Mavzu. Biznes faoliyatiga soliqlar orqali taʼsir qilishning huquqiy asoslari
Download 23.15 Kb.
|
biznes faoliyatiga soliqlar orqali tasir qilish
Mavzu. Biznes faoliyatiga soliqlar orqali taʼsir qilishning huquqiy asoslari 1. Biznes faoliyatiga soliqlar orqali taʼsir etishning oʻziga xos xususiyatlari. 2. Biznes faoliyatini tartibga solishga qaratilgan soliq qonunchiligi. 3. Biznes subyektlarining soliq majburiyatlari. 4. Biznes subyektlarining soliq majburiyatlari yuzasidan javobgarligi. 1. Davlatning harbiy-mudofaa, ijtimoiy-iqtisodiy, boshqaruv, madaniy-maʼnaviy sohalaridagi faoliyatini moddiy-moliyaviy jihatdan taʼminlash, davlat organlari bir meʼyorda ishlashiga erishishning asosiy manbai yuridik hamda jismoniy shaxslardan olinadigan turli- tuman soliqlar, majburiy toʻlovlar hisoblanadi. Biznes faoliyati subyektlari soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashga majbur. Soliqlar - davlat byudjetining daromad qismiga oʻtkaziladigan, yuqori qonunchilik hokimiyat organlarining hujjatlariga asosan yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan begʻaraz, muyyan miqdorda va belgilangan muddatlarda umumdavlat va mahalliy ehtiyojlarini qondirish uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlardir. Boshqa majburiy toʻlovlar deganda Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy pul toʻlovlari, bojxona toʻlovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni toʻlovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻimlar, davlat boji tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasining yangi soliq Kodeksi 2019-yil 30- dekabrda qabul qilindi. 2020-yil 1-yanvardan amalga kiritildi. Kodeks 12 ta boʻlim 72- bob 483-moddadan tashkil topgan. Avvalgi soliq Kodeksi 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan edi. U 21 ta boʻlim, 64 –bob, 392- ta moddadan iborat boʻlgan. 2020-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, jismoniy va yuridik shaxslar kiritilgan oʻzgarishlarga muvofiq soliq toʻlovlarini amalga oshiradi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qoʻllagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllarijoriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va toʻlash tartiblari soddalashtirildi. Yagona ijtimoiy toʻlov oʻrniga ijtimoiy soliq, yagona soliq toʻlovi oʻrniga — aylanmadan soliq, qatʼiy belgilangan soliq oʻrniga — jismoniy shaxslarning daromadlariga, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilgari berilgan imtiyoz va soliqni hisoblash xususiyatlarini saqlab qolgan holda, qatʼiy belgilangan miqdorda soliq joriy etiladi.
11-bandida ilgari vakillik xarajatlari uchun yalpi tushumning 1 % miqdorida chegirish huquqi boʻlsa, endilikda bu meʼyor olib tashlandi. 14,32,55-bandlarida xizmat safari, ixtiyoriy sugʻurta, mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogʻliq zararni oʻrnini qoplashning meʼyorlari bekor qilindi. Yuqoridagilardan tashqari, Soliq kodeksining 156-moddasida: Byudjetdan tashqari jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliya bozorlarida joylashtirishdan olinadigan foizlar tarzidagi daromadlari soliqqa tortilishi bekor qilindi. Respublikamizdagi yuridik shaxslarning xalqaro birjalarda joylashtirilgan qimmatli qogʻozlariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining olgan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi. Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi eng muhim xususiyatlar: - Soliq toʻlovlarining begʻarazligi; - Soliq toʻlovlarning majburiyligi; - Soliqlarni joriy etish va undirib olish tartibiyligi; - Soliqning aniq miqdoriyligi hamda uni amalga kiritishning aniq muddatiyligidan iborat. Soliqlarning quyidagi funksiyalari bor: fiskal, tartibga solish, qayta taqsimlash. • Soliqlarning Fiskal funksiya vositasida soliqlarning bosh ijtimoiy vazifasi amalga oshiriladi. 149 • Byudjet tizimi va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarda toʻplanadigan davlat moliyaviy resurslari shakllantiriladi hamda ulardan davlat oʻz funksiyalarini bajarishi uchun foydalaniladi. • Soliqlarning qayta taqsimlash funksiyasi • Soliq tizimi yalpi milliy mahsulotni qayta taqsimlashni amalga oshiradi va bu bilan u iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta koʻrish, aholiga ijtimoiy kafolatlarni taʼminlashda bevosita ishtirok etadi. • Soliqlarning tartibga solish funksiyasi • Ijtimoiy ishlab chiqarish, uning tuzilmasi va dinamikasiga, fantexnika taraqqiyotini tezlashtirishga iqtisodiy taʼsir koʻrsatuvchi muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. • Biznes subyektlariga soliqlar orqali taʼsir etish • Davlat soliqlar orqali iqtisodiyotga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsir oʻtkazishni amalga oshirar ekan, bir necha muhim vazifalarni koʻzlagani holda harakat qiladi. Bunda bosh vazifa – byudjetni mablagʻ bilan toʻldirish – fiskal maqsaddir. Download 23.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling