Mavzu. Biznes faoliyatining turlari va shakllari
Xususiy tadbirkorlik va uning ko‘rinishlari
Download 223.17 Kb.
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy tadbirkorikning muhim belgilari quyidagilardan iborat
Xususiy tadbirkorlik va uning ko‘rinishlari.Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri xususiy tadbirkorlik bo‘lib, u tadbirkorlikda, biznesda alohida o‘rin egallaydi va jamiyatda muhim ro‘l o‘ynaydi. Chunki xususiy tadbirkorlik bir qator afzalliklarga ega. Ma’lumki, xususiy tadbirkorlik xususiy mulkka asoslanadi. Bunday mulk egasi uni asrab-avaylab saqlash, yaxshi foyda keltiradigan ishlarga joylashtirish, oqilona va samarali foydalanishga harakat qiladi. Chunki bu sayharakatlar natijasi mulkdorga tegishli bo‘ladi. Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlar to‘la mustaqil bo‘lib, erkin harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganligi tufayli tezkorlik bilan qaror-lar qabul qilib, muammolarni tezroq yechish va yaxshiroq natijalarga erishishni ta’minlashlari mumkin. Xususiy tadbirkorlarning bunday sayharakatlari respublikada qo‘llab-quvvatlanadi va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlanishi uchun yangi-yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining "Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida"gi, "O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonlari, "O‘zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturi", "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida", "Xususiy korxona to‘g‘risida", "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonunlar, "O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘rsida Nizom" va boshqa hujjatlar shu maqsadga yo‘naltirilgan.
Xususiy tadbirkorikning muhim belgilari quyidagilardan iborat: xususiy mulkka asoslanadi; yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi; yollanma mehnat to‘liq yoki qisman jalb etiladi; korxona (firma) shaklida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Xususiy tadbirkorlik xususiy korxona, fermer xo‘jaligi, yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaligi ko‘rinishlarida (shakllarida) tashkil etiladi va amalga oshiriladi. O‘zbekistonda 2003 -yil 11-dekabrda "Xususiy korxona to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonunining maqsadi xususiy korxonalarni tuzish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Download 223.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling