Mavzu. Biznes faoliyatining turlari va shakllari


Jamoa tadbirkorligining ko‘rinishlari va ularning xususiyatlari


Download 223.17 Kb.
bet10/25
Sana07.04.2023
Hajmi223.17 Kb.
#1337362
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
2-maruza

Jamoa tadbirkorligining ko‘rinishlari va ularning xususiyatlari. Jamoa tadbirkorligi jamoa a’zolarining mehnati hamda jamoa a’zolari va boshqa ishtirokchilar mulkiga asoslangan bo‘lib, yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Jamoa tadbirkorligi bir qator ko‘rinishlarga, xususiy shakllarga ega: ishlab chiqarish kooperativi, xo‘jalik shirkati, xo‘jalik jamiyati, unitar korxona, notijorat tashkilotlari va boshqalar.
Xo‘jalik shirkati - umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoli-yatini olib borish uchun bir necha shaxsning shartnoma asosida bir-lashuvidir. Xo‘jalik shirkati quyidagi bir qator xususiyatlarga ega:

  • xo‘jalik shirkatida, asosan, shaxsiy harakatlar birlashtiriladi;

  • to‘liq sheriklar asosiy faoliyat yurituvchi shaxslar bo‘lib, shirkat majburiyatlari bo‘yicha o‘z mulklari bilan cheklanmagan miqdorda javobgar hisoblanadilar;

  • har bir shaxs faqat birta shirkatga to‘liq sherik bo‘lishi mumkin;

  • shirkatga fuqarolar ham, yakka tadbirkorlar ham, yuridik shaxslar ham sheriklik asosida kirishlari mumkin.

Xo‘jalik shirkatining ikki ko‘rinishi mavjud: to‘liq shirkat va kommandit shirkati. Ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to‘liq shirkat hisoblanadi. Bunday shirkat ishtirokchilari to‘liq sheriklar deb ataladi. To‘liq sheriklar bi­lan bir qatorda shirkat majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan hissa doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat faoliyatida qatnash-maydigan bir yoki bir necha ishtirokchisi ham bo‘lgan shirkat kommandit shirkati hisoblanadi. Shirkatning to‘liq bo‘lmagan ishtirokchi­lari hissa qo‘shuvchilar, omonatchilar, kommanditchilar deb ataladi. Agar kommandit shirkatining firma nomiga hissa qo‘shuvchining nomi kiritilgan bo‘lsa, bunday hissa qo‘shuvchi to‘liq sherikka aylanadi.

Download 223.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling