Mavzu: Biznes muloqot shakllari va biznesda muhokama


Download 1.29 Mb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1415025
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biznes muloqot shakllari va biznesda muhokama - копия (2)

Mavzu:Biznes muloqot shakllari va biznesda muhokama.

REJA:

REJA:

    • Biznes muloqot nima?
    • Biznes muloqot shakllari.
    • Biznesda muhokama.

Biznes muloqot nima?

Biznes muloqot nima?

Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sogʻlom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda

Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur oʻrganishga yordam beradi.

Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon boʻlishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuygʻulari, koʻnikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir oʻtkazish uslubi tarkib topishi mumkin

Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga kirishish oʻquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa odamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar oʻrtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida gʻayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish, oʻzini oʻzi mukammallashtirish, oʻzini oʻzi roʻyobga chiqarish, oʻzini oʻzi boshqarish, oʻzini oʻzi baholash, oʻziga oʻzi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir.


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling