Mavzu. Biznes faoliyatiga soliqlar orqali taʼsir qilishning huquqiy asoslari


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi


Download 23.15 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi23.15 Kb.
#1553565
1   2   3
Bog'liq
biznes faoliyatiga soliqlar orqali tasir qilish

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi

To’lovchilar

Soliq stavkalari




2018 yil

2019 yil




Yuridik shaxslar

14

12

Tijorat banklari

22

20

Mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi
korxonalar: Rentabillik darajasi
20 foizgacha
20 foizdan yuqori

14
50

20

Sement, polietelen granula ishlab chi
qaruvchi korxonalar (qo’shimcha foyda
solig’i to’lash tartibi bekor qilindi)

14

20

Biznes faoliyatini tartibga solishga qaratilgan soliq qonunchiligi.
1. 2020-yil 20-iyulda Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini
14% - 50% 12% - 2
kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumuiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha
chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
PF-6029-son Farmoni qabul qilindi. Bundan tashqari, kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish koʻrinishida davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash taqdim etildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi
PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son Farmonlarigaasosan
foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) berilgan, 2020-yilaprel va
may oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk soligʻi va yer
soligʻi summalari;
1. 2020-yil 15-may holatiga yer soligʻi va mol-mulk soligʻi
boʻyicha 2020-yil 1-yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va jarimalar
summalari.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka
tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda toʻlaydi:
Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
olingan daromadi 100 mln. soʻmdan oshmaydigan yakka tartibdagi
tadbirkorlar daromad soligʻini ikki xil usulda:
1) har oyda qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliqni toʻlashi;
2) tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi boʻyicha
ushbu daromadlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar summasini chegirib
tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga
deklaratsiya topshirish yoʻli bilan daromad soligʻini toʻlashi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish- Kalendar yilida
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100
mln. soʻmdan oshgan biroq 1 mlrd. soʻmdan oshmaydigan yakka
tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona
soliq toʻlovi) toʻlashga oʻtkaziladi.
Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni toʻlashni
tanlashi mumkin:
Kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʻmdan oshganda,
oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashi;
kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʻmdan oshganda,
aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash oʻrniga ixtiyoriy tarzda
qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashni tanlashi
mumkin.
151
Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning oʻziga xos
xususiyatlari
• Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi
yuridik shaxslarga soliq solish
• Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish
• Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan
faoliyatga soliq
• Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari
tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam
koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) soliqlar
• Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga soliq
solish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-iyuldagi PF-
6029-son Farmoni bilan quyidagi tadbirkorlarga imtiyozlar berildi:
1. 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar umumiy
ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan
korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etildi.
2. ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana
savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilindi.
3. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun kichik tadbirkorlik
subyektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllagan
holda, ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida 2020-yil 1-
iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan
xodimlarning yillik oʻrtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshirildi.
4. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
tomonidan belgilangan hollarda, soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini
taqdim etish muddatlarini besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga
kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.
5. Kichik tadbirkorlik subyektlari; bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti
korxonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlovchi tashish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan
banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi
yuridik shaxslar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod
qilish boʻyicha berilgan imtiyozlarni amal qilish muddati 2020- yil 31-
dekabrga qadar uzaytirildi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi
―Soliq va bojxona imtiѐzlari berilishini yanada tartibga solish choratadbirlari toʻgʻrisida‖gi PF-5755-sonli Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-
avgustdan boshlab yagona yer soligʻi toʻlovchisi hisoblangan qishloq
xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiѐriy ravishda qoʻshilgan
qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish imkoniyatiga ega boʻldi, 2019-yil
1-sentyabrdan boshlab esa 2019-yil yanvar oyidan sentyabr oyigacha
1milliard soʻmdan ortiq pul aylanmasi (tushumi)ga ega boʻlgan ѐki 50
gektardan ortiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarigaega
boʻlgan yagona yer soligʻi toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi
toʻlovchilari hisoblanishi belgilandi.
Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
olingan daromadi 1 mlrd.soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar
qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini yuridik shaxslar uchun
belgilangan tartibda toʻlashga oʻtadi.
Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda
toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda soligʻini hisoblab
chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi.
Bunda, foyda soligʻining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi
jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini hisoblab chiqarishning
soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish
maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi.
Eksport salohiyatini qoʻllab quvvatlash borasida foyda soligʻi
imtiyozlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi
“Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada
ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5587-sonli Farmoniga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksport ulushi umumiy tushumning 15 foizdan yuqori boʻlgan
korxonalarning tovar (ish, xizmat)lar eksportidan olingan foydasi soliq
solishdan ozod qilinadi.
Masalan, “Sharq” MCHJning mahsulot sotishdan umumiy
tushumi 2 500,0 mln.soʻm, shundan eksportga sotilgan mahsulotlar
hajmi 1 300,0 mln.soʻm, soliq solinadigan foydasi 500,0 mln.soʻmni
tashkil qilgan. Bunda, eksport ulushi 52 % (1 300,0/2 500,0x100%) ni
tashkil qilganligi sababli korxona yuqoridagi imtiyozdan foydalanish
153
huquqiga ega boʻladi va soliq solinadigan foyda 500,0 mln.soʻmning
eksportga toʻgʻri keladigan qismi, yaʼni 260,0 (52 %) mln.soʻm foydasi
soliq solishdan ozod etiladi. Natijada, 240,0 mln.soʻmdan (500-260) 12
% stavkada 28,8 mln.soʻm foyda soligʻi toʻlaydi yoki imtiyoz natijasida
korxona ixtiyorida 31,2 mln.soʻm mablagʻ qoladi
Toʻgʻridan toʻgʻri chet el xususiy investitsiyasi bilan bogʻliq
boʻlgan toʻlovchilarga soliq solish Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy
investitsiyalarni jalb qiluvchi va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan
roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik
shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan investitsiya hajmidan
kelib chiqqan holda quyidagi soliqlardan ozod qilinadi:
1.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
2.Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
3. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
soligʻi
4.Yagona soliq toʻlovini
5. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil
muddatga;
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga.
Soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qoʻllanilishi belgilangan:
Mazkur korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatini istisno
qilgan holda, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi
punktlarida joylashtirish;
Xorijiy investorlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy
investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan
holda amalga oshirish;
Korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi
kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;
Xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki
yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qoʻyish;
Mmazkur imtiyozlarni qoʻllanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada
rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirish.
154

Download 23.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling