Mavzu: Bitiruv ishini tayyorlashda ta'limning faol usul va texnikalaridan foydalanishni o'zlashtirish


Download 310.42 Kb.
bet2/12
Sana18.12.2022
Hajmi310.42 Kb.
#1027129
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bitiruv ishini tayyorlashda ta\'limning faol usul va texnikalaridan foydalanishni o\'zlashtirish - копия

2. Ushbu yechimi topilmagan muammolarni yechish jamiyat uchun dolzarb masala ekanligi
3. Muammoning yechimi borasida talabaning tavsiyalari mavjud ekanligi.

Keling Bitiruv ishi nima ekanligini oddiy referat yoki mustaqil ish bilan solishtirish orqali o’rganamiz. Bitiruv MalakaviyIshi (bundan keyin BMI) hali yechimini topmagan muammoni o’z ichiga olishi zaruriy shartdir. Referat yoki mustaqil ish ham yechilmagan muammoni o’z ichiga olishi mumkin. Lekin, uning bo’lishi zaruriy shart hisoblanmaydi va ularga nisbatan talaba tomonidan taklif yoki tavsiya berilishi talab qilinmaydi.

Shuningdek, BMI ko’pchilik yoki jamiyat uchun muhim bo’lgan va uning yechimi ko’pchilik tomonidan umid qilinayotgan masala bo’lishi kerak. Masalan: Sizning sevgan qizingiz bor lekin uning ota-onasi qarshi bo’lganligi uchun siz u bilan turmush qura olmayapsiz. Albatta bu siz uchun juda katta muammo, biroq bu qolganlarning ham muammosi deb ayta olmaysiz. Aksincha yoshlar orasida nikohning yoki ajralishlarning ko’payib borayotgani esa jamiyat muammosi bo’lib, hamma uchun birdek muhimdir. Shuning sababli, barcha uchun muhim va qiziq mavzuda BMI yozish maqsadga muvofiqdir. Lekin, bu degani hozirgi kunda dolzarb deb o’ylayotgan masalalarnigina yozish kerak degani ham emas. Chunki, ko’pchilik tomonidan e’tibor berilmayotgan ammo dolzarb bo’lgan masalalar ham mavjud.

BMIda ko’tarilgan muammolar yuzasidan taklif yoki tavsiyalarning mavjud ekanligi muhim shartlardan biridir. Albatta muammo yuzasidan beriladigan taklif yoki tavsiya barcha muammolarni qamrab olishi shart emas va ular muammolar yechimi uchun asos sifatida xizmat qiluvchi tavsiyalar bo’lishi ham mumkin. Lekin talabalar bir narsani unutmasliklari lozimki, hech qanday taklif yoki tavsiyasiz BMI yozish va uni ko’pchilik oldida himoya qilishdan umuman ma’no ham yo’q.




Download 310.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling