Mavzu: Biznes huquqi tushunchasi va manbaalari Reja
Demak, bu ikki fan bir biridan predmeti orqali ham tubdan farqlanadi
Download 38.07 Kb.
|
1 мавзу Бизнес
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes huquqining Mamuriy huquq fanidan farqi shundaki
Demak, bu ikki fan bir biridan predmeti orqali ham tubdan farqlanadi. Jumladan, Fuqarolik huquqining predmeti taraflarning teng huquqliligiga asoslangan mulkiy munosabatlar bo`lsa, biznes huquqida ham mulk bilan bog`liq munosabatlar salmoqli hissani tashkil etadi. Lekin mulkiy munosabatlar shu munosabat ishtirokchilarining teng huquqliligi bilan birgalikda biri ikkinchisiga itoat etishi, davlatning iqtisodga rahbarlik qilishi orqali ham kelib chiqadi.
Fuqarolik huquqining subyektlari bo`lib barcha fuqarolar hisoblansa, Biznes huquqining subyekti faqat tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tgan fuqarolar bo`lishi mumkin. Fuqarolik huquqining ham, Biznes huquqining ham subyekti bo`lib yuridik shaxslar hisoblanadi. Ammo yuridik shaxsning tashkil bo`lish, Biznes faoliyatini amalga oshirish va unga rahbarlik qilish jarayonlarida farqlanadi. Davlat fuqarolik munosabatlarida ikkinchi taraf bilan teng huquqli bo`lib qatnashsa, Biznes huquqida esa iqtisodga rahbarlikni amalga oshiruvchi subyekt bo`lib ishtirok etadi. Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinuvchi shartnoma munosabatlari asosan istemolchilarning moddiy ehtiyojini taminlashga qaratilgan bo`lib, uni ishlab chiqarish bilan aloqasi bo`lmasa, Biznes huquqi shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini ham tartibga solishda qo`llaniladi. Ana shu jihatlari bilan Biznes huquqi mehnat huquqiga ham juda yaqin bo`lib ko`rinadi. Ammo ular bir-biridan farqlanadi. Biznes huquqi subyektlar o`rtasidagi Biznes munosabatlarini tartibga solsa, mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning mehnat shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib qoidalarini, ish rejimini va shunga o`xshash mehnat shartnomasi bilan bog`liq boshqa munosabatlarni tartibga soladi. Biznes huquqining Mamuriy huquq fanidan farqi shundaki, Mamuriy huquqning predmeti mamuriyatning buyruq hamda ijro faoliyati bilan yani hokimiyat va itoat etish sohasidagi faoliyat bilan bog`liq munosabatdir. Bunday munosabat itoat etuvchi quyi organlarga va mansabdor shaxslarga o`z direktivalari orqali tasir etish, boshqarish, idora etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan izohlanadi. Biznes munosabatlarida esa buyruqbozlik faoliyatlari deyarli yo`q. Borlari ham bozor munosabatlari shakllanib borgani sari tobora o’zoqlashib, barham topib, iqtisodiy munosabatlarga o`z o`rnini bo`shatib bermoqda. Shu sababli davlat iqtisodiyotga o`zining tegishli organlari orqali (soliq, imtiyoz, iqtisodiy sanksiya va h.k.) iqtisodiy tasir etish usullari bilan rahbarlikni amalga oshiradi. Biznes huquqi Moliya huquqi fanidan tubdan farqlanadi. Moliya huquqining predmetini moliya budjeti kirim-chiqimi (davlat daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bog`liq munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbaini tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish kabilar Biznes huquqining predmetini tashkil etadi. Tabiiyki, Biznes faoliyati ham daromadlarni tashkil etish va ularni sarf qilishning alohida qoidalaridan holi kelib chiqmaydi. Shu sababli, Biznes subyektlarining pul mablag`larining bir qismi harakatda bo`lishini taminlash Biznes huquqi qoidalari bilan tartibga solinadi. Biznes subyektining daromadlaridan olinadigan soliqlarning budjetga kelib tushadigan davlat daromadi moliya huquqining predmetini tashkil etadi. Shuningdek, Biznes huquqi konstitusiyaviy huquq, ekologiya va qishloq xo`jaligi huquqi bilan bog`liq munosabatlarda ham o`ziga xos xususiyatlari orqali butunlay farqlanadi. Download 38.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling