Mavzu. Biznes faoliyatining turlari va shakllari


Download 223.17 Kb.
bet15/25
Sana07.04.2023
Hajmi223.17 Kb.
#1337362
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
2-maruza

Aralash holding — nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanish maqsadlarida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan holding kompaniyalari quyidagi yo‘llar bilan tashkil etiladi:
-yirik korxonalarni qayta tashkil qilishda ularning tarkibiy bo‘linmalarini mustaqil yuridik shaxs (sho‘ba korxonalar) sifatida bunyod etish yo‘li bilan;
-yuridik jihatdan mustaqil korxonalarning aktsiya paketlarini birlashtirish yo‘li bilan;
-yangi aktsiyadorlik jamiyatlarini ta’sis etish yo‘libilan.
Holdinglar monopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan tashkil etiladi. Holdingni tashkil etishga ruxsat olish uchun monopoliyaga qarshi organga boshqa ‘ujjatlar bilan birga:
-ustav loyi’asi;
-holdingni tuzishga xo‘ish haqida bayonnoma yoki ta’sischilar shartnomasi;
-tuziladigan holdingga kiritish uchun tavsiya qilinayotgan korxonalar ro‘yxati;
-shu korxonalardan har qaysisining xo‘jalik faoliyati
turlari va hajmi haqidagi ma’lumotlar topshiriladi.
Agar holdingni tuzish biron bir mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish monopoliyasiga olib keladigan bo‘lsa, bunday xoddingni tuzishga ruxsat berilmaydi.
Davlat korxonalari — bu davlat mulki bo‘lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bo‘lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng mu’im va mas’uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi.
Kontsern - bu ishlab chiqa-rish diversifikatsiyasi, yaoni korxonalarning faoliyat soha-lari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko‘p tarmoqli korporatsiya.
Kontsern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida joylashgan o‘nlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Kontsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o‘zaro korporatsiyalangan turьun aloqalar mavjud bo‘lib, ular kontsern rivoji yo‘lida umumiy moliyaviy resurslardan va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar.
O‘zbekistonda Qurilish materiallari ishlab chiqarish o‘zbek Davlat kontserni (“O‘zqurilishmateriallari”), farmatsevtika sanoati O‘zbek Davlat Aktsionerlik kontserni („O‘zfarmsanoat”), „Sharq” nashriyot-matbaa kontserni va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Download 223.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling