Moliyaviy mablag‘ga bo‘lgan talab va uning hisobi. Tadbirkorlik bitimini tuzish moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish — tadbirkorlik faoliyatiga kerak bo‘ladigan pulning miqdorini (Pp) quyidagi formula asosida hisoblash mumkin:
Pp=Pi + Pm +Pv +Pa +Px
Bu yerda:Pp=Pi + Pm +Pv +Pa +Px – bu yerda soliqlar
Pi- yollanma ishchilarga maosh to‘lash uchun kerak bo‘ladigan pul mablag‘lari;
Pm - sotib olinadigan material, xom ashyo, yarim tayyor mahsulot, tщplash qismlar, yonilьi, energiya uchun to‘lovlar;
Pv- mehnat vositalari (asosiy ishlab chiqarish fondlari) - bino, inshoot, uzatish moslamalari, mashina, hisoblash texnikasi, asbob-uskunalar, transport vositalarini sotib olishga ketgan mablag‘lar;
Pa- axborot uchun sarflangan mablag‘lar;
Px- boshqa tashkilotlar xizmatiga (qurilish ishlari, transport xizmatlari va boshqalarga) ketgan to‘lovlar.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tadbirkor boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lishi kerak. Har qanday kishining bunga imkoni bo‘lmasligi mumkin. Ushbu holatda ishbilarmon tijorat banki yoki mablag‘i bor shaxsga kredit olish uchun murojaat qiladi.
Mablag‘larni imtiyozli asosida davlat tuzilmalari ajratishi mumkin. Buning uchun O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida maxsus jamьarmalar tuzilib, kredit berishga imtiyozlar yaratilgandir.
Ishlab chiqarish — tadbirkorlik faoliyatiga bilvosita ishtirokchi bo‘lib, unda moliyaviy idoralar, soliq inspektsiyasi, soliq militsiyasi ishtirok etadi. Ular tadbirkorlik faoliyati hisobidan mahalliy byudjetga majburiy to‘lovlar, ajratmalar va jarimalar o‘tkazish bilan shug‘ullanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |