar va bukletlar, internet resurslarining mazmuni tahlilidan olingan va h.k. ma’lumotlar hisoblanadi.
Tashqi axborotlarni rasmiy chop etilgan, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan va sindikativ ma’lumotlar, deb ataluvchi keng omma foydalana olmaydigan va ayrim tashkilotlar tomonidan chop etiladigan turlarga bo‘lish mumkin. Bunday axborot pulga sotib olinadi. Masalan, axborot-maslahat tashkiloti har oyda ma’lum bir tarmoq mahsuloti uchun bozor holatini baholab beradi. Bu axborotlarning qanchalik muhim ekanligini to‘g‘ri tanlash, turli maqsadga yo‘naltirilgan axborotlar aniq bir masalani hal etishga xizmat qilsa va undan kutilgan maqsadga erishilsa tegishli axborotni olish lozim. Ikkilamchi axborot afzalliklariga materiallarga tez va oson erishish, ularning nisbatan arzonligi, bir necha axborot manbalaridan birini tanlash imkoniyatini kiritish mumkin. Ammo ikkilamchi axborotlar kamchiliklarini ham aytib o‘tish lozim: ular eskirib qolgan, yetarli darajada ishonchli va to‘liq bo‘lmasligi mumkin.
Ikkilamchi tadqiqotlarning afzalliklari quyidagilardan iborat:
- birlamchi axborotlarni dala tadqiqotlari o‘tkazib yig‘ishga qaraganda kabinet tadqiqotlari uchun sarf- xarajatlar ko‘p marta kam;
- ikkilamchi tadqiqotlar ko‘pincha firmaning ichki holatini tadqiq qilish uchun zarur bo‘lib, bu holda birlamchi axborotlarga ehtiyoj bo‘lmaydi;
- birlamchi tadqiqotda yechilmagan masalalar va bevosita firma faoliyatiga tegishli xulosalar kabinet tadqiqotlari bilan amalga oshiriladi.
Agar ikkilamchi axborotning tahlili uning yetarli emasligidan guvohlik bersa, birlamchi axborotlarni yig‘ish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Tajriba ko‘pchilik marketing tadqiqotlari birlamchi ma’lumotlarni izlash bilan olib borilishini ko‘rsatadi.
Birlamchi axborot – bu aniq bir marketing muammosini hal qilish uchun maxsus olingan ma’lumotlar hisoblanadi.
Birlamchi axborotlarning keng tarqalgan usullari bu savolnomalar tarqatib iste’molchilarning tovar va xizmat turlari haqidagi fikrini bilish, kuzatuv ma’lumotlari, tajriba va laboratoriya kuzatuvlaridir.
Savolnomalar orqali so‘roq va intervyu olishjuda keng tarqalgan. Bu usullar bilan birlamchi axborotlarni to‘plash qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday axborotlarni yirik firma, korporatsiyalar, kompaniyalar o‘z faoliyatlarining strategik rejalarini tuzish maqsadida o‘tkazadilar. Shuni ta’kidlash joizki, marketing tadqi-qotlari juda ko‘p vaqt va sarfxarajat talab etuvchi jarayon bo‘lib, hozirda firmalar raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash, bozor ulushini egallash, tashqi bozorlarni o‘rganish orqali eksport faoliyatini rivojlantirish uchun tadqiqotlar o‘tkazishga qiziqadilar. Samarali o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi albatta, o‘z foydasini beradi va tez orada xarajatlar qoplanadi.
Birlamchi axborot ochiq dala marketing tadqiqotlari, deb nomlangan kuzatuv, tekshiruv, tajriba va imitatsiya yo‘li bilan olinadi.
Kuzatuv – tanlab olingan insonlar guruhi hatti-harakatini turli vaziyatlarda ularning amallarini yozib borish orqali birlamchi axborotlarni yig‘ish hisoblanadi, masalan xaridorlarning do‘kondagi xatti-harakatlari. Kuzatuv usuli ham ko‘pincha boshqa marketing usullari kabi qo‘llaniladi. Kuzatuv o‘rganilayotgan obyektni ochiq yoki yopiq tarzda kuzatish, o‘rganishdan iborat. Masalan, xaridorni sotib olish xulq – atvorini kuzatish, sotuvchini sotish jarayonini, iste’molchini tovarga jalb qilish jarayonini kuzatish va shu kabilar kuzatuv obyekti bo‘lishi mumkin.
Dala kuzatuvlari va laboratoriya kuzatuvlari ham o‘tkaziladi. Sotsiologiya va psixologiyada o‘tkaziladigan kuzatuv usullari marketing tadqiqotlarida ham qo‘llaniladi. Masalan, talabalar guruhida kompyuterga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash maqsadida kuzatuv o‘tkazish kompyuter ishlab chiqaruvchi firma uchun qanday kompyuterlarni, qanday narxlarda, qanday dasturlar asosida ishlab chiqarishga asos bo‘ladi. Kuzatuv predmeti bo‘lib individiumlarning xususiyatlari va xatti-harakatlari (xaridor, o‘quvchi, sotuvchi), jarayonlar (xaridorlar oqimini o‘rganish, turli asbob-uskunalarning qo‘llanilishini kuzatish) hisoblanadi.
Kuzatuv quyidagi jarayonlarda qo‘llaniladi:
- Tovar sotib olishda xaridorning xulq- atvori.
- O‘zaro muloqotdagi lahzali vaziyatlar.
- Psixologik holatlarning fiziologik o‘lchovlari.
- O‘quvchining xatti-harakati.
- Xaridorning xatti- harakati.
- Qoniqish samarasi.
Tekshiruv – odamlardan ularning bilim darajasiga, mahsulotga bo‘lgan munosabati, nimani ko‘proq afzal ko‘rishi va xaridorlik xattiharakatlariga asoslanib to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘rov yo‘li bilan birlamchi axborot yig‘ish. Tajriba bir yoki bir necha omilning o‘zgarishini kuzatish va o‘lchash, qolganlarini esa o‘zgarishsiz qoldirish imkonini beradi (masalan, yangi o‘ram tovarni sotish hajmini oshirish imkonini beradi).
Imitatsiya turli marketing omillarini haqiqiy real sharoitda emas, balki qog‘ozda yoki EHM xotirasida shakllantirish va baho berish imkonini beruvchi iqtisodiy-matematik modellar tuzish va undan foydalanishni ko‘zda tutadi. Kompyuterlashgan dastur-savolnomalar mavjud bo‘lib, ular iste’molchilarga supermarketda “aylanib yurish” va xarid uchun tovarlar tanlash imkonini beradi. Kompyuter ular xaridini qayd qiladi va ularning narxlar, o‘ram rangi va shaklining o‘zgarishiga javobini o‘rganadi.
Birlamchi ma’lumotlar qator afzalliklarga ega: axborot tadqiq etilayotgan muammoga mos ravishda to‘planadi, eng yangi hisoblanadi va avvaldan berilgan batafsillik darajasiga ega; barcha olingan ma’lumotlarga firma yetisha oladi, zarur bo‘lganda ularni raqobatchilar uchun sir saqlanishini ta’minlay oladi; agar istalsa to‘plangan ma’lumotlarning ishonchlilik darajasi miqdoran aniqlanishi mumkin.
Birlamchi ma’lumotlarning asosiy kamchiligi shundaki, ularni yig‘ish ko‘p vaqt, mablag‘ talab qilishi, yoki firma mustaqil ravishda birlamchi ma’lumotlarni yig‘a olmasligi mumkin.Birlamchi axborotni yig‘ish so‘rovning panel usulidan foydala-nish asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
Panel – takror tadqiqot o‘tkazilayotgan, so‘rovga tortilayotgan shaxslarning tanlanma to‘plami.Tanlanma rejani ishlab chiqish va tanlov hajmini aniqlash. Bu bosqichda a’zolari o‘rtasida marketing tadqiqotlari olib boriladigan “guruh” parametrlari to‘g‘risida axborot olish zarur. Masalan, marketingni boshqaruvchi kampaniya mahsulotlarining turli xildagi chakana do‘konlar (“guruh” – populyatsiya (Aholi)) orqali sotilish hajmi to‘g‘risida ma’lumot olishni istaydi. Aholining o‘rganilayotgan qismi tanlanma, deyiladi, uning hajmini ham tadqiqotchilar aniqlashlari lozim.


Xulosa
Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyalarini ta’minlovchi kopyuter texnik visitalar uchun bir necha qnlab dasturiy maxsulotlar ma’lum. Bularga: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar, audio pochta, kompyuterli konferentsiyalar, telekonferentsiyalar, vidiomatn, tasvirni saqlash, shunindek boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari: hujjatlarni yuritish, bo’yrukqlarni ijro etish uchun nazorat va boshqalar kiradi.
Ofis ishlarini avtomatlashtirish hozirga uch boshqichdan iborat. Birinchi bosqich EHM ulkan markazlashgan qurilmalar bo’lib, ularga xizmat qilgan mutaxassislar behisob axborot: to’lov qog’ozlari, inventar yozuvlar, obunachilar ro’yxati, to’lov hisob raqamlari va boshqalarni qayta ishlash. Ikkinchi boskich 70-yillar oxirlarida matnlarni qayta ishlash bo’yicha avtonom protsessorlar va mikrokompyuterlar paydo bo’lishi bilan boshlangan.Uchinchi bosqich uchun muassasalarni avtomatlashtirish endi boshlanmokda. Bu yakona tarmoq elektron yo’l bilan axborotni qo’shni binoga uzatish imkonini beradi.
Bunda qog’oz materiallarini tayyorlash va pochta orqali jo’natish narxidan ancha arzonga tushadi.
Qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlashning axborot texnologiya-larining asosiy xususiyatlari inson va kompyuter o’zaro aloqasini tashkil etishning sifat jihatidan yaxshi uslubidir. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi bo’lgan qarorlar ishlab chiqish integratsion jarayon natijasida ro’y beradi va unda quydagilar ishtirok etadi:
-hisoblash bo’g’ini va boshqaruv ob’ekti rolida qaror qabul qilishni qo’llab- quvvatlash tizimi;
-inson kompyuterda kirish materiallari toishirig’ini beruvchi va olingan bo’g’ini sifatida turadi.



Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling