Mavzu. Biznes faoliyatining turlari va shakllari


Xususiy korxona - bu mulkdor


Download 223.17 Kb.
bet9/25
Sana07.04.2023
Hajmi223.17 Kb.
#1337362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
2-maruza

Xususiy korxona - bu mulkdor - yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan va boshqariladigan tijorat tashkiloti, korxonasidir. U tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xususiy korxona o‘z egaligida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlar olishi va ularni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z maj-buriyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulki, u yetishmagan taqdirda korxonani tuzgan mulkdorning mol-mulki bilan javob beradi. Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va uning fir­ma nomi "xususiy korxona" so‘zini o‘z ichiga ollishi kerak. Bundan tashqari, u qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo‘lishi mumkin. U firma nomi va manzili aks ettirilgan muhri va tamg‘asiga, mustaqil ba-lansiga ega bo‘ladi, belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritadi va hisobotlar topshiradi, bankda hisobvaraqlar ochadi.
Xususiy korxona mulkdor tomonidan nomuayyan muddatga tuziladi, mulkdor unga teshgishli mol-mulk beradi va uning nizomini tasdiqlaydi. Xususiy korxonaning ta’sis hujjati nizom bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • korxonaning firma nomi;

  • uning pochta manzili;

  • maqsadi va vazifalari;

  • asosiy faoliyat turlari;

\ - uni tuzgan mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va ya-shashjoyi;
-nizom jamg‘armasining miqdori va boshqalar.
Xususiy korxona mulkdorining asosiy huquqlari quyidagilar:

  • korxona rahbari sifatida uni yakka boshqarish;

  • korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish;

  • korxona pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini tasarruf etish;

  • shartnomalar tuzish;

  • ishonchnomalar berish;

  • korxonani tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • korxona nizomini tasdiqlash, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

  • barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish;

  • ishchi - xodimlar yollash;

  • o‘z xodimlariga ish haqini qonunlarga muvofiq mustaqil belgilash va boshqalar.

Xususiy korxona mulkdorining asosiy majburiyatlari:

  • nizom jamg‘armasini shakllantirish;

  • korxonani belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • korxonani yakka tartibda boshqarish;

  • shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish;

  • korxonada mehnat sharoitlarini yaratish va yaxshilab borish;

  • ishlab chiqarish va mehnat xavfsizligini, xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash;

  • ekologiya, sanitariya, gigiena va boshqa maxsus talablarga rioya qilish;

  • xodimlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish;

  • buxgalteriya hisobi yuritish va hisobotlar topshirish;

  • manzili yoki boshqa rekvizitlari o‘zgarganda ro‘yxatdan o‘tkazgan organga o‘z vaqtida xabar qilish va boshqalar.

Xususiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. U belgilangan tartibda vakolatxonalar ochishi va filiallar tuzishi, boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishi yoki ularning nizom jamg‘armasiga o‘zgachatarzda ishtirok etishi mumkin. Qonunda xususiy korxona faoliyati erkinligining kafo-latlari ham belgilab qo‘yilgan.
Xususiy tadbirkorlikka, shuningdek, fermer xo‘jaligi va yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaligi ham kiradi. Fermer xo‘jaligi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikda-gi mehnati asosida uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subektdir. Yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs belgilariga ega bo‘lgan xo‘jalik boshlig‘iga meros qilib qoldirilgan umrbod ega lik qilishga berilgan tomorqa hamda uzoq muddatga ijaraga olingan yer uchastkalarida oila a’zolari va yollangan xodimlar mehnati bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tovar xo‘jaligidir.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik shirkatlarini qayta tashkil etib, fermer xo‘jaliklariga aylantirish munosabati bilan fermerchilik harakati kengayib bormoqda.

Download 223.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling