Mavzu: Biser va nozmunchoq piston yordamida sumka tayyorlash. Fan nomi: Texnologiya Dars mavzusi


Download 242.54 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi242.54 Kb.
#1488259
1   2
Bog'liq
dars ishlanma -1

Yangi mavzuni mustahkamlash: Mavzuni qor bo’ron metodi orqali o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Sinf o`quvchilari ziyrak holatda bo’lishadi, har bir o’quvchi bilan ishlanadi. O’quvchilarga yangi mavzu mohiyatini yorituvchi savol beriladi ya’ni ustoz o’quvchiga 1 ta savol berib koptokni otadi savolga javob berolmasa koptokni qaytarib ustozga otadi. Ustoz 1-o’quvchiga bergan savolni boshqa o’quvchiga beradi javob berolsa qaytarib ustozga otadi ustoz boshqa o’quvchilar bilan shu tarzda ishlaydi. Shu tarzda har bir o’quvchiga savol beriladi
O‘quvchilarni baholash: Darsda faol va topshiriqlarni bajargan o‘quvchilarni boholash.
Uy vazifasi berish: Mavzuni kanispektlashtirish sumka andozalari texnologiyasini rasmlarini chizib va qaytadan o’qib yangi bilimlarni o‘rganib kelish.
Kanspekt: Sumka turlari. Sumkaga andaza tayyorlash va bichish
“Sumkаchаmni qo‘ldа ko‘tаrib yurib chаrchаdim, uni dоim qаyergаdir
qo‘yib, keyin izlаb yurаmаn”, degаndi 1954-yildа Kоkо Shаnel. 1955-yil-
ning fevrаlidа esа Shаnel хоnim to‘g‘ri to‘rtburchаk shаkldаgi uzun zаnjir
tаsmаli sumkаchа yarаtаdi. Shundаy qilib, аyollаrdа ilk bоr sumkаchаni
qulаy tаrzdа olib yurish imkоniyati pаydо bo‘ldi.
Bugungi kundа аyollаr vа qizlаr sumkаlаrining аhаmiyatliligini bаhо-
lаsh qiyin. Qo‘l sumkаlаri qulаy bo‘lib, ko‘chаgа ish bilаn chiqqаndа,
kerаkli hujjаtlаr, buyumlаrni sоlib yurish оsоn bo‘lаdi. Hаmmа nаrsа bir
jоygа jаm bo‘lаdi. Hоzirgi kundа qo‘l sumkаlаrining turli-tumаn ko‘rinishlаri sоtuvdа bo‘lib, ulаr turli хil mаteriаllаrdаn: tаbiiy vа sun’iy chаrmdаn, zich to‘qil-
gаn gаzlаmаlаrdаn, milliy mаtolаrdаn va hokazolardan tаyyorlаnmоqdа.
Shuningdek, mаkrаme usulidа hаmdа ilmоq vа piltаkаshlаrdа hаm to‘qilib,
turli shаkllаrdаgi sumkаlаr оmmа e’tibоrigа hаvоlа qilinmоqdа.
Kerakli asbob va moslamalar: ish qutisi, santimetr lentasi, qalam, chizg’ich, 1m o’lchamda millimetr qog’ozi, nozmunchoq, piston, biser, maxsus igna, tikuv mashinasi, qaychi, angishvona.Quyida maktab o’quvchilariga mo’ljallangan qo’l sumkasini tayyorlash jarayoni haqida ma’lumot berilgan (1-rasm).Bu sumkacha yo’l-yo’l gulli zich to’qilgan va zig’ir tolali gazlamadan tikilgan. Bunga 150 sm kenglikdagi gazlamadan 60 sm sarf bo’ladi. Shuningdekm, yumshoq yelimli qotirma, hamda sumka tubiga mpos ravishda 30x7,5 sm o’lchamda qattiq qotirma material, sumka og’zini yopiq qo’yish uchun 3-4 mm qalinlikda, 1,4 m uzunlikda shnur, bezatish uchun turli nozmunchoqlar kerak bo’ladi.
B u sumkachani tikish uchun avval uning andazasi tayyorlab olinadi. U quyidagi detallardan iborat (2-rasm).
a-sumkaning asosiy qismlarini bo’yi 22 sm va eni 30sm-4 dona bichiladi.
b-2 dona oraliq detal, sumkani ko’tarish bandlari bilan yaxlit bichilgan. Uning o’lchamlari 148x7,5 sm
d-1 dona kichkina cho’ntak. Uning balandligi 10 sm, yuqori qismidagi kengligi 16 sm va pastki qismi kengkigi 13 sm.
Sumka chizmasini chizish uchun chizg’ich, millimetr qog’ozi, qalam kerak boi’ladi. Chizma (2-rasm) ko’rsatilganidek o’lchamlarda chizib olinadi va hamma tomonlaridan 1 sm chok haqi qoldirib qirqib olinadi. Bichish jarayonida sumka eskiziga qarab, gazlama gulining yo’nalishini to’g’ri qo’yish kerak. Bichilgan detallar tekshiriladi va tikishga tayyorlanadi.

S
umkachaga tanlangan naqsh elementlarini biser piston yordamida tikish.
Nozmunchoq va pistonlar ranglarini sumka rangiga mos yoki kontrast rangda olish mumkin. Sumkaning old qismi etagida nozmunchoq bilan naqsh guli tushirilgan (3-rasm). Shuning uchun sumkani tikishdan oldin uni nozmunchoq b ilan bezatib tikib olish kerak. (3-rasm) da keltirilgan naqsh nusxasi shaffof qog’zoga tushirib olinadi. So’ngra sumkaning etak qismi ikki tomoniga simmetrik tarzda naqsh guli ko’chiriladi. Sumka shnurining uchlaridagi nozmunchoqli shnurining uchlaridagi nozmunchoqli shokilalar (4-rasm) da ko’rsatilganidek tizilib, so’ngra shnurga tikib qo’yiladi. Har bir shnur uchiga 5 ta dan hokilalar tikilishi kerak.

NAZORAT SАVОLLАRI:


Sumka va mato turlari
Texnika xavfsizligi asbob moslamalar bilan ishlash qoidalari.
Andozaga qo’yiladigan talablar.
Download 242.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling