Mavzu: Bitiruv ishini tayyorlashda ta'limning faol usul va texnikalaridan foydalanishni o'zlashtirish


Download 310.42 Kb.
bet9/12
Sana18.12.2022
Hajmi310.42 Kb.
#1027129
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bitiruv ishini tayyorlashda ta\'limning faol usul va texnikalaridan foydalanishni o\'zlashtirish - копия

2- holatga misol

11
O’zbekiston milliy qonunchiligidagi xalqaro nikohni bekor qilishda qo’llaniladigan kollizion normalar hozirgi kungacha “hududiylik” prinsipi asosida qo’llanilib kelinganligi natijasida Xalqaro xususiy huquqning “ichki fuqarolar va chet ellik fuqarolarni teng ko’rish” prinsipi buzilayotganligi sababli, bir qancha muammolar kelib chiqmoqda. Shuning uchun ushbu prinsipni bekor qilish va huquqni qo’llashda “zinapoya” usulidanfoydalanishlozimligi ta’kidlabo’tildi. Bu usuldan foydalanish, chet el elementi bilan murakkablashgan er-xotinlarni guruhlarga bo’lishda va ularning turmushlari bilan eng uzviy bog’langan qonunni qo’llash imkonini yaratadi. Shuningdek, er yoki xotinlardan birining o’z mamlakatiga qaytib kelib nikohni bekor qilishi va o’zlari uchun qulay sudlarni tanlashlari (forum shopping) kabi muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.

3- holatga misol
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, o’z fuqarolarimiz va chet elliklarni teng ko’rish, er-xotinlar uchun avvaldan bashorat qilinishi mumkin bo’lgan moslashuvchan kollizion normalarni qabul qilish, xalqaro nikohdan ajralishlardan kelib chiqadigan turli muammolarni bartaraf etish va oldini olishda qo’l keladi deb xulosa qilish mumkin.

4- holatga misol
Ushbu ishda xalqaro nikohni bekor qilish jarayonida farzandning kim bilan yashashini belgilash, er-xotinlar va voyaga yetmagan farzandlar uchun to’lanadigan aliment hamda er-xotin o’rtasdagi umumiy mulkni bo’lishda nikohni bekor qilish uchun qo’llaniladigan mamlakat qonunidandan boshqa qonunni qo’llash zaruriyati bor yo’qligi haqida tadqiq to’la qonli bo’lmadi. Shuningdek, hozirgi kundagi sudyalarning salohiyati chet el elementi bilan murakkablashgan nikohlarni bekor qilish uchun yetarli yoki yetarli emasligi bunday nizolarni hal etishda qanchalik ta’sir ko’rsatishini huquqiy sotsiologik jihatdan o’rganish va bunday nizolarga iqtisodiy ahvolning qanchalik ta’sir ko’rsatishini iqtisod huquqi nuqtai nazaridan ko’rib o’tishni kelgusidagi vazifa qilib oldinga qo’yildi.


Download 310.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling