Mavzu: Biznes konsepsiyasi. Ijodkorlik Konsepsiya


Download 19.09 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi19.09 Kb.
#1234619
Bog'liq
10-Mavzu


Mavzu:Biznes konsepsiyasi.Ijodkorlik
Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. K. badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar K.si ayrim holatlarda muallifning subʼyektiv qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif moʻljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz K.siga koʻra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda badiiy asar K.si alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra, K. bir butunlikni tashkil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz K.si yoki alohida olingan haqiqiy sanʼat asarining K.si tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar K.si unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, K. badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra, Konsepsiya bir butunlikni tashqil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz Konsepsiyasi yoki alohida olingan qaqiqiy sanʼat asarining Konsepsiyasi tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar Konsepsiyasi unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, Konsepsiya badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi. Ijodkorlik – yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyat turi.
Intellekt – shaxs aqliy qobiliyatlarining nisbatan turg‘un tuzilmasi.
Ijodiy topshiriq – obyekt o‘lchamlarini orttirish yoki kamaytirish, buyumning detallari, uzeli yoki tarkibiy qismini puxtarog‘i bilan almashtirish orqali buyumni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi.
Intuitsiya – bu subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida topiladi.
Intuitiv fikrlash jarayonlari amalga oshuvining tezligi, bos- qichlarning aniq farqlanmasligi, minimal darajadagi anglanganlik bilan tavsiflanadi.
Ijodiy fikrlash yangi buyumlar yaratilishi bilan xarakterlanib, uni hosil qilish uchun bilish faoliyatining o‘zida yangi motivatsiya va maqsadlarni yuzaga keltiradi.
Ijod sifat jihatidan yangi va beqiyos, originalligi va ijtimoiy-tarixiy jihatdan nodirligi bilan o‘zgacha narsa yaratish faoliyati.
Kashfiyot – moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi.
Kashfiyotning ishonchliligi - obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat yoki hodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba-sinov ishlari vositasida isbotlab berilmog‘i lozim.
Kashfiyot uchun arizaning tarkibi - kashfiyot uchun tuziladigan ariza quyidagi hujjatlardan iborat bo‘lishi lozim: kashfiyot uchun diplom berilishini so‘rab yozilgan ariza, taxmin qilinayotgan kashfiyot tafsiloti, kashfiyot ustivorligini tasdiqlovchi hujjatlar, kashfiyot ishonchliligi va ahamiyati to‘g‘risidagi xulosa hamda yordamchi materiallar.
Ixtiro - xalq xo‘jaligi, ijtimoiy-madaniy qurilish yoki mudofaa sohasida masalani ijobiy samara beradigan qilib, yangichasiga va o‘ziga xos texnik hal etish.
Ixtirochilik huquqi - kashfiyotlar bilan, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflar qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi meyorlar majmui.
Shaxs xususiyatlari - turli xil sharoitlarda takrorlanuvchi, ma’lum darajadagi turg‘unlikka ega bo‘lgan individ faoliyatining ko‘rinishi.
Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi.
Loyiha - ko‘zda tutilgan obyektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar va grafik ishlarni qamrab oluvchi vazifalar majmui.
Loyihalash - ko‘zda tutilgan yoki mavjudligi mumkin bo‘lgan obyekt, holatning timsoli - loyihasini yaratish jarayoni.
Modellashtirish - muayyan hodisa, jarayon yoki obyektlar sistemasini ularning modellarini yasab o‘rganish yo‘li bilan tekshirish; yangi yaratilayotgan obyektlar xarakteristikalarini aniqlash va ularni qurish.
Loyihalashning samarali metodlari - buyumlarni konstruksiyalash, manipulyativ konstruksiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment.
Model – haqiqatdan obyektning shartli aks ettirilishi.
Maket– obyektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmli tasviridir.
Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling