Mavzu: Biznes huquqi tushunchasi va manbaalari Reja


Download 38.07 Kb.
bet2/5
Sana14.02.2023
Hajmi38.07 Kb.
#1196647
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 мавзу Бизнес

karatilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Biznes huquqi - tadbirkorlik sub’ektlari urtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan boglik munosabatlarni tartibga soluvchi va u bilan boglik munosabatlarda davlatning iqtisodiyotga raxbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig’indisidan iboratdir.
Demak, tadbirkorlik huquqi o’ziga xos muayyan munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi huquq soxasi-mi?
Unda, tadbirkorlik huquqining huquq tizimida tutgan urniga tuxtalib utaylik. Tadbirkorlik huquqi xam boshqa huquq soxalari kabi: birinchidan, huquqning mustaqil soxasi; ikkinchidan, qonunchilik tarmogi; uchinchidan, fan soxasi; turtinchidan, ukuv predmeti xisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqi - huquq tarmogi sifatida tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiyot soxasidagi faoliyatidan kelib chikadigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari yigindisidan iborat.
Moliya huquqining predmetini moliya byudjeti kirim-chikimi (davlat daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan boglik munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbaini tartibga solish va ulardan kayta ishlab chikarish muomalasida foydalanish kabilar Tadbirkorlik huquqining predmetini tashkil etadi.
Tadbirkorlik huquqining asosiy prinsiplari
Barcha huquq soxalari kabi tadbirkorlik huquqining xam asosiy va eng muxim prinsiplari O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan asosiy koidalardir. Ushbu tadbirkorlik huquqiga oid asosiy prinsiplar respublikamizda bozor munosabatlarining rivojlanishida barcha tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatini ma’lum bir maksad sari yunaltirib, huquqiy tartibga solib turadi.
Tadbirkorlik huquqining asosiy prinsiplaridan biri tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faoliyat erkinligidir. Ushbu prinsip:
“...Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini xisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mexnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jixatdan bab-baravar muxofaza etilishini kafolatlaydi”.2
Tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish prinsipi. Bu prinsipning moxiyati xar bir moddiy tovar ishlab chikaruvchi, ishlarni bajaruvchi yoki xizmat kursatuvchi tadbirkorlik sub’ektining iqtisodiy manfaati qonunlarda belgilangan tartibda tegishli organlar orkali ximoya qilinadi. Tadbirkorlik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni kullash asosida davlatning ta’sir etish prinsipi.
Ushbu prinsip mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga direktiva, buyruk orkali ta’sir etish usulining iqtisodiy usuliga, ya’ni mexnat jamoasining, yakka shaxsning tovar ishlab chikarish, ish va xizmat kursatish, uning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishda manfaatlarini xisobga olishga karatilgani bilan izoxlanadi. Respublikamizning mustaqil tarakkiyotini belgilovchi asosiy prinsiplaridan biri narxlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirishdir.
Bu, eng avvalo, bozorni tovarlar va xizmatlar bilan tuldirishga karatilgan iqtisodiy omillardan biri xisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqining asosiy prinsiplaridan yana biri tovar ishlab chikaruvchi va xizmat kursatuvchi sub’ektlarning o’zaro raqobatidir.
Biznes huquqining asosiy tamoyillaridan biri Biznes (tadbirkorlik) subyektlarining iqtisodiy faollik erkinligidir. U Konstitusiyamizning 53-moddasida o`z ifodasini topgan. Bu tamoyilning bozor iqtisodiy munosabatlarini tashkil etishdagi ahamiyati shundan iboratki, muqaddam iqtisodiy munosabatlar faqat yuqori turuvchi davlat organlarining direktiv ko`rsatmalari asosida belgilangan edi. Bunday tartib ishchi, xizmatchi va ziyolilarning ishbilarmonligi, ijobiy tashabbuskorligi, qisqasi ijtimoiy faolliligiga to`sqinlik qilib qolgan edi. Bozor iqtisodiyotiga o`tib borish esa, jamiyat ehtiyojini hisobga olgan holda mulkiy munosabatlarning o`zgarib borishiga, moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirib, mehnat unumdorligini oshirishga, erkin mehnatning qaror topishiga olib keldi. Natijada Biznes subyektlari yuqoridan beriladigan buyruq yoki ko`rsatmaga asoslanmasdan, balki ular iqtisodiy qonuniyatlargabozor qonuniyatlariga tayangan holda moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishda erkin bo`lib, faqat bozor talablariga rioya etgan holda iqtisodiy raqobatda mustaqil qatnasha oladigan bo`ldi.
Biznes (tadbirkolik) subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati har bir moddiy tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi ho`jalik subyektining iqtisodiy manfaati qonunlarda belgilangan tartibda tegishli organlar orqali himoya qilinadi. Eng avvalo iqtisodiy manfaatlarning himoyasi soliq munosabatlarida yorqin ko`zga tashlanadi. Jumladan, yangi tashkil etilgan korxonalar va tadbirkorlarga moddiy jihatdan o`z iqtisodini tiklab olishda imtiyozlar berilgan. Bank orqali ularga qarz berishda va soliq to`lashda ham malum bir imtiyozlar yaratilgan. Biznes subyektlarining mulkiy huquqlari bo’zilganda qonunga muvofiq himoya qilinadi. Jumladan, Biznes subyektining mulkiga zarar yetkazilganda, shu zarar to`la hajmda zarar yetkzgan shaxsdan undirib olinadi. Agar mulk egasining xohishidan tashqari, qonunga zid holda boshqa shaxsga o`tkazilganida, bu mulkka davo qo`zg`atilib, egasiga (Biznesga) qaytariladi. (Fuqarolik Kodeksining 228-233-moddalari). Agar to`sqinlik qilinganida, unday to`sqinliklar bartaraf etiladi. Mulk egasining huquqlari O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 231-moddasida belgilanganidek himoya qilinadi.
Bundan tashqari FKning 232-moddasida belgilanganidek, Biznes subyekti mulkdor bo`lmasa ham lekin mol mulkka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, Biznes yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga ko`ra egalik qilayotgan bo`lsa ham uning shu mol mulkka bo`lgan huquqlari FKning 228-231-moddalari qoidalariga muvofiq himoya qilinadi.
Biznes subyektining iqtisodiy manfaatlari, huquqi ham qonun bilan himoya qilinadi. Jumladan, Bizneslar boshqa shaxslar bilan shartnoma munosabatlariga kirishganida ularning manfaatlarini himoya qilishda monopoliyadan himoyalash tamoyili muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Bu tamoyilning mazmuni tovar ishlab chiqaruvchilarning va xizmat ko`rsatuvchilarning bozorlarda erkin harakat qilishini taminlash maqsadida monopolistik faoliyatni cheklashga, nosog`lom raqobatning kelib chiqishiga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan chora-tadbirlar olib borilishida namoyon bo`ladi. Bu sohada O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatini cheklash va raqobat to`g`risida”gi qonuni muhim ahamiyatiga ega. Ana shu qonun orqali ayrim shaxslar tomonidan bozorni monopollashtirib, o`z shaxsiy manfaatiga xizmat qiladigan joyga aylantirishiga qarshi kurash olib borilyapti. Erkin bozorning tobora keng rivoj topishiga shart-sharoit yaratilib, bozorning eshigi hamma uchun ochiq bo`lishi, narx-navo talab bilan taklif natijasida belgilanishi taminlanmoqda. Biznes munosabatlariga iqtisodiy uslublarni qo`llash asosida davlatning tasir etish tamoyili. Bu tamoyil mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga direktiva, buyruq orqali tasir etish usulining iqtisodiy usuliga, yani mehnat jamoasining, yakka shaxsning tovar ishlab chiqarish, ish va xizmat ko`rsatish, uning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishda manfaatlarini hisobga olishga qaratilgani bilan izohlanadi. Bunga misol sifatida soliq undirishni olaylik. Muqaddam soliqlar hamma tashkilotlardan olingan daromaddan bir xilda ushlab qolinmasdan, balki ilg`or korxonaning mablag`idan samarasi past korxona uchun ham olib qolinar edi. Hozir esa soliqlar tizimining aniq qo`yilishi har bir korxona va tashkilotlarning o`z rivojidan manfaatdorligi taminlanishi, kashfiyot, ixtiro va takomillashtirish takliflari qilib foydalanishlariga imkoniyat yaratilgan. Davlatning korxona va tashkilotlarga tasir etishi beriladigan buyruqqa va ko`rsatmaga emas, balki iqtisodiy usulga asoslanadi.
Iqtisod siyosatdan holi bo`lgan holda rivojlanadi. Bu siyosat mutlaqo iqtisodga aloqasi yo`q ekan, degan, xulosa emas, albatta. Iqtisod bilan siyosat bir–biri bilan bog`lanmagan holda, biri ikkinchisiga tasir etgan holda bo`ladi. Shu nuqtai nazardan, avval iqtisod rivojlanib boradi, so`ngra siyosat shunga yarasha shakllanadi. Respublikamizning mustaqil taraqqiyotini belgilovchi asosiy tamoyillaridan biri narxlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirishdir. Bu, eng avvalo, bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to`ldirishga qaratilgan iqtisodiy omillardan biridir. Shu sababli davlatimiz narxlarni birdaniga o`z holicha qo`yib yubormasdan asta sekinlik bilan erkin narxga o`tib borishni taminladi. Narx-navo talab bilan taklif o`rtasida belgilana boshladi. Chinakam talab va taklif asosida vujudga keladigan erkin bozor narxlarning amal qilishi bozor iqtisodiyotining g`oyat muhim bo`g`ini bo`lib, bu bo`g`in mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan istemolchilarni o`zaro jips tasirini taminlaydi. Ammo davlatning bozor bahosiga tasir etishi, malum bir iqtisodiy usullar orqali olib boriladi, albatta.
Davlatning eng avvalo bozor va bahoga tasiri uni ko’zatish va nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Davlat Biznes munosabatlariga nisbatan bahoni nazorat qilish standart xizmati, soliq xizmati, sanitariya va ekologiya xizmati kabi usullar orqali faoliyat ko`rsatadi.
Bozor infrastrukturasi bu bevosita transport xizmatini yo`lga qo`yish, yuk tashish, tushirish, saqlash va tovar mahsulotlarini sotish bilan bog`liq xizmat turlarining sifatini oshirish, bozorni o`rganish, bozordagi narx-navo haqida malumot olib turish kabi xizmatlarni o`rniga qo`yish va shunga o`xshash bozor rivojiga ko`mak beruvchi boshqa xizmat turlarini samarali tashkil etish bilan bog`liq munosabatlardir. Biznes huquqining asosiy tamoyillaridan yana biri tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko`rsatuvchi subyektlarning o`zaro raqobatidir. Bu tamoyilning asosiy mazmuni va mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim kam mehnat va harajat sarf qilib, ko`p va yuqori sifatli mahsulot (ish va xizmat) ishlab chiqara olsa, u ijtimoiy hamda iqtisodiy taraqqiyotda imtiyozga ega bo`la oladi. Malumki, bu tamoyil iqtisodiyotning rivojida eng birinchi va hal qiluvchi vosita hisoblanadi. Chunki, u raqobatbardoshlikni chiniqtiradi, yomon ishlovchi korxonani samaradorlikka olib chiqadi yoki o’zoq muddat davomida tovarlariga talab yo`qligi sababli zarar ko`rib kelayotgan, to`lovga qobiliyatsiz korxonalarni qayta tashkil etish yoki kasodga uchragani sababli O`zbekiston Respublikasinig 2003 yil 24 apreldagi “Bankrotlik to`g`risidagi” qonuniga muvofiq mutlaqo tugatib yuborishga olib keladi. Qonuniylik tamoyili barcha fanlarga doir bo`lgan umumiy tamoyil bo`lsa ham, Biznes huquqida u bozor munosabatlariga o`tish sharoitida o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, bu tamoyil mazmunida Biznes subyektlarining qonun man etmagan har qanday faoliyat b shug`ullanishlari mumkinligi qoidasi yotadi. Demak, korxona hamda tashkilotlar davlat va jamiyatga foydali bo`lgan, qonun bilan taqiqlanmagan faoliyat bilan shug`ullanish ustuvorligini taminlashi shart.
Bu esa bozor munosabatlariga o`tib borishimiz bilan bog`liq holda iqtisodni tashkil etish, samaradorlikka erishish, davlatimiz va xalqimizning buyuk kelajagini taminlashimizning asosiy vositalaridan biri bo`ladi. Bu prinsipning asosiy mazmuni va moxiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim kam mexnat va xarajat sarf kilib, kup va Yuqori sifatli maxsulot (ish va xizmat) ishlab chiqarsa, u ijtimoiy xamda iqtisodiy tarakkiyotda imtiyozga ega bula oladi.
Qonuniylik prinsipi barcha fanlarga doir bulgan umumiy prinsip bulsa xam, tadbirkorlik huquqida u bozor munosabatlariga o’tish sharoitida o’ziga xos xususiyatga ega bulib, bu prinsip mazmunida tadbirkorlik sub’ektlarining qonun man etmagan xar qanday faoliyat bilan shugullanishlari mumkinligi koidasi yotadi.
Tadbirkorlik huquqining manbalari
Tadbirkorlik faoliyati bilan boglik munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar va qonunosti xujjatlari tadbirkorlik huquqining manbalari sifatida e’tirof etiladi.

Download 38.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling