Mavzu: Biznes huquqi munosabatlarida javobgarlik. Reja: Biznes munosabatlaridagi javobgarlik tushunchasi
Soxta tadbirkorlik uchun jinoiy javobgarlik
Download 40.22 Kb.
|
Soxta tadbirkorlik uchun jinoiy javobgarlik. Soxta tadbirkorlik jinoyati korxonalar yoki boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi to’zilmaning qonunda, o`z Ustavida belgilangan faoliyatini taminlovchi ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi. Soxta tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyati g`oyasiga tajovo’z qiladi. Ushbu jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, soxta tadbirkorlik nafaqat iqtisodiyot asoslariga, tadbirkorlik faoliyati g`oyasining o`ziga ham tajovo’z qiladi, “odamlarning bozorga va uning boshqacha xo`jalik yuritish usullaridan afzalligiga bo`lgan ishonchiga putur yetkazadi”2.
Jinoyatning fakultativ obyekti tijorat tashkilotlarini tashkil etish va ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha o`rnatilgan qonunchilik tartibi, xo`jalik faoliyati hisoblanadi. Ushbu jinoyat tadbirkorlik Ustavida ko`rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko`zlamasdan, korxonalar yoki tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi tashkilotlarni to’zishda ifodalanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 40-moddasiga muvofiq, foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni maqsad qilib olmagan (tijoratchi bo`lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo`lishi mumkin. Tijoratchi tashkilot bo`lgan yuridik shaxs xo`jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona hamda qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda to’zishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 41-moddasida esa yuridik shaxs o`zining tasis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquqi layoqatiga ega bo`ladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati, uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilangan bo`ladi. Har bir to’zilgan korxona yoki boshqa tadbirkorlik to’zilmasi faqat o`z Ustavida ko`rsatilgan faoliyat turlari bilan shug`ullanishi kerak. Soxta tadbirkorlikda esa uni to’zuvchilar o`z Ustavida ko`rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko`zlamaydi, balki korxona boshqa maqsadlarni ko`zlab to’ziladi. Download 40.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling