Mavzu: Bitiruv ishini tayyorlashda ta'limning faol usul va texnikalaridan foydalanishni o'zlashtirish


Download 310.42 Kb.
bet6/12
Sana18.12.2022
Hajmi310.42 Kb.
#1027129
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bitiruv ishini tayyorlashda ta\'limning faol usul va texnikalaridan foydalanishni o\'zlashtirish - копия

Мавзунинг долзарблиги. Экстрадиция халқаро одил судловнинг қарор
топиши учун муҳим восита сифатида майдонга чиқади. Токи, жиноятчилик кун сайин ривожланиб, инсон, жамият ва давлат учун жиддий таҳдид солар экан, экстрадицияга бўлган талаб ҳам ошиб бораверади.
Диссертациянинг мақсади – Экстрадицияда халқаро ҳуқуқий ҳамкорлик масалаларига оид халқаро-ҳуқуқ, миллий қонунчиликни ҳамда экстрадицияни ҳуқуқий аспектларини комплекс таҳлил қилиш ва шунга асосланиб, экстрадиция жараёнини тартибга солувчи миллий жиноят процессуал нормаларини такомиллаштириш бўйича таклифлар киритишдан иборат.
Тадқиқот натижаларининг амалий аҳамияти. Диссертацияда мужассамланган назарий ҳолатлар, хулосалар ва таклифлардан қуйидаги соҳаларда фойдаланиш мумкин..........
Илмий янгилиги - шундан иборатки, биринчи навбатда, диссертацияда жиноятчиларни ушлаб беришдаги (экстрадиция қилиш) халқаро-ҳуқуқий ҳамкорлик билан боғлиқ бўлган муаммолар монографик даражада комплекс ўрганишга ҳаракат қилинган.
Тадқиқот предмети – Экстрадиция соҳасида халқаро ҳуқуқий ҳамкорлик доирасига оид масалалар. Шу асосда Экстрадиция соҳасида халқаро ҳуқуқий ҳамкорлик йўналишлари бўйича назарда тутилган халқаро нормаларни амалий татбиқ этиш холати, муаммолари ва анъаналарини кўриб чиқиш ва таҳлил қилиш.

Тадқиқот объекти - ҳалқаро ҳуқуқий ҳамкорлик ва унинг йўналишлари, шахсларни экстрадиция қилиш масалаларини тартибга солувчи халқаро ҳуқуқ нормалари, ҳамда халқаро ва миллий қонунчилик амалиётидаги статистик ва аналитик маълумотлар.
Диссертациянинг тузилиши ва ҳажми: диссертация кириш, етти параграфни ўз ичига олувчи икки боб, хулоса ва фойдаланилган адабиётлар рўйхатидан иборат. Диссертация ҳажми – 70 бет.

Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi o’qituvchisi I.Yakubovaning magistrlik dissertatsiyasidan

Ushbu ishda, odatda, O'zbekistonda foydalaniladigan usuldan foydalanilgan, ya'ni har bir qism alohida qora harflarda ko'rsatib chiqilgan va alohida qismlarga bo’lib berilgan. Albatta kirish qismini bunday taqdim etish ma’lum bir darajada “tadqiqot loyihasini” ham eslatib yuboradi. Bunday usulda taqdim etish o’quvchining diqqatini jalb qiladi va u o’ziga kerakli joyini tezda topib olishiga yordam beradi. Biroq, salbiy tomoni ham mavjud bo’lib, o’quvchiga faqatgina ma’lumot berib, unga hikoya (story) o’qigandek zavqni taqdim eta olmasligi mumkin.



Kirish
Hozirgi kunda globallashuv natijasida dunyo xalqlarining keng miqyosdagi integratsiyasi yanada kuchayib bormoqda. Ushbu integratsiya jarayoni natijasida ayniqsa chet el elementi bilan murakkablashgan oilaviy munosabatlarning soni ham ko’paymoqda. Masalan: 2007-2008 yillarda mamlakatimizda fuqarolarimiz va chet elliklar o’rtasida tuzilgan nikohlar soni 100 tadan oshmagan bo’lsa, 2010-yildan 2015- yilgacha har yilgi ko’rsatkich 500-600 ta atrofida. Shu bilan mutanosib ravishda xalqaro nikohni bekor qilish ham tobora ko’payib bormoqda. Masalan, 2015-yildan 2016-yilning birinchi choragigacha bo’lgan davrda fuqarolarimiz va chet elliklar o’rtasida 570 ta nikoh bekor qilingan. Albatta ushbu ko’rsatkichlar xalqaro oilaviy munosabatlarni tadqiq qilish zarurati borligini ko’rsatib turibdi. Chunki, hozirgi kundagi O’zbekiston Xalqaro xususiy huquqi Sobiq sovet ittifoqi qonunchiligi asosida yaratilgan bo’lib, unda Sobiq Ittifoqning naqzariyalari yashamoqda hamda ular “cho’loq nikohlarni vujudga keltirishi, O’zbekiston bilan aloqasi bo’lmagan shaxslarning nikohni bekor qilishlari ustidan ham O’zbekiston sudlarining yurisdiksiyasini belgilash kabi muammolarni vujudga keltirish ehtimoli katta. Shu sababli, ular zamonaviy globallashib borayotgan jamiyatimizga to’g’ri kelish kelmasligini aniqlash zarur. Ayniqsa

8
bunday nazariyalar xalqaro nikohni bekor qilish bilan bog’liq ishlarda ko’zga tashlanadi. Shu sababli, ushbu ilmiy ishda chet el elementi bilan murakkablashgan nikohdan ajratishda qo’llaniladigan huquq, yurisdiksiya hamda chet el sudi qarorlarini tan olish bilan bog’liq O’zbekiston hamda fuqarolarimiz asosan oilaviy munosabatlarga kirishadigan MDH mamlakatlari fuqarolari o’rtasidagi xalqaro oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi Minsk konvensiyasi normalaridagi muammolar tadqiq etiladi. Mavjud muammolarni yechishda Xalqaro xususiy huquqning asosoiy prinsiplari bo’lmish Fuqarolar va chet ellik fuqarolarning tengligi, Enguzviybog’langanmamlakatqonuniniqo’llashkabilarga asoslaniladi. Ilmiy ishning I bobida,…….II bobida…………….III bobida…………………IV bobida…………….Xulosa qismida…………..lar ko’rib chiqiladi.

Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o’qituvchisi A.Xakimovning magistrlik dissertatsiyasidan olingan.

Ikkinchi misolimizda kirish qismini o’qigan o’quvchi huddi hikoya o’qiyotgan o’zini his qilishi mumkin. Lekin, aynan o’ziga kerakli ma’lumotni izlayotgan izlanuvchi esa, ma’lumotni topishga qiynalishi yoki ko’p vaqt sarflashi ehtimoldan holi emas.




Download 310.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling