Mavzu: Bitiruv ishini tayyorlashda ta'limning faol usul va texnikalaridan foydalanishni o'zlashtirish


Download 310.42 Kb.
bet7/12
Sana18.12.2022
Hajmi310.42 Kb.
#1027129
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bitiruv ishini tayyorlashda ta\'limning faol usul va texnikalaridan foydalanishni o\'zlashtirish - копия

. Asosiy qismni yozish bo’yicha foydali ko’rsatmalar.

4.1 Ma’lumotlarni o’quvchiga qanday yo’llar bilan taqdim etish lozim?

O’quvchiga qanday ma’lumotlarni taqdim etish lozim degan savolga javob berish uchun, avvalo, kirish qismida tadqiqotni qanday usulda amalga oshirish haqida gap ketganligiga e’tibor qaratamiz. Masalan ikkinchi misolimizda, ish qiyosiy huquqiy jihatdan ko’rilib, O’zbekiston qonunchiligi tanqidiy jihatdan tahlil qilinishi aytib o’tilgan. Demakki, asosiy qismda ham shunga mutanosib ravishda ma’lumotlar berib o’tilishi lozim. Agarda kirish qismida Yaponiya va Yevropa Ittifoqi bilan qiyosiy huquqiytahlil amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo’lsa, asosiy qismda ham o’quvchiga aynan qiyosiy tahlil usulidan foydalanib, ma’lumotlar taqdim etilishi zarur. Bunda sizning tanlagan usulingiz tadqiqotingizni amalga oshirishda qanchalik qo’l kelganini ko’rish mumkin bo’ladi.

Keyingi taqdim etilishi lozim bo’lgan ma’lumot bu statistik ma’lumotlardir. Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning ham o’ziga xos jihatlari mavjud. Ayniqsa, kompyuter texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi kunda, ularni o’quvchiga tushunarli tarzda va ko’plab jihatlarni o’z ichiga oladigan qilib taqdim etish talab

9
etiladi. Keling, statistik ma’lumotlarni qanday taqdim etishni misollar yordamida o’rganamiz.



Birinchi misol.

Ushbu chizmadan o’quvchi juda ko’plab ma’lumotlarni olishi va vaziyatni tasavvur qila olishi mumkin. Agarda ma’lumotlar oddiy usulda taqdim etilganda biz ko’rib turgan ma’lumotlarni taqdim etishning imkoniyati mavjud bo’larmidi? Albatta yo’q. Chunki, bunday ma’lumotlar oddiy jadval usulida taqdim etilsa, ishdagi juda katta maydonni egallaydi va o’quvchi vaziyatni tasavvur qilishi qiyin bo’ladi. Ammo, bu bilan jadval usulida ma’lumotlarni taqdim etib bo’lmaydi degan fikrdan yiroqmiz. Ba’zi bir ma’lumotlar jadvallar orqali taqdim etilganda, ularni tushunish oson bo’ladi.

Statistik ma’lumotlarni taqdim etishda yana bir qancha turdagi chizmalardan foydalanish mumkin. Ulardan foydalanishda, statsitik ma’lumotlarni nima uchun taqdim etayotganligini yaxshilab o’ylab ko’rish zarur va aynan nimaga urg’u bermoqchi ekanligini ham hisobga olish kerak.



Tadqiqiotning amaliyot bilan uzviy bog’liqligiga yoki uning nazariy ekanligiga qarab, o’quvchiga ma’lumotlarni taqdim etish lozim. Masalan: agarda tadqiqot nazariya bilan uzviy bog’liq bo’lsa, unda BMIda ko’proq olimlarning bu boradagi fikrlarini keltirib o’tish va u bo’yicha qanday tadqiqotlar amalga oshirilgani va ularda nimalar ilgari surilgani haqida batfsil to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agarda, tadqiqot amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lsa, unda olimlarning nazariyalari bilan birgalikda amaliyotda ishlovchi mutaxassislardan ham intervyular olib yoki anketalar orqali ma’lumotlar taqdim etilsa, ish ajoyib ko’rinishga ega bo’ladi.

10

Asosiy qismda o’quvchiga ma’lumotlarni taqdim etish yo’llari:



1) Kirish qismida ko’rsatib o’tilgan tadqiqot usullarini qo’llagan holda; 2) Statistik ma’lumotlarni taqdim etish orqali;
3) Olimlarning nazariyalari, amaliyotchilardan olingan intervyular, anketalarni taqdim etish.


Download 310.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling