Mavzu: Biznes shartnomalar. Reja: Shartnomaga oid umumiy qoidalar. Biznes shartnomalar tushunchasi


-tovarlar haqini to`lamaganlik yoki o`z vaqtida to`la-maganlik uchun


Download 196.5 Kb.
bet4/5
Sana12.03.2023
Hajmi196.5 Kb.
#1264648
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Biznes shartnomalar. Reja Shartnomaga oid umumiy qoidala

-tovarlar haqini to`lamaganlik yoki o`z vaqtida to`la-maganlik uchun;
-mablag`larni akseptsiz hisobdan chiqarganlik uchun.
Shu o`rinda ko`rsatib o`tilgan javobgarlikning har biriga alohida to`xtalish lozim, chunki qonunda belgi-langan javobgarlik choralari hozirgi vaqtda sud amali-yotida keng qo`llanilmoqda.
"Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shart-nomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida"gi qonunning 25-moddasi tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechik-tirib yuborganlik, to`liq yetkazib bermaganlik, ishlarni bajarmaganlik yoki xizmat ko`rsatmaganlik uchun tovar yetkazib beruvchi (pudratchi)ning sotib oluvchiga (buyurt-machiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat ba-jarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to`lash tarzida javobgarligini belgilaydi, lekin bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, baja-rilmagan ishlar yoki ko`rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani to`lash shart-noma majburiyatlarini bo’zgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to`liq yetkazib bermaslik yoki xizmatlarni ko`rsatmaslik oqibatida yetka-zilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. Mazkur modda xo`-jalik aloqalarining deyarli barcha sohalarida (oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktasiya, pudrat,haq evaziga xizmat ko`rsatish va hokazo) yo’zaga keladigan shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajar-maganlik uchun javobgarlikni belgilaydi. Qonun javobgarlik chorasini belgilashda penya miq-dorini 0,5 foiz deb belgilagan bo`lsada, uning eng yuqori miqdorini 50 foizdan oshib ketmaydigan miqdorda chega-ralagan, biroq taraflar shartnomada bundan ham yuqori yoki kam miqdordagi javobgarlik choralarini belgilashlari mumkin. Qonunning 26-moddasi sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo`lmagan tovarlarni (ishlarni, xiz-matlarni) yetkazib berganlik uchun javobgarlikni belgi-laydi.
Bunda, yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmat-lar)ning sifati, assortimenti va navi bo`yicha stan-dartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga), qonun hujjatlarida yoki Biznes shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmagan taqdirda sotib oluvchi (buyurtmachi) quyidagi huquqlarga ega bo`ladi:
-tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko`rsatilmagan xizmatlarni qabul qilishdan bosh tortishga; -ularning haqini to`lashni rad etishga;
-yetkazib beruvchidan (pudratchidan) sifati, assorti-menti va navi lozim darajada bo`lmagan tovarlar (ishlar va xizmatlar) qiymatining 20% miqdorida jarimani undi-rib olishga;
-agar tovarlar (ishlar, xizmatlar)haqi to`lab qo`yilgan bo`lsa, to`langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga.
Jarimani hisobdan chiqarish to`g`risidagi to`lov ta-labnomasi yetkazib beruvchi (pudratchi)ga xizmat ko`r-satuvchi bank muassasasiga lozim darajada emasligi to`g`-risida dalolatnoma to’zilgandan keyin 10 kundan kechik-tirmay taqdim etilishi lozim.
Jarimani hisobdan chiqarish to`g`risidagi to`lov ta-labnomasi belgilangan 10 kunlik muddatni bo’zgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. But bo`lmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi (buyurtmachi): tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Yetkazib beruvchi sotib oluvchining (buyurtmachining) talabini olgan paytdan boshlab, agar taraflarning kelishuvida o`zga muddat bel-gilangan bo`lmasa, 15 kunlik muddat ichida tovarlarni butlab berishi shart;
bundan buyon tovarlar butlab berilgunga qadar ular-ning haqini to`lashdan bosh tortishga, agar tovarlarning haqi to`lab qo`yilgan bo`lsa, belgilangan tartibda to`langan summalar qaytarilishini talab qilishga;
etishmayotgan qismlar qiymatini qo`shgan holda yetkazib beruvchidan but bo`lmagan tovarlar qiymatining 20% miq-dorida jarima undirishga; tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda to-varlarni butlab bermasa, but bo`lmagan tovarlarni qay-tarib berish hamda but bo`lmagan tovarlarni butlangan to-varlarga almashtirishni talab qilishga haqli (qonunning 27-moddasi).
But bo`lmagan tovarlarni yetkazib berganlik qaysidir jihatdan tovarlarni to`liq yetkazib bermaganlikka o`xshab ketadi. Shuning uchun ham ular o`rtasidagi tafovutni aniq-lashtrish maqsadga muvofiqdir. To`liq yetkazib bermagan-lik – shartnomaning amal qilish muddati davomida uning tovarlarni to`liq yetkazib berish haqidagi shartlarining bajarilmasligidir.
But bo`lmagan tovarlarni yetkazib berganlik esa- shartnoma, davlat standartlari, texnik shartlar va boshqa meyoriy-texnik hujjatlar bilan nazarda tutilgan ashyo-lar, ehtiyot qismlar va boshqa elementlarsiz tayyorlangan (ishlab chiqarilgan) yoki ular bo`lgan taqdirda ham asosiy belgilanishdagi tovarga qo`shib bermagan holda tovarlarni yetkazib berishdir.


Download 196.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling