Mavzu. Biznes faoliyatining turlari va shakllari


Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati


Download 223.17 Kb.
bet12/25
Sana07.04.2023
Hajmi223.17 Kb.
#1337362
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
2-maruza

Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o‘zining ta’sischilari orasida yoki oldindan belgilab qo‘yiladigan boshqa shaxs­lar doirasida taqsimlanadigan jamiyatdir. Bunday jamiyat o‘zi chiqaradigan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishi yoki ochiq, erkin sotishi mumkin emas. Bu jamiyat uchun aksiyadorlar sonining eng quyi va eng yuqori chegarasi qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Aksiyadorlar soni belgilangan miqdordan oshib ketganda, u ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, undan pasayganda esa sud tartibida tugatilishi lozim.
Jamoa tadbirkorligining tashkiliy ko‘rinishlaridan biri unitar korxonadir. O‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan korxona unitar korxona hisobla-nadi. Unitar korxona o‘z mol-mulki egasining, mol-mulki egasi esa korxonaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Lekin korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan ja­vob beradi. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo‘lib, u mulkdor yoki mulkdor vaqil qilgan organ tomonidan tayinlanadi va ularga hisob berib turadi. Unitar korxonaga mol-mulk ikki maqsadda - xo‘jalik yurtish uchun yoki operativ boshqarish uchun biriktirilishi mumkin. Shunga muvofiq unitar korxona ikki xil bo‘ladi: xo‘jalik yuri-tish huquqiga asoslangan va operativ boshqarish huquqiga esoslangan unitar korxona. Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona, mulkdor, yoki u vaqil qilgan organning qarori bilan tuziladi, uning ta’sis hujjati nizom hisoblanadi. U sho‘ba korxona tashkil etishi mum­kin. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona, asosan, davlat tomonidan tashkil etiladi va davlat korxonasi hisoblanadi. Uning ham ta’sis hujjati nizomdir. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo‘lmaganida davlat uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.
Notijorat tashkilotlarining ayrimlari ham u yoki bu darajada jamoa tadbirkorligini amalga oshiradilar. Ularga matlubot kooperativi, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar (jamg‘armalar), muassasalar kiradi (2-chizmaga qarang).

Download 223.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling